Avesto – oila va jamiyat masalalari haqida muhum manba sifatida Mundarija
Avesto — davlatchilik tarixini oʻrganishdagi muhim manba
Download 160.8 Kb.
|
Avesto – oila va jamiyat masalalari haqida muhum manba sifatida
Avesto — davlatchilik tarixini oʻrganishdagi muhim manba
Davlatchilik asoslarini shakllantirish borasida “Avesto” deyarli barcha ijtimoiy masalalar, qadimgi geografik tushunchalar, etnik jamoalar, viloyat xududlari, ularning nomlari, qadimgi mamlakatlarning roʻyxati, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy va siyosiy tuzum asoslari, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi xaqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga qamrab oladi. Manbada, avvalo, inson, erki, komilligi, ruxiy sogʻlomligi masalalari ustuvor qoʻyiladi. Masalan: “Men yaxshi fikr, yaxshi soʻz, yaxshi ishga shon – shavkat baxsh etaman”- deyiladi. Gʻoyalarning bunday tarzda qoʻyilishi dunyo ana shu kuchlarning yonma — yon yashashdan iborat, degan falsafaning mohiyatini anglashga undaydi. “Avesto” da eng muhim masalalardan biri — bu xuquqiy munosabatlarning nazariy jihatdan shakllanganligidir. Unda inson hayoti va odamlar oʻrtasidagi ijtimoiy — iqtisodiy munosabatlar xuquqga asoslanganligi haqida maʼlumot bor. Haqiqat, yaxshi soʻz va maqsad, poklik va egulikka intilish, suv, yer, olov, xonadon va chorvani asrab — avaylash axloqiy burch boʻlib sanalgan. Inson oʻzining ishlari va fikrlari bilan, yaxshilik yorugʻlik va baxt keltiruvchi, hayot va xaqiqat beruvchi oliy tangri Axuramazdaga yordamchi boʻlib hizmat qiladi. Oila va jamoada berilgan soʻzdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar oʻrtasida toʻzilgan axdnomani buzish katta gunoh hisoblangan8. Inson tabiatan erkinlikka, ezgulikka intilib yashaydi. Bunday extiyojlarning barcha uchun umum boʻlgan qoidalarini va ularning tartibotlarini tashkil etishda davlatga boʻlgan extiyoj vujudga keladi. Mana shunday extiyoj maʼrifiy va maʼdaniy taʼlimotlarning hosilasi sifatida umuminsoniy qadriyatlarning meʼzonlarini shakllantirib kelgan. Ayni paytda, kishilik jamiyatining oʻzaro urushlar va ixtiloflar bilan bogʻliq davrlarida yangi maʼrifiy taʼlimotlar haloskor g’oya sifatida vujudga kelgan, Aynan IX va XIII asrlar Oʻrta Osiyo tarixida shunday murakkab davr boʻlgan. Xalqning oʻz mustaqilligi uchun kurashishi, bunda xurriyat va inson erkinligi gʻoyalari millatni maʼnaviy yuksalishiga olib kelgan. Bu davrda dunyoga mashxur Xorazimiy, Fargʻoniy, Abu Nasir Farobiy, Ibn —Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk kabi faylasuf, siyosatchi tarixchi olimlar shu davrda yashab ijod etdilar. Bu davr oʻz mazmuni, salmogʻi jihatidan Oʻrta Osiyo uyg’onish davri deb tarixga kiradi. Uyg’onish davri madaniyatining oʻziga xos tomonlari mavjud boʻlib, ular quyidagilardan iborat edi9: 1. Dunyoviy maʼrifatga intilish, bu yoʻlda utmish va qoʻshni mamlakatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa tabiiy — falsafiy, diniy, tarixiy hamda ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish. 2. Tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarining rivoji, ratsionalizm, aql kuchiga ishonish, asosiy eʼtiborni haqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish, xaqiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb hisoblash, 3. Insonni ulugʻlash, uning aqliy, tabiiy, ruxiy badiiy, maʼnaviy fazilatlarini asoslash, insonparvarliq yuqori axloqiy qonun va qoidalarni namoyon etish, komil insonni tarbiyalash. 4. Universallik — qomusiylik barcha tabiat xodisalari bilan qiziqish va uning mohiyatiga intilish. 5. Davlat qurilishi va boshqaruvining nazariy negizlari adolat, ahloq tamoyillarida shakllantirish, ularning xuquqiy hamda amaliy asoslarini rivojlantirish. 6. Davlat raxbari va hizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, masʼuliyati meʼzonlari tizimining nazariy negizlarini yaratish. O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto” ning o’rni beqiyosdir. Unda diniy e’tiqod va xalqlarning o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk asarda tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar to’plangan. “Avesto” da bayon etilgan asosiy g’oyalar, diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomi bilan bog’langan. “Avesto” matni to’liq saqlanmagan. Bizgacha, uning juda oz qismi yetib kelgan, xalos. Ma’lumki “Avesto” Kayoniy hukmdorlardan Gishtosp – Vishtosp zamonida kitob holiga keltirilgan. Rivoyatlarga qaraganda, uning gatlar deb ataluvchi asosiy qismi xudo Zaratushtra tomonidan yozilgan va Mas’udiy, Tabariy va Beruniylarning so’zlariga qaraganda, 12 000 ho’kiz terisidan tayyorlangan maxsus pergamentga oltin harflari bilan yozilgan. O’sha vaqtlarda uning uch nusxasi mavjud bo’lgan, lekin bir nusxasi Iskandar Zulqarnaynning amr-farmoni bilan yoqib yuborilgan. Ikkinchi nusxasini Yunonistonga olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga o’ta e’tiqodli bo’lgan kishilar qo’lida saqlanib qolgan. Lekin bu nusxa to’la emas. Asarning saqlanib qolgan qismlarini to’plash va kitob holiga keltirish ishlari Parfiya podshosi Valgash 111 (148-192 yy.) hamda Sosiniylar (milodning 111 asri) davrida ham davom ettirildi. “Avesto” sosoniy Shopur II (309-379) davrida tartibga solindi, izohlar va qo’shimchalar (zand) bilan boyitildi va to’la kitob holiga keltirilib, asosiy qismlari pahlaviy tiliga tarjima qilindi. Bu kitob “Zand Avesta” nomi bilan mashhur. Afsuski, “Zand Avesta” ham bizning zamonimizgacha to’la holda yetib kelmagan. Uning bir qismi Iskandar Zulqarnayn yurishlari vaqtida, boshqa bir qismi esa arablar istilosi (674-715 yy.) vaqtida yo’q qilingan. Asarning bizgacha yetib kelgan qismi, professor Ye.Ye.Bertelsning ma’lumotiga qaraganda59, 83 000 so’zdan iboratdir10. U asosan to’rt qismdan – yasna, yashtov, vispered, vendidad tashkil topgan. Yasna tarkibiga kirgan gat deb ataladigan qo’shiqlar “Avesta”ning eng ko’hna va qimmatli qismlaridir. “Avesto”ning qo’shiqlari va qissalari Abulqosim Firdavsiyning (taxm.940-1030 yy.) “Shohnoma” dostoniga manba bo’lib hizmat qilgan. “Avesto” nisbatan yaxshi o’rganilgan (K.Zalemen, X.Bartolomey, Ye.Ye.Bertels, V.V.Struve va boshqalar). U fransuz (Anketel dyu Perron, Y.Darmsteter), rus (K.A.Kossovich), ingliz (L.X.Mayls), Laniya (A.Xristensen) va fors (Ibroham Pur Dovud) tillariga tarjima qilingan. Uning Kopengagenda (Daniya) saqlanayotgan yagona nusxasi asosida tayyorlangan fotomatni 1937-1944 yillari olti jildqilib nashr etilgan. “Avesto” boshqa barcha diniy kitoblar singari qomusiy mohiyatga ega bo’lgan asar hisoblanadi. Unda zardushtiylik dinining qonun-qoidalari, farz va sunnatlari, Yazdoning pokning chkkayu-yagona yaratuvchilik qudrati ta’rifiyu madhi bilan birga ijtimoiy hayot, turli ijtimoiy tabaqalar, moddiy olam, har xil kasb sohiblarining turmushda tutgan o’rni, dunyo va insonning nokomilligi, mavjud tuzum tartib-nizomlari, ularning musbat va manfiy tomonlari, mazdoparastlikning asl mohiyati, boshqa dinlardan farqi, inson tafakkurining mutlaq moya bilan bog’liqligi va boshqa ko’p masalalar xususida falsafiy mushohadalar yuritiladi Download 160.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling