Аудиторское заключение


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/140
Sana12.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1700217
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140
Bog'liq
Audit fanidan masalalar to`plami

Talab qilinadi: Yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni aniqlang va auditorlik hisoboti 
uchun ma’lumotlar tayyorlang.
19-masala Korxana 4 yil muddat ichida foydalanish kutiladigan uskunani 
1 750 000 so‘mga sotib oldi . Ushbu uskunani tugatish qiymati 175000 so‘mga 
baholangan. Mazkur uskuna bilan bog‘liq quyidagi operatsiyalar amalga oshirilgan: 
1) Uskunani 2-yili ishlatish davomida yangi tarkibiy qism uchun 140 000 so‘m 
to‘landi. Uning foydalanish natijasida uskunaning unumdorligi 10% oshishi 
kutilmoqda . 
2) Uchinchi yil davomida uskunani foydali xizmat muddatini 4 yildan 6 
yilgacha oshirish imkonini yaratuvchi ta’mirlash uchun 930 000 so‘m to‘landi. 
3) To‘rtinchi yil davomida uskunani ish holati yomonlashmasligi uchun 
amalga oshirilgan ta’mirlashga 250 000 so‘m sarflandi . 
Auditorlik tekshiruvi jarayonida ushbu operatsiyalar bo‘yicha quyidagi 
buxgalteriya provodkalari berilganligi aniqlangan: 
1) Dt 0130 Kt 6010 1 750 000 


110 
2) Dt 0130 Kt 6010 1 070 000 
3) Dt2010 Kt 6010 250 000 
 Topshiriq: YUqoridagi muomalalarni to‘g‘riligini tekshiring va auditorlik 
hisobotini tayyorlang . 
20-masala. Korxona yangi faoliyatni yuritish uchun 15000 000 so‘mga er 
uchastkasini sotib oldi Er uchastkasini sotib olishda qo‘shimcha quydagi xarajatlar 
qilingan: brokker xizmati uchun 25000 so‘m ,er uchastkasini korxona nomiga 
rasmiylashtirish uchun notariusga 55 000 so‘m to‘langan. Er uchastkasini 
obodonlashtirish uchun (boshqa tashkilotga) 125000 so‘m xarajat qilingan. 
Auditorlik tekshiruvi jarayonida bosh buxgalter tomonidan sotib olingan er 
uchastkasini buxgalteriyada quyidagicha aks ettirilgani ko‘rsatilgan: 
1) Dt 0110 Kt 5110 15 000 000 , 
2) Dt 9430 Kt5110 205 000, 
Topshiriq: YUqoridagi muomalalar to‘g‘riligini tekshiring va ushbu holat 
bo‘yicha auditorlik hisobotini tuzing. 
21-masala. “Energota’minlash” AJ majburiy auditorlik tekshiruvidan 
o’tkaziladigan korxonalar qatoriga kirganligi sababli 2018 yil bo’lgan davr 
mobaynidagi moliyaviy holati auditorlik tekshiruvidan o’tkazilmoqda. Tekshiruv 
davomida audit dasturiga asosan asosiy vositalar harakati bilan bog’liq muomalalar 
tekshirilmoqda va quyidagicha hato, kamchiliklar aniqlandi: 
1) Moliyaviy ijara shartnomasi tugagandan so’ng, moliyaviy ijara shartnomasi 
bo’yicha olingan obyektlar asosiy vositalar tarkibiga kiritilgan. Mana shu 
operatsiyaga quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi berilgan:
Dt 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar”,
Kt 9210 “ Asosiy vositalarning chiqib ketishi”. 
2) 
Qurib 
bitkazish, 
qo’shimcha 
jihozlash, 
zamonaviylashtirish, 
rekonstruksiyalash hamda boshqa ajratiladigan va ajralmas sifat jihatdan 
yaxshilanishi munosabati bilan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati 


111 
qo’shimcha baholanishi aks ettirilgan: 
Dt 0110-0190 “ Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar”
Kt 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish ”. 
3) Ta’sischilar tarkibidan chiqib ketayotgan ishtirokchilardan ularning ulushiga 
oid qarz bo’yicha hisob-kitob uchun beriladigan asosiy vositalar qiymati 
summasiga: 
Dt 6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo’yicha qarz” 
Kt 0110-0190 “ Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar” 
Talab qilinadi: Yuqorida keltirib o’tilgan hato va kamchiliklarga tuzatuvchi 
buxgalteriya o’tkazmalari berilsin va har bir jarayon bo’yicha yozuvlarni 
tasdiqlovchi hujjatlar keltirib o’tilsin. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling