Аудиторское заключение
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab qilinadi
12-masala. “Fayz” korxonasi mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxona 201X yilda tashkil topgan va shu yilda mebellarni qoplashga moslashgan uskuna sotib olgan va hisob siyosatiga muvofiq tezlashgan amortizatsiya usulidan foydalanadi. Uskunani 201X yildagi sotib olish bahosi 1000000 so‘m bo‘lgan. foydali xizmat muddati 5 yil. Tugatish qiymati 100000 so‘m. 1 yil 1000000-40 % 2 yil 600000-40 % 3 yil 360000-40% 4 yil 216000-40% 5 yil qoldiq-29600 SHu yilda amortizatsiya hisoblanishi kerak edi. Lekin xarajatlarni kamaytirish maqsadida buxgalter yillar yig‘indisi usulini tanlagan. 107 Talab qilinadi: Yo‘l qo‘yilgan xatolik va shu xatoliklarning korxonaga ta’sirini aniqlang? 13-masala. Buxgalteriya hisobini tiklab berish yuzasidan xizmat ko‘rsatayotgan vaqtida auditor quyidagi holatni aniqladi: Korxonada ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan asosiy vosita sotib olingan bo‘lib, uning qiymati QQS bilan birgalikda 13 million so‘mni tashkil etadi. Asosiy vositani montaj qilish uchun montaj tashkilotiga QQS bilan birga 1300 ming so‘m to‘lagan. Asosiy vosita uchun amortizatsiya me’yori 15%. Auditordan asosiy vositani kirimga olish, uch oylik amortizatsiya hisoblash va 3 koeffitsent asosida asosiy vositaning qiymatini oshirish (qayta baholash) talab qilinadi. Talab qilinadi: Ushbu muomalalarni amalga oshiring buxgalteriya schetlarida aks ettiring. Asosiy vositalarni qabul qilishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni aniqlang. 14-masala. Korxona tomonidan joriy yilda binoning rekonstruktsiyasi uchun 2 yil muddatga xorijiy valyutada kredit olingan. Loyiha bo‘yicha o‘tgan yilning dekabr oyida ishlar tugatilgan va ob’ekt ishga tushirilgan. Hisobot yilida mazkur shartnoma bo‘yicha bank xizmati uchun va uning foizi uchun to‘lovlarni amalga oshirgan. Lekin o‘tgan yillarda olingan kreditor qarzlar o‘z vaqtida to‘lab berilmagan. Buxgalteriya hisobida valyuta bo‘yicha kreditlar quyidagicha aks ettirilgan: Dt 2010 146000 so‘m Kt 5210 146000 so‘m (SHu jumladan, 134000 so‘m-kredit uchun foiz, 34000 so‘m – bank xizmati uchun) Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘liq va to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo‘yicha auditorlik dalolatnomasini tuzing. 108 15-masala. Korxonadan muddatidan avval eskirish oqibatida ikkita boshlang‘ich qiymati 145000 so‘mdan bo‘lgan muzlatkich hisobdan chiqarilgan. Muzlatkichlardan birining amortizatsiya ajratmalari 115000 so‘mni, ikkinchisiniki esa 110000 so‘mni tashkil qilgan. Tugatish dalolatnomasida amortizatsiya to‘liq hisoblanmaganligining sababi ularni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar yoqilg‘i deb ko‘rsatilgan. Muzlatkichlarni hisobdan chiqarish uchun ishchilarga demontaj uchun 5650 so‘m ish haqi hisoblangan, 6000 so‘m metallom hamda 11000 so‘mlik ehtiyot qismlar korxona omboriga kirim qilingan. Korxona buxgalteri tomonidan muzlatkichlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan moliyaviy natijani 45000 so‘m deb baholab, uni 9590 schetga hisobdan chiqarilgan. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling