Аудиторское заключение
NOMODDIY AKTIVLAR AUDITI
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
3.2. NOMODDIY AKTIVLAR AUDITI
Quyidagi atamalarga izoh bering: nomoddiy aktivlar, ularni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish dasturi, auditning ma’lumot manbalari, nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning to‘g‘riligini tekshirish, nomoddiy aktivlar sintetik hisobi va soliqqa tortishning to‘g‘riligini tekshirish, nomoddiy aktivlar auditi natijalarini baholash NAZORAT SAVOLLARI 1. Nomoddiy aktivlar hisobi qaysi me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinib turiladi? 2. Nomoddiy aktivlar baholanishining to‘g‘riligi qanday tekshiriladi? 3. Nomoddiy aktivlar realligini tekshirishda qanday auditorlik protseduralar qqllaniladi? 4. Nomoddiy aktivlarni hujjatlarda rasmiylashtirishni va kirimga olinishini to‘g‘riligini qanday tekshiriladi? 5. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi qanday tekshiriladi? 6. Nomoddiy aktivlarni analitik hisobini tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi? 115 7. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashni to‘g‘riligini qanday tekshiriladi? 8. Nomoddiy aktivlarni audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirishni manbalari bo‘lib xizmat qiladi? MUSTAQIL ISH MAVZULARI 1. Nomoddiy aktivlarning mohiyati, ahamiyati va o’ziga xos belgilari. 2. Nomoddiy aktivlar auditini tashkil etish va o’tkazish tartibi. 3. Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimi sintetik hisobini hamda soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish. 4. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish. 5. Nomoddiy aktivlar auditi natijalarini umumlashtirish va baholash. Nomoddiy aktivlar auditining asosiy vazifalari 1. Aktivlarni nomoddiy aktivlarga to‘g‘ri kiritilganligini tekshirish. 2. Nomoddiy aktivlar harakatini hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirilishini tekshirish va ularning boshlang‘ich qiymati to‘g‘ri shakllanganligini tekshirish. 3. Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimi muomalalari bo‘yicha provodkalarni to‘g‘ri berilganligini va to‘liqligini hamda hisob registrlarida to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish. 4. Hisoblangan amortizatsiya ajratmalarini O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy hujjatlariga muvofiq aks ettirilganligini tekshirish. 5. Nomoddiy aktivlar muomalalari bo‘yicha hisoblangan soliqlarni to‘g‘riligini tekshirish. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling