- Ibtidoiy odamlarning paydo boʻlishidan to davlat yuzaga kelguniga qadar boʻlgan davr. Jamoa boʻlib mehnat qilish va jamoa boʻlib isteʼmol qilish Ibtidoiy jamiyat ning oʻziga xos xususiyatidir. Eng oddiy mehnat qurollariga ega boʻlgan ibtidoiy odam yakka-yakka holda tabiat kuchlariga va hayvonlarga qarshi kurasha olmas edi. Shuning uchun ibtidoiy odamlar jamoa ravishda mehnat qilib, oʻz mehnatlarining mahsulini teng taqsimlar edilar. Ibtidoiy jamiyat iborasi juda buyuk kash-fiyot hisoblanib, u birinchi navbatda eta. olim L. G. Morgan nomi bilan bogʻliq. L. G. Morgan oʻzining "Qadimgi jamiyat" (1877) asarida juda boy etn. materiallarga asoslangan holda ilmiy olamda birinchi boʻlib, kishilik tarixining dastlabki sinfiy jamiyatga qadar boʻlgan davrini ikki bosqichga boʻlgan: 1-bosqichni "ibtidoiy tuda", 2-bosqichni esa "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi" deb atadi. Ibtidoiy tuda bo-sqichi oʻz mazmun va mohiyati bilan ilk ajdodlarimizning "hayvonot" olamidan ajralib insoniyat olamiga oʻtish davri bilan harakterlanadi. L. G. Morgan bu bosqichni Ibtidoiy jamiyat ga kiritmagan. Aslida Ibtidoiy jamiyat urugʻchilik jamoasini vujudga kelishi bilan boshlanadi. L. G. Morgan fikriga F. Engels va V. I. Leninpar qoʻshilsada, ammo ular urugʻchilik jamoasi davrini "ibtidoiy kommuna", "qadimgi kommunizm" iboralari bilan almashtirib katta nazariy xatoga yoʻl qoʻyadilar. I. V. Cmashinning "Dialektik va tarixiy materializm haqida" asari paydo boʻlgach, masala yanada chalkashib ketdi. U Ibtidoiy jamiyat tushunchasiga kishilik tarixini ibtidoiy tuda bosqichini ham qoʻshib yubordi. Stalincha konsepsiya keyinchalik sobiq sovet tarixshunosligida asosiy yoʻl-yoʻriq boʻlib qoldi. Aslida, tarixan birinchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya — ibtidoiy urugʻchilik jamoasi edi. U urugʻ jamoalarining paydo bulishidan to birinchi sinfiy jamiyatning shakllanishiga qadar boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Ibtidoiy tuda davrida esa ishlab chiqarish ning oʻzi boʻlmagan. Bu davr odamzodning uzok, davom etgan tadrijiy shakllanish bo-sqichi boʻlib, u haqiqatan Ibtidoiy jamiyat ga oʻtish davri hisoblanadi. Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o’z ifodasini topgan. Ruhga sig’inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig’inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so’g’d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |