37
auditorga dam olish uchun yo‘llanmalar taklif qildi va ulardan ijobiy auditorlik
xulosa berishlarini iltimos qildi.
Topshiriq: Bunday holatda auditorlar qanday harakat qilishlari lozim?
9-masala. Tikuv-ishlab chiqarish firmasi auditorlik
firmasi bilan tuzilgan
shartnomada ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganligi sababli,
tikuv-ishlab chiqarish
firmasi va auditorlik firmasi o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqdi. SHu sababli, tikuv-
ishlab chiqarish firmasi auditorlik tashkiloti bilan amaldagi shartnomani buzib,
Sizning auditorlik tashkilotngiz bilan shartnoma tuzmoqchi.
Topshiriq: Bu holatda Sizning auditorlik tashkilotngiz qanday yo‘l
tutishi
lozim?
10-masala. “Ayubxon” MCHJ ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish
maqsadida bankka 2019 yilning yanvarida unga kredit
taqdim etish iltimosi bilan
murojaat qildi. Bank tashkilotning 2018 yil uchun moliyaviy hisobotini va bu
hisobotning haqqoniyligini tasdiqlovchi auditorlik xulosasini taqdim etishni so‘radi.
Qonunga muvofiq MCHJ majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi shart emas.
Biroq 2018 yilning noyabrida MCHJda soliq inspeksiyasi
tomonidan xujjatlar
tekshiruvi o‘tkazilgan. MCHJ soliq inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan xujjatli
tekshiruv dalolatnomasini moliyaviy hisobotning haqqoniyligini
tasdiqlash xujjati
sifatida qabul qilishni taklif etyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: