Ob’yekt tushunchasi
AutoCAD dasturi bilan ishlashda ob’yekt tushunchasini to’g’ri aniqlab, tushunib olish lozim. Aytaylik Chizish asboblar panelidagi «Прямоугольник» - To’g’ri to’rtburchak chizish buyrug’i asosida bajarilgan shaklni dastur bitta ob’yekt deb qabul qiladi. Aynan shu shakl «Отрезоk» - Kesma buyrug’i asosida bajarilsa dastur ushbu shaklni to’rtta ob’yekt deb qabul qiladi. Chunki birinchi usulda bitta buyruq bilan amal bajarildi, ikkinchi usulda esa to’rt marta to’g’ri chiziq chizish buyrug’i ketma – ket takrorlandi.
2. 3.
«Прямоугольник» - To’g’ri to’rtburchak chizish buyrug’i asosida bajarilgan to’rtburchak. (1 ta ob’yekt)
«Отрезоk» - Kesma buyrug’i asosida bajarilgan to’rtburchak. (4 ta ob’yekt)
Bitta ob’yektdan iborat shakllar.
Do'stlaringiz bilan baham: |