Obsessiv alomat — miyadan ketmaydigan holatlar. Bunda bemorlar qilgan ishlarini qayta-qayta tekshirib yuradilar. Masalan: eshik qulflanganmi yoki yo‘qmi?, gaz o‘chirilganmi yoki yo‘qmi? deb bezovta bo‘lib yuradilar. Bemorlarning miyasiga qo‘rqinchli, vahimali narsalar o‘rnashib qoladi va ulardan qutulish choralarini ko‘p o‘ylab yuradilar. - Obsessiv alomat — miyadan ketmaydigan holatlar. Bunda bemorlar qilgan ishlarini qayta-qayta tekshirib yuradilar. Masalan: eshik qulflanganmi yoki yo‘qmi?, gaz o‘chirilganmi yoki yo‘qmi? deb bezovta bo‘lib yuradilar. Bemorlarning miyasiga qo‘rqinchli, vahimali narsalar o‘rnashib qoladi va ulardan qutulish choralarini ko‘p o‘ylab yuradilar.
- Fobik alomat — bunda bemorlar biror narsalardan qo‘rqib yashaydilar. Kardiofobiya — yurak kasali bo‘lib qolishdan qo‘rqish, lissofobiya — ruhiy kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqish, gipsofobiya — balandlikdan qo‘rqish, kanserofobiya — rak kasalligidan qo‘rqish, klaustrofobiya — yopiq imoratlardan qo‘rqish, agorafobiya — ochiq joylardan qo‘rqish.
Ipoxondrik alomat— bunda bemorlar o‘z sog‘lig‘iga nisbatan ortiqcha qayg‘uradilar va ko‘p o‘ylaydilar. Ipoxondrik alomat ruhiy kasalliklarda ko‘p uchraydi va fobiyalar bilan birga kechadi. Ipoxondrik alomatda bemorlar tanasida uvishish, yoqimsiz his-tuyg‘ular va og‘riqlar bo‘lib turadi. - Ipoxondrik alomat— bunda bemorlar o‘z sog‘lig‘iga nisbatan ortiqcha qayg‘uradilar va ko‘p o‘ylaydilar. Ipoxondrik alomat ruhiy kasalliklarda ko‘p uchraydi va fobiyalar bilan birga kechadi. Ipoxondrik alomatda bemorlar tanasida uvishish, yoqimsiz his-tuyg‘ular va og‘riqlar bo‘lib turadi.
- Nevrotik depressiya alomati — bunda bemorlar tashqi voqealarga befarq, loqayd bo‘lib qoladilar. Bemorlarning kayfiyati buzilgan, ishtahasi yo‘qolgan va uyqusi buzilgan bo‘ladi. Bemorlar bir o‘zi yolg‘iz qolishga intiladi. Nevrotik depressiyada bemorlar o‘zini qo‘lga oladi, isteriyadagi singari harakatlar qilmaydi.
-
Nevrasteniya - Nevrasteniya
- Nevrasteniya — bu asteniya va depressiya alomatlarining birgalikda qo‘shilishi natijasida yuzaga keladi. Nevrasteniyada bemorlar shikoyati bosh og‘riq, bosh aylanish, uyqusizlik, yurak sohasidagi uvishish va og‘riq, qo‘loyoqlarning sovuq qotishi, ko‘p terlash, dispeptik buzilishlar-ko‘ngil aynish, qusish, oshqozon sohasida va ichaklarda og‘riq hamda ich ketishi yoki qotishidir. Bundan tashqari, jinsiy zaiflikdan, tez jahli chiqishidan shikoyat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |