Аудиторское заключение


Aniqlang: Bu holatda auditorlik tashkiloti taklifni qabul qiladimi? Holatlarni  tahlil qiling


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/140
Sana12.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1700217
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140
Bog'liq
Audit fanidan masalalar to`plami

Aniqlang: Bu holatda auditorlik tashkiloti taklifni qabul qiladimi? Holatlarni 
tahlil qiling. 
 
5-masala. Qandolatchilik fabrikasi boshqa bir auditorlik firmasi bilan 
shartnomani buzib, sizning auditorlik tashkilotingiz bilan shartnoma tuzmoqchi. 
Aniqlang: Bu holatda siz nima qilasiz? Holatlarni tahlil qiling. 
6-masala. Siz faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotiga televizor ishlab 
chiqarayotgan korxonadan audit o‘tkazish yuzasidan taklif tushdi. Sizning turmush 
o‘rtog‘ingiz bu kompaniyada tovarlar sotish bo‘yicha menedjer lavozimida faoliyat 
ko‘rsatadi. 
Aniqlang: Sizning firmangiz bu taklifni qabul qila oladimi? Holatlarni tahlil 
qiling. 
7-masala. Sizning auditorlik tashkilotngiz mijozga moliyaviy hisobot 
tayyorladi. Uch haftadan so‘ng mijoz telefon orqali qaysidir hujjatda xatoga yo‘l 
qo‘yilganligini e’lon qildi.
Aniqlang: Xatoni yuzaga kelmasligi borasida qanday sifat nazorati tadbiri 
amalga oshirilishi lozim. Holatlarni tahlil qiling. 
 


27 
8-masala. Auditorlik tashkiloti «A» va «B» firmalaridan auditorlik 
tekshiruvini o‘tkazib berish yuzasidan taklif oldi. 
«A» firmasi besh yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lib, majburiy 
auditorlik tekshiruviga tortilmaydi. Soliq inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan 
hujjatli tekshiruv vaqtida «A» firmasiga katta miqdorda jarima sanksiyasi qo‘yilgan. 
Agarda firma ushbu jarimani to‘lasa, uning moliyaviy barqarorligi yo‘qoladi. SHu 
sababli firma auditorlik tashkilotiga ushbu moliyaviy jarimani kamayti-rib berish 
uchun tekshiruv o‘tkazib berish taklifi bilan chiqdi va auditorlik tashkilotiga ushbu 
xizmat uchun bir million so‘m to‘lashini ma’lum qildi. 
«B» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiluvchi tashkilot hisoblanadi. 
Faoliyatining uchinchi yilida firma auditorlik tashkilotini o‘zgartirib, yuqoridagi 
auditorlik tashkilotiga murojaat qildi. «B» firmasi auditorlik tekshiruvi uchun sakkiz 
yuz ming so‘m to‘lab berishini ma’lum qildi.
Auditorlik tashkilotida xodimlar soni cheklangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 
ikkala taklifni qabul qila olmaydi. Ikkala taklifni qabul qilishi uchun chetdan 
xodimlar jalb qilishi kerak bo‘ladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling