Аудиторское заключение
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab etiladi
Talab etiladi. Bank “Ayubxon” MCHJning ishlab chiqarishini rivojlantirish
maqsadiga tijorat kreditini taqdim etish uchun ushbu taklifni qabul qilish yoki qilmasligini aniqlash. 11-masala. Auditorlik tashkiloti tekshiruvlarni o‘tkazish uchun ikkita taklif oldi: “Solihaxon” MCHJ dan va “Fayzullaxon” MCHJdan. “Solihaxon” MCHJ bozorda besh yildan ko‘p vaqt faoliyat yuritadi, talablarga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruviga tortilmaydi. Soliq inspeksiyasining xujjatlarni tekshirish natijalariga ko‘ra MCHJga jarima sanksiyalari solingan edi. 38 Jarima sanksiyalari bo‘yicha byudjet oldidagi qarzdorlikni uzish korxona moliyaviy barqarorligining buzilishiga olib keladi. SHuning uchun MCHJ soliq inspeksiyasi tomonidan solingan jarima sanksiyalarining hajmini kamaytirish maqsadida auditorlik tashkilotiga murojaat etishni qaror qildi. MCHJ auditorlik tashkilotiga xizmati uchun 1000 ming so‘m to‘lashni taklif qilyapti. “Fayzullaxon” MCHJ bozorda uch yil vaqt faoliyat yurityapti. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxona sifatida u majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi kerak edi. Lekin, bu yili “Fayzullaxon” MCHJ auditorlik tashkilotini o‘zgartirishga qaror qildi va moliyaviy hisobotni tekshirish uchun shartnoma tuzish taklifi bilan yuqoridagi auditorlik tashkilotiga murojaat qildi. “Fayzullaxon” MCHJ shartnoma bo‘yicha xizmatlar uchun auditorlik tashkilotiga 900 ming so‘m to‘lashni taklif qilyapti. Auditorlik tashkiloti shtat xodimlari sonida cheklovlarga ega. Ikki taklif bo‘yicha shartnoma tuzgan holida u shtatdan tashqari xodimlarni jalb qilishi kerak. Talab etiladi. Auditorlik tashkiloti ikki taklifni qabul qilishi kerakmi, agar bittasini qabul qilish kerak bo‘lsa, qaysi biriligini aniqlang. 12-masala. «Baxt» kompaniyasi Sizni maslaxatchi sifatida ishga yolladi va Sizda kuyidagilarni kompaniya nomidan bajarishni talab kilmokda. Topshirik. 1. Tuzuvchi jurnal o‘tkazmalarini tayyorlang - hamma o‘tkazmalarni hisob- kitoblar bilan izohlab bering. O‘tkazmalarni berishda schetlar nomini yozish zarurdir (schetlar raqami hohishingizga qarab). 2. Ishchi jadval (aylanma-saldo qaydnomasi)ni to‘ldiring. Zaruriyat tug‘ilganda schetlar qo‘shing. 3. 31 dekabr 2019 yil uchun buxgalteriya balansi tayyorlang. 4. 31 dekabr 2019 yil uchun moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlang. 5. Buxgalteriya va soliq hisobi ыrtasida paydo bo‘ladigan farqlarni tuzatish maqsadida daromad solig‘i hisob-kitoblar shaklini to‘ldiring. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling