Аудиторское заключение
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab qilinadi
Talab qilinadi: Auditor amallarini bajaring, maslahatlar bering.
8-masala. «Sport majmuasi» 2018 yil 1 aprelda tennis maydonchasini qurish uchun er uchastkasini 37000 sh.b. sotib oldi. Er uchastkasini baholash ko‘chmas mulkni mustaqil baholovchilar tomonidan amalga oshirildi va baholash uchun 3000 sh.b. to‘landi. Majmuaning qurilishi pudratchi qurilish kompaniya tomonidan amalga oshirildi va xizmatlari uchun 60000 sh.b. to‘landi, shu jumladan qurilish maydonidagi eski binoni buzish uchun 4500 sh.b. Barcha sanab o‘tilgan xarajatlar «Tugallanmagan qurilish» schetida aks ettirilgan. Tennis majmuasining qurilishi 1 oktyabr 2018 yilda tugatilgan. Biroq buxgalteriyada tegishli yozuvlar amalga oshirilmagan. Maydonchaning xizmat muddati 5 yil, tugatish qiymatiga ega emas, to‘g‘ri chiziqli usulda amortizatsiya hisoblanishi nazarda tutilgan. Talab qilinadi: Auditorlik amallarini bajaring. 105 9-masala. “AVS” korxonasi ma’lum bir turdagi asosiy vositani sotib oldi. Asosiy vositani sotib olish bahosi 100000 sh.b. (QQS bilan birga) SHu bilan birga quyidagicha xarajatlar qilingan, ya’ni Asosiy vositani olib kelish xarajatlari - 10000 sh.b. O‘rnatish xarajatlari – 2000 sh.b. Byudjetdan tashqari fondlarga ajratma – 100 sh.b. SHunda buxgalter quyidagicha o‘tkazmalar bajargan: 1) Dt 0820 100000 2) Dt 4410 20000 Kt 6010 100000 Kt 6010 20000 3) Dt 0820 10000 4) Dt 0820 2000 Kt 6010 10000 Kt 6710 2000 5) Dt 0100 112000 Kt 0820 112000 Korxona buxgalteri yo‘l qo‘ygan xatoni va bu yo‘l qo‘yilgan xato qanday oqibatlarga olib kelishini aniqlang. 10-masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor 3640 ming so‘mlik asosiy vosita sotilganligini aniqladi. Bu muomalalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks etgan: Asosiy vositaning balans qiymatiga: Dt 9210 Kt 0130 3640 ming so‘m Asosiy vositaning eskirish summasiga: Dt 0260 Kt 9210 1500 ming so‘m asosiy vosita uchun pul kelib tushgan: Dt 5110 Kt9210 3640 ming so‘m Asosiy vositani sotishdan moliyaviy natija aniqlangan: Dt 9430 Kt9210 3560 106 Yo‘l qo‘yilgan xatoni aniqlab, to‘g‘ri buxgalteriya provodkalarini bering. Auditorlik hisobotining asosiy vositalar bo‘limi uchun ma’lumot tayyorlang. 11-masala. Korxonada asosiy vositalarni tanlov asosida inventarizatsiya qilishda dastlabki narxi 750000 so‘m, amortizatsiya 250000 so‘mlik ob’ekt etishmasligi aniqlandi. Hisobot yilining dekabr oyida bu ob’ekt shartnomaga ko‘ra uning narxi 166000 so‘m amortizatsiya o‘tkazish paytida auditorga shartnoma va qabul topshirish akti taqdim etilgan. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona asosiy vositalaridan bir qismini sotib yuborganligi va bu muomalalar buxgalter tomonidan o‘z vaqtida hisobga olingmaganligi aniqlandi. SHuningdek, ushbu xo‘jalik muomalalari hisobot yilining 31 dekabrigacha bo‘lgan holati bo‘yicha buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirilmaganligi tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘ldi. Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘liq va to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo‘yicha auditorlik dalolatnomasini rasmiylashtiring. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling