Аудиторское заключение
-MAVZU: DAROMAD VA XARAJATLAR HAMDA MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITI
Download 1.55 Mb.
|
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
15-MAVZU: DAROMAD VA XARAJATLAR HAMDA MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITI
Quyidagi atamalarga izoh bering: Mahsulot sotishdan tushgan tushum, asosiy faoliyat foydasi, umumxo’jalik foydasi, moliyaviy faoliyat bo’yicha daromad va xarajatlar, favqulodda foyda va zararlar, soliq to’lagunga qadar foyda, soliq bazasi, soliq va buxgalteriya foydasi, sof foyda, daromadlarni tekshirish amallari, xarajatlarni tekshirish amallari. TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR Moliyaviy natijalarni audit qilishda foydalaniladigan asosiy me’yoriy hujjatlarni keltiring? Xarajatlarni audit qilish qanday tashkil etiladi? Ishlab chiqarish xarajatlariga va mahsulotlar (ish, xizmatlar) tannarxiga kirtiladigan xarajatlarni to’g’ri aniqlashni qanday tekshiriladi? Operatsion daromadlar va xarajatlarni shakllantirishni to’g’ri tekshirish qanday amalga oshiriladi? Realitsiyadan tashqari daromadlar va xarajatlarni tartibini tekshirish qanday amalga oshiriladi? Korxonalar faoliyati moliyaviy natijalarni shakllantirish va foydaning ishlatilishi qanday tekshiriladi? Xarajatlar, Tushumilar va realizatsiyadan tashqari daromadlar va xarajatlarni audit qilishda qaysi hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirish manbalari bo’lib hisoblanadi? Korxonada ishlaydigan xodimning ukasi yoki singlisining ta’lim olishi uchun oliy o’quv yurtiga o’tkazilgan mablag’lar xodimning daromadi hisoblanib, ularga soliq solinadimi? Korxona o’zining xodimi uchun sanatoriy-kurortda davolanishga yo’llanmalar xarid qiladi yoki ularning ambulatoriyada davolanishlariga haq to’laydi. Ushbu summalar uning daromadi hisoblanadimi, ularga daromad solig’i va yagona ijtimoiy to’lov hisoblab yozilishi kerakmi? Korxona o’z mahsulotini xodimlariga tannarxidan past baholarda sotishi mumkinmi? 9000, 9600 "Asosiy (operatsiyali) faoliyatdan olinadigan daromadlar" va "Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar" schyotlarining analitik hisobini tekshirish tartibini qanday amalga oshiriladi? Xususiy firma umumiy ovqatlanish bilan shug’ullanadi (oshxona). Jamoa oila a’zolaridan iborat. 2022 yilda unga yaqin yo’l ta’mirlanishi sababli tushum faqat soliqlarni to’lashga etdi. Xodimlarning ish haqi bo’yicha qarz hosil bo’ldi. Ular ushbu qarzni firma foydasiga qoldirishga rozilar. Qanday qilib provodkalarni o’tkazish va jismoniy shaxslarning daromadlarini soliq hisobotida aks ettirish kerak? Sud qarori bilan undirilgan (shartnoma shartlarining buzilgani uchun) va korxona (YAST to’lovchisi) hisobraqamiga kelib tushgan jarima tarzidagi pul mablag’lari (850,0 mln so’m) biz uchun realizatsiya hisoblanadimi yoki daromadmi? Ular buxgalteriya yozuvlarida qanday ifodalanadi? Xususiy korxona soliqlar va to’lovlar to’langanidan keyin qolgan foydani tasarruf qilishi, o’z xohishiga qarab hisob-kitob raqamida bo’lgan mablag’larni o’zi va uchinchi shaxslar (masalan, qarindoshlari) uchun avtomobil, uy-joy xarid qilishgan yo’naltirishi mumkinmi? Buni hadya qilish deb hisoblasa bo’ladimi? Ushbu operatsiyalarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i solinadimi? Qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi va ular qaerga taqdim etiladi? Agar korxona QQS to’lovchi bo’lsa, buni buxgalteriya provodkalarida qanday aks ettirish kerak? Korxonamiz YAST to’lovchisi hisoblanib, 2022 yilda balansdagi asosiy vositalarni (bino, dastgoh va boshqalar) jismoniy shaxslarga ijara shartnomasi asosida ijaraga berganmiz. Operativ ijaraga berilgan mulklar bo’yicha operatsiyalar korxonamiz hisobotida qay tarzda aks ettiriladi? Korxona qishloq joylarida namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joy quruvchi jismoniy shaxslar olgan ipoteka kreditlari uchun to’lovlarni "Qishloq qurilish bank" ATBga ularning ish haqidan yo’naltirsa, ushbu summalardan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badali (4,5%), yagona ijtimoiy to’lov (25%) va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i ushlab qolinishi kerakmi? Xodim o’z xohishiga ko’ra ishdan bo’shaganda unga ishdan bo’shatish nafaqasi to’lanishi shartmi yoki to’lanmasa ham bo’ladimi va bu qaysi qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi? Korxonada bir necha yil ishlagan xodim yillik mehnat ta’tillaridan foydalanmagan holda ishdan bo’shab ketib, ma’lum bir vaqtdan keyin yana ishga qabul qilinsa, ilgarigi foydalanilmay qolgan mehnat ta’tillari uchun pullik kompensatsiya talab qilishga haqlimi va buni korxona to’lab berishi lozimmi? Vakillik xarajatlari me’yorlashtiriladimi, ular uchun qanday me’yor belgilangan? Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling