Аудиторское заключение


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/140
Sana12.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1700217
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140
Bog'liq
Audit fanidan masalalar to`plami

MUSTAQIL ISH MAVZULARI 
1.Asosiy vositalar auditini tashkil etish va o’tkazish ketma-ketligi.
2.Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumotlar manbalari.
3.Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish xususiyatlari. 
4.Asosiy vositalar harakati auditi. 
5.Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish
schyotlarda aks ettirish hamda soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish.
6.Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi. 
7.Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’riligini tekshirish. 8.Asosiy 
vositalarni ta’mirlash auditi.
9.Xo’jalik va pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari auditining xususiyatlari. 
 
Asosiy vositalar auditining asosiy vazifalari 
1. Asosiy vositalarni hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, ularning butligi va 
harakatining to‘g‘riligini tekshirish. 
2. Asosiy vositalarni baholash va qayta baholashning to‘g‘riligini tekshirish. 
3. Asosiy vositalarni kirimi chiqimi muomalalari bo‘yicha provodkalarni 
to‘g‘ri berilganligini va to‘liqligini hamda hisob registrlarida to‘g‘ri aks ettirishni 
tekshirish. 
4. Asosiy vositalarni saqlanishi va ulardan foydalanishni nazorat qilish. 
5. Hisoblangan amortizatsiya ajratmalarini va ta’mirlash xarajatlarni to‘g‘ri aks 
ettirilganligini tekshirish. 


101 
6. Asosiy vositalar muomalalari bo‘yicha hisoblangan soliqlarning to‘g‘riligini 
tekshirish. 
 
MAVZU BO’YICHA MASALALAR 
1-masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor 2460 ming so‘mlik asosiy 
vosita sotilganligini aniqladi. Bu muomalalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks 
etgan: 
Asosiy vositaning balans qiymatiga: 
D-t 9210 K-t 0130 2460 ming so‘m 
Asosiy vositaning eskirish summasiga: 
D-t 0260 K-t 9210 1200 ming sum 
Asosiy vosita uchun pul kelib tushgan: 
D-t 5110 K-t 9210 2460 ming sum 
Asosiy vositani sotishdan moliyaviy natija aniqlangan: 
D-t 9430 K-t 9210 2340 ming sum. 
Talab qilinadi: Yo‘l qo‘yilgan xatoni aniqlab, to‘g‘ri buxgalteriya 
provodkalarini bering. Auditorlik hisobotining asosiy vositalar bo‘limi uchun 
ma’lumot tayyorlang.
2-masala. Buxgalteriya hisobini tiklab berish yuzasidan xizmat ko‘rsatayotgan 
vaqtda auditor quyidagi xolatni aniqladi: 
Korxonada ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangin asosiy vosita sotib olingan 
bo‘lib, uning qiymati QQS bilan birgalikda 12000 ming so‘mni tashkil etadi. Asosiy 
vositani montaj qilish uchun montaj tashkilotiga QQS bilan birga 1200 ming so‘m 
pul to‘langan. Asosiy vosita uchun amortizatsiya me’yori 15%. Auditordan asosiy 
vositani kirimga olish, uch oylik amortizatsiya hisoblash va 2 koeffitsient asosida 
asosiy vositaning qiymatini oshirish (qayta baholash) talab qilinadi. 
Talab qilinadi: Ushbu muomalarni amalga oshiring va buxgalteriya 
schyotlarida aks ettiring. Asosiy vositalarni qabul qilishda yo‘l qo‘yilishi mumkin 
bo‘lgan xatolarni ayting? 


102 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling