20
Topshiriq: Auditor rejalashtirish jarayonida mijoz haqidagi yana qaysi
hujjatlarni to‘plashi kerak va tekshirish o‘tkazishning
qaysi usullaridan
foydalanishni rejalashtirishini aniqlang.
6-masala. Audit jarayonida korxonaning soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarini
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligiga asosan
tekshirildi va soliqlar
bo‘yicha hisob-kitoblarda hech qanday xato va kamchiliklar aniqlanmaganligini
ma’lum qildi. Oradan uch oy o‘tgandan keyin soliq
inspeksiyasi tomonidan
tekshirish o‘tkazilib, soliq hisob-kitoblari bo‘yicha bir qancha kamchiliklarni
aniqladi.
SHundan keyin, korxona hisoblangan soliqlardagi kamchiliklari uchun
jarima to‘lashi zarur bo‘ldi. Mijoz qonuniy asosda auditorlik tashkilotiga murojaat
qilib, nima sababdan bu xato va kamchiliklar tekshirish paytida aniqlanmaganligini
so‘radi.
Topshiriq. Bunday holatda jarimani Davlat Soliq inspeksiyasiga kim to‘laydi?
7-masala. Zargarlik buyumlari ishlab chiqaradigan zavod boshqa bir auditorlik
tashkiloti bilan oldindan
tuzilgan shartnomani buzib, sizning auditorlik
tashkilotingiz bilan shartnoma tuzmoqchi.
Topshiriq. Bu holatda sizning auditorlik tashkilotingiz bunday taklifni qabul
qilishi mumkinmi?
Do'stlaringiz bilan baham: