Аудиторское заключение


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/140
Sana12.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1700217
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140
Bog'liq
Audit fanidan masalalar to`plami

 
5-masala. Korxona tomonidan joriy yilda binoning rekonstruksiyasi uchun 3 
yil muddatga xorijiy valyutada kredit olingan. Loyiha bo‘yicha o‘tgan yilning 
dekabr oyida ishlar tugatilgan va ob’ekt ishga tushirilgan. Hisobot yilida mazkur 
shartnoma bo‘yicha bank xizmati uchun va uning foizi uchun to‘lovlarni amalga 
oshirgan. Lekin o‘tgan yillarda olingan kreditor qarzlar o‘z vaqtida to‘lab 
berilmagan. Buxgalteriya hisobida valyuta bo‘yicha kreditlar quyidagicha aks 
ettirilgan: 
D-t 2010 schyot - 132000 so‘m. 
k-t 5210 schyot - 132000 so‘m. 
(SHu jumladan 120000 so‘m - kredit uchun foiz 12000 so‘m - bank xizmati). 
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘liq 
va to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo‘yicha auditorlik 
dalolatnomasini tuzing. 
 
6-masala. Korxonada asosiy vositalarni tanlov asosida inventarizatsiya 
qilishda dastlabki narxi 800000 so‘m, amortizatsiyasi 300000 so‘mlik ob’ekt 
etishmasligi aniqlandi. 
Hisobot yilining dekabr oyida bu ob’ekt shartnomaga ko‘ra uning narxi 
156000 so‘m inventarizatsiya o‘tkazish paytida auditorga shartnoma va qabul 
topshirish akti taqdim etilgan. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona asosiy 
vositalaridan bir qismini sotib yuborganligi va bu muomalalar buxgalter tomonidan 
o‘z vaqtida hisobga olinmaganligi aniqlandi. SHuningdek, ushbu xo‘jalik 


104 
muomalalari hisobot yilining 31 dekabrigacha bo‘lgan holati bo‘yicha buxgalteriya 
hisobi schyotlarida aks ettirilmaganligi tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘ldi. 
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘liq 
va to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo‘yicha auditorlik 
dalolatnomasini rasmiylashtiring. 
7-masala. Audit jarayonida tekshirilayotgan korxonada 2018 yilda transport 
vositalari va kompyuterlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblanmaganligi aniqlandi: 
a) “Damas” avtomobili 2012 yil 31 avgustda olingan. Sonlar yig‘indisi usuli 
bo‘yicha amortizatsiya hisoblanadi. Soliq kodeksida 5 yil mobaynida to‘g‘ri chiziqli 
usulni qo‘llash tavsiya etilgan. 
b) Kompyuterlar 2018 yil 1 iyulda olingan. Korxona hisob siyosatida 5 yil 
mobaynida kamayib boruvchi qoldiq usulidan foydalanish belgilangan, soliq 
kodeksida esa to‘g‘ri chiziqli usulni qo‘llash tavsiya etilgan. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling