180
4-masala. “A’lo” kompaniyasida 2018 yil bo‘yicha quyidagi moliyaviy natija
aniqlangan. Kompaniyaning soliqqa tortilgunga qadar foydasi 2500000$ ni tashkil
etgan. Buxgalteriya hisoboti bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya miqdori 100 000$,
soliq hisoboti bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya miqdori esa 120 000$ ni tashkil
etadi. Kompaniya bank kreditidan foydalanganligi uchun bankka 50 000$ miqdorida
foiz to‘lovlarini to‘lagan . Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan
foiz stavkasi
bo‘yicha foiz xarajatlari 40 000$ ni tashkil etadi. Soliq stavkasi 10%. Kompaniya
2018 yil uchun byudjetga 25 000$ daromad solig‘i to‘lagan .
Talab qilinadi:
1. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to’g’ri
hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim.
5-Masala. Korxona umumbelgilangan tartibdagi soliq to’lovchi hisoblanadi.
Jamiyat tarkibida mustaqil balansga va alohida hisobraqamiga ega bo’lgan yuridik
shaxs hisoblanuvchi 8 ta shu’ba korxona mavjud. Auditorlik tekshiruvi jarayonida
mijoz-korxona tomonidan auditorlarga quyidagi masalalar bo’yicha
amaliy
maslahatlar berish talab etildi.
Shu’ba korxonalar yil yakuni bo’yicha jamiyatga topshirgan balanslari yig’ilgan
holda aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida olingan sof foyda taqsimlanadi. Sof
foydaning dividend uchun yo’naltirilgan qismi aktsiyadorlarga (yuridik va jismoniy
shaxslarga ) egalik qilayotgan
aktsiyasiga qarab taqsimlanadi,
taqsimlangan
dividend uchun dividend solig’i kim tomonidan, qanday tartibda to’lanadi?
Quyidagi qayd etilgan ko’rsatkichlar moliyaviy natijalar to’g’risidagi
hisobotning (2-son shaklning) qaysi satrlarida aks ettiriladi:
a) jamiyatni saqlash uchun shu’ba korxonalaridan kelib tushgan to’lovlar
(daromadlar);
b) shu’ba korxonalarimiz tomonidan bizning hisobraqamga o’tkazilgan
dividendlar;
v) shu’ba korxonalarimiz tomonidan korxonamiz hisobiga o’tkazib
berilgan
181
to’lovlar hisobidan amalga oshiriladigan korxonani
boshqarish va boshqa
maqsadlardagi xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: