Autizm ( bolalar autizmi deb ham ataladi)inglizcha: infantile autism ), bolalik autizmi


Download 310.37 Kb.
bet7/8
Sana29.04.2023
Hajmi310.37 Kb.
#1401676
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Autizm





Autizm sabablari



Illyustratsiya: Sara Wong / www.npr.org
Autizmning shakllanishida bir qator faktorlar bor, ammo ularning ko‘pchiligi hali ilmiy asos topmagan. Masalan, 70-yillarda autizm kasalligi kelib chiqishini “bag‘ritosh, bemehr ona” nazariyasi bilan bog‘lashgan. Bu nazariyaning haqiqatga yaqin bir jihati bor – autist bolalarning ko‘pchilik ota-onalari bolalariga e’tiborni kam qaratishadi va ular bilan kam muloqotda bo‘lishadi. Chunki deyarli barcha autist bolalar ota-onalar gap so‘zlariga befarq, emotsiyasiz bo‘lishadi, ular fikrlarini nutq orqali ifodalashga qiynalganlaridan giperaktiv bo‘lib ham ko‘rinishadi.


Ushbu maqolani ham o‘qing: Bolangizni chiniqtiring

Autizm kelib chiqishining ikkinchi afsonasi – qizamiqqa qarshi vaksina olish. Bu “afsona”ni bir necha bor ilmiy jihatdan rad etishgan bo‘lsada, ushbu teoriyani o‘ylab topgan odam yolg‘on izlanishlari bilan hali hanuz odamlarni ishontirishga harakat qilib kelmoqda.


Autizmning kelib chiqishining aniq bir sababi o‘rganilmagan bo‘lsada, ba’zi bir ehtimoliy xavflar ham bor. Masalan:

  • Kech farzand ko‘rish ya’ni otaning yoshi ancha katta bo‘lsa;

  • Oilada autist bolalar bo‘lsa;

  • Ko‘p farzandli oilalarda tug‘ilajak farzand (masalan 7-8 farzandlar);

  • Bolalar serebral paralichi (shollik);

Bundan tashqari bir qancha kasalliklar ham autizmga olib kelishi mumkin. Eshitish qobiliyati yo‘qligi, e’tiborning kamlik sindromi, ba’zi xromosom kasalliklar (Retta sindromi), gapirish qobiliyati yo‘qligi.

Autizm belgilari


Autizm bolalarda ularning yoshiga, kasallik darajasiga qarab 4 xil ko‘rinishda keladi:

  • Ijtimoiy qoloqlik;

  • Muloqotda o‘z-o‘zi bilan gaplashish, har xil qo‘l harakatlari qilish;

  • Umumiy belgilarning erta boshlanishi.

3 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda quyidagi belgilar ko‘zga tashlanishi mumkin:

  • Bolaning onasiga bee’tiborlikligi (kulish, jismoniy harakatlar, ovoz chiqarishlar);

  • Bolaning “tayyorgarlik” holati yo‘qligi ya’ni uni ko‘tarishga uringanda qo‘llarini cho‘zmasligi, tizzalarida turishga harakat qilmasligi, emishdan butunlay to‘xtashligi;

  • Jamoa bilan o‘ynashni istamaslik, ota-ona va boshqalar bilan o‘ynaganda injiqlik qilish, yolg‘iz holda o‘ynashni xohlash;

  • Sezuvchanlikning oshib ketishi ovoz, yorug‘likka bo‘lgan. Bundan tashqari qo‘rqitish, baqiriq, arg‘imchoq uchish kabi o‘yinlar paytida injiqliklar qilish;

  • Gapirish qobiliyatining sustayishi, hatto mutizm holatigacha. Exolaliyalar, ya’ni so‘zlarni takrorlash, ota-onadan eshitgan iboralarni qayta-qayta aytib yurish yoki multfilmda eshitgan so‘zlarni doimo aytib yurish, bu Asperger sindromi deyiladi;

  • Tanlab ovqat yeyish, ishtaha sustligi, uyquning yomonlashuvi;

  • Buyruqlarni bajarmaslik, buyumlarni ko‘rsatsa qaramaslik, o‘zining ismiga e’tibor bermaslik;

  • Belgilangan tartibga qat’iy rioya qilishi, ya’ni bir vaqtda uyg‘onishi, buyumlarni bir joyda saqlash, jismlar shakliga qarab saralash va shu kabilar;




Download 310.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling