121
Topshiriq: YUqoridagi ma’lumotlar asosida buxgalteriya provodkalarini
to‘g‘riligini tekshiring.
15-masala. “SHarq” XF mualliflik sharti bo‘yicha 1 mln. so‘m to‘lab,
“Buxgalteriya hisobi nazariyasi” kitobini 5 yil davomida 400 ming nusxada nashr
qilish xuquqini sotib oldi. Hisob siyosatida amortizatsiya hisoblash usuli to‘g‘ri
chiziqli usul deb tanlangan. Yil davomida hisoblangan
amortizatsiya summasiga
berilgan provodka quyidagicha:
Dt 2010-400000
Kt 0500- 400000
Topshiriq: YUqoridagi ma’lumotlar asosida buxgalteriya provodkalarini
to‘g‘riligini tekshiring.
16-masala. “BIG RANGE” MChJ auditorlik tekshiruvi
davomida nomoddiy
aktivlar harakati bilan bog’liq bir qancha muammolar yuzaga keldi. Korxona
buxgalteri bosh kitobda quyidagicha yozuvlarni amalga oshirgan:
1. Boshlang’ich qiymati bo’yicha xarid qilingan
nomoddiy aktivlar balansga
qabul qilingan:
Dt 0410-0490 “ Nomoddiy aktivlarn hisobga oluvchi schotlar”,
Kt 5110 “ Hisob-kitob schoti”.
2. Inventarlash natijasida hisobga olinmagan (ortiqcha) nomoddiy aktivlar
aniqlangan:
Dt 0410-0490 ”Nomoddiy aktivlarn hisobga oluvchi schotlar”,
Kt 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar”.
3. Nomoddiy aktivlar tekinga berilganligi munosabati bilan chiqib ketishi aks
ettirilgan( boshlang’ich qiymati hisobdan chiqarilganda):
Dt 9220 “ Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”,
Kt 0510-0590 “ Nomoddiy aktivlarni eskirishini hisobga oluvchi schotlar”.
4. Gudvillning har oydagi hisobdan chiqarilishi aks ettirilgan:
Dt 0480 “Gudvill”
122
Kt 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”, 9420 “Ma’muriy xarajatlar”.
Talab qilinadi: Yuqorida keltirib o’tilgan m’lumotlarga asosan, hato va
kamchiliklar aniqlansa kerakli tuzatuvchi o’tkazmalar berilsin.
Hamda yozuvlarni
tasdiqlovchi hujjatlar keltirib o’tilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: