Avesto” O`rta Osiyo tavsifi va davlatchilik tarixiga oid ma`lumotlar Reja


Download 42.72 Kb.
bet3/5
Sana24.10.2023
Hajmi42.72 Kb.
#1718431
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Avesto” O`rta Osiyo tavsifi va davlatchilik tarixiga oid ma`lumotlar

Birinchi davr – eng qadimgi davr bo‘lib, bunda adolat va insoniy baxt-saodat hukmron bo‘lgan.
Ikkinchi davr – yaxshilik ruhlari bilan yomonlik ruhlari o‘rtasidagi adolat uchun kurash davom etgan.
Uchinchi davrda – aql-idrok va adolat tantana qilib, dehqonlar badavlat, davlatning siyosiy va qonunchilik tizimi mustahkam bo‘lgan.
A. S. Sagdullayev uzoq yillik qiyosiy tadqiqotlar asosida Avesto davri davlat boshqaruvini quyidagicha izohlaydi:
Shuningdek, olimning fikricha, Avestoning Yasht kitobida keltirilgan ma’lumotlar O‘rta Osiyoda qabilalar siyosiy birlashmasining tarkib topgan davrlariga mansub bo‘lishi mumkin. Avesto davrida xususiy mulk quyidagilardan iborat bo‘lgan: uy-joy, chorva, tomorqa yerlari, ishlab chiqarish qurollari, barcha ro‘zg‘or va shaxsiy buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari.
Avesto kitoblarida qadimgi chorvachilik va dehqonchilik hayoti haqida ma’lumotlar turli qismlarda saqlangan bo‘lib ularda shunday deyiladi: «Biz Axuramazdani ulug‘laymiz, Axuramazda yaratgan barcha narsaning ichida eng muhim bo‘lib, birinchi o‘rinda chorva turadi. Biz chorvaga tinch o‘tlov va yemish ta’minlashga chaqiramiz». Yoki Videvdat kitobida dehqonchilik sabab ish ekanligi ta’kidlangan: «Kim agar chap va o‘ng qo‘li, o‘ng va chap qo‘li bilan bu zaminga ishlov bersa, O. Spitama Zaratushtra, u yerga manfaat keltiradi».
Ta’kidlash joizki, Avesto davri qabilalar va jamoalar e’tiqodlarining mukammal jahon dini darajasidagi din bilan almashayotgan davri edi. Shuningdek, bu davr tub iqtisodiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarishda sifatiy olg‘a siljishlar davri bo‘lganligi bilan ham izohlanadiki, bu holat iyerarxik to‘zumga ega bo‘lgan davlatchilik hamda urbanizatsiyaning yangi bosqichga ko‘tarilishiga, kasbiy hunarmandchilik, birinchi galda metallurgiyaning rivojlanishiga imkoniyat yaratgan edi.
Mis, bronza, keyinroq temirning paydo bo‘lishi ishlab chiqarishdagi katta o‘zgarishlarga, jumladan hunarmandchilikning maxsus tarmoqlarga ajralishiga va mahsulot ayirboshlashga olib keldi-ki, bu jarayon O‘rta Osiyo qadimgi shahar va qishloqlarining rivojlanishiga, ziroatkor va chorvador aholi turmush tarzining tubdan o‘zgirishiga olib keldi.
Avesto ko‘pgina ma’lumotlar qatori metallurgiya sohasida erishilgan yutuqlar haqida ham ma’lumotlar beradi. Bunga Avesto xudolarining boy qurol – yarog‘lari misol bo‘la oladi. Masalan, zardo‘shtiylarning ulug‘ xudolaridan biri Mitra «oltin arava»da tasvirlanib, qo‘lida «sariq ma’dandan yasalgan, tilla bilan qoplangan, yuz tig‘li va yuz zarbali, eng kuchli va eng zafarli» bolta ushlab turadi. Mitraning aravasida yoki qalqonida kumush va oltindan bezaklar solinadi. Mitraning aravasida «o‘tkir, yaxshi charxlangan, ilohiy uchadigan va ilohiy kesadigan» minglab o‘tkir o‘qlar va nayzalar, minglab pichoqlar va cho‘qmorlar tasvirlangan.
Avestoda tilga olingan viloyatlar ( o‘lkalar ) – Aryanam Vayjo, Gava Sug‘da, Mouru, Bahdi, Nisaya kabilar, O‘rta Osiyo, Janubiy Uraloldi va Markaziy Qozog‘iston hududlarida joylashgan bo‘lib bu ulkan mintaqada muhim polimetallar bazasi, Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimlarida keng yaylov hududlar, Baqtriya, Marv, Niso va Sug‘dda urbanizatsiyalashgan markazlar mavjud edi.
Avesto madhiyalarida ma’lum ijtimoiy bosqichlardagi izchillik va iyerarxiyani ham ajratish mumkin. Shuningdek, Avestoda ilk shaharlar shakllanish bosqichlari Axuramazda farmoni bilan dastlabki odam Yima tomonidan mustahkamlangan «vara» bunyod etishi misolida ko‘zatiladi. Bunday «vara» lardan biri arxeologlar tomonidan Janubiy Ural – Qozog‘istondagi «shaharlar o‘lkasi» dan topilgan bronza davrida oid Arkaim yodgorligida bo‘lishi mumkin. Arkaim yodgorligi bir nechta mustahkamlangan manzilgohlardan iborat bo‘lib, xandaqlar va qatorli mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan, kirish qismi himoyalangan. Yodgorlik murakkab va aniq tuzilishga ega. Yodgorlik hududlaridan, hunarmandchilikning avvalo, metall eritish va unga ishlov berishning izlari, bronzadan yasalgan buyumlar Avesto madhiyalarida eslatilgan «vara» shaklidagi bunyod etilishi shahar madaniyati belgilarini, ijtimoiy va madaniy tarqqiyotining yuqori darajasini, nom-davlatlar ko‘rinishidagi shaharlar shakllanishini o‘zida aks ettiradi. Bu jarayonning bosqichma –bosqich rivojlanishi esa, O‘rta Osiyoning janubiy va markaziy hududlarida ko‘zatiladi.

Download 42.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling