Avesto” O`rta Osiyo tavsifi va davlatchilik tarixiga oid ma`lumotlar Reja


Download 42.72 Kb.
bet4/5
Sana24.10.2023
Hajmi42.72 Kb.
#1718431
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Avesto” O`rta Osiyo tavsifi va davlatchilik tarixiga oid ma`lumotlar

Avestoda huquqiy tartib. Bizning kunlarimizga qadar yetib kelgan Avesto kitobi va zardo‘shtiylarning an’analari hamda ta’limoti, inson hayoti va odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari ma’lum qonun – qoidalarga yoki ma’lum huquqiy tartibga asoslangani haqida ma’lumot beradi.
Tarixiy ma’lumotlardan ma’lumki, Zaratushtra yashagan davr ijtimoiy-siyosiy munosabatlar qaror topayotgan notinch va murakkab davr edi. Bir necha bor adolatsizlik, shafqatsizlik va zo‘ravonliklarning guvohi bo‘lgan Zaratushtra o‘zining dastlabki ta’limotini yovo‘zlik va zo‘ravonlikka qarshi qaratadi. Aynan shuning uchun ham Zaratushtra ta’limotining asosini tartibga chaqirish, huquqiy normalarni belgilash,adolatga intilish, xulq-obod tantanasi, tinchlikka intilish hamda ezgulikka da’vat etish tashkil etgan.
Avesto ma’lumotlariga ko‘ra, yaxshi so‘z va yaxshi maqsad, poklik va ezgulikka intilish, doimiy haqiqatni ro‘yobga chiqarish, suv, yer, olov, xonadon va chorvani asrab-avaylash barcha narsadan ustun ahloqiy burch bo‘lib sanalgan. Inson o‘ziga yuklatilgan ezgu burchlar,o‘zining qilgan ishlari va fikrlari bilan, ezgulik, yaxshilik, yorug‘lik va baxt keltiruvchi, hayot va haqiqat baxshida etuvchi oliy xudo Axuramazdaga yordamchi bo‘lib kasallik va o‘lim keltiruvchi yovo‘z xudo Axrimanga qarshi bo‘lishi lozim edi.
Avestoda kishilarning o‘zaro muomala va munosabatlarida berilgan va’daning ustidan chiqish, majburiyat va qasamiga sodiq qolish odatiy qonunlar ekanligini ko‘zatish mumkin. Agar qasam ichib ahd qilgan kishi o‘z ahdini bajarmagan yoki bo‘zgan bo‘lsa, da’vogar o‘z haqligini isbotlash uchun sinash va jazolanish usulidan foydalangan. Adolatli sud qilish uchun sinash va jazolashning 33 ta usuli mavjud bo‘lib, agar so‘z qasami bo‘zilsa, suv bilan sinash, agar shartnomaga oid bo‘lsa, olov bilan sinash jarayonida aybdorga o‘zining haqligini isbotlashga imkon berilgan.
Oila yoki jamoada berilgan so‘zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o‘rtasida tuzilgan ahdnomani bo‘zish katta gunoh hisoblangan. Yashtning X bobida bu xususda shunday diyilgan: «O, Spitama, shartnomani bo‘zuvchi kishi, butun mamlakatni bo‘zadi, shu bilan birga Artaga tegishli barcha mulku mollarga putur yetkazadi. O, Spitama ahdingni bo‘zma…». Zaratushtra «kuch va imkonim boricha men odamlarni haqiqat «asha» ga chorlayman» deya, ulug‘ xudo Axuramazdaga qasamyod qiladi. «Asha» - tartib, imon va adolat timsoli bo‘lib, unga yaxshi niyat, yaxshi so‘z va savobli ishlar bilangina erishish mumkin bo‘lgan.
Avesto kitoblarida keltirilishicha, «bir-birini qo‘llovchi ikki qadrdon do‘st o‘rtasida tuzilgan ahdnoma yigirma qirrali kuchga ega; bir jamoaning ikki a’zosi o‘rtasida tuzilsa, o‘ttiz baravar kuchga ega; ikki hamkor o‘rtasidagi ahdnoma qirq bor o‘z kuchini saqlaydi; er va xotin o‘rtasidagi ahdnoma ellik darajali kuchga ega; ikki ummat orasidagi ahdnoma oltmish kara kuchga ega; ustoz va shogird shartnomasining yetmish karralik kuchi bor; kuyov va qaynota ahdnomasi to‘qson hissalik kuchga ega; ota va o‘g‘il o‘rtasidagi tuzilgani yuz kara, ikki mamlakat o‘rtasidagi tuzilgan shartnoma ming karra kuchga egadir».
Tadqiqotchilar bundan shunday xulosa chiqaradilarki, oila va jamiyatdagi ahloqiy va huquqiy munosabatlar ( xonadon egasi va oila a’zolari, er va xotin, ota va o‘g‘il, kuyov va qaynota, qo‘shnilar o‘rtasidagi ) keng qamrovli bo‘lib ular, yolg‘on, zo‘ravonlik va nohaqlikka qarshi qaratilgan. Shu bilan birga Avesto ta’limoti oltita ahdnomaga ( qasam yoki kafolatga ) rioya qilishga ( so‘z, qo‘l, qo‘y, sigir, odam, viloyat qasami ) chaqiradi.
Gunohlar ichida eng og‘iri – odam va itlar jasadini «tuproqqa topshirish», ya’ni, yerga ko‘mish, suvga tashlash, gulxanda qo‘ydirish jinoyati bo‘lib, Avestoda ta’kidlanishicha, «dunyoda hech bir jazo, hech bir tovon bunday gunohni poklay olmaydi».
Avestoda jinoyat va jazo masalalari har tomonlama tartibga solinganligini ko‘zatish mumkin. Misol uchun, jinoyatlar quyidagi turlarga bo‘lingan: dinga qarshi jinoyat, shaxsga qarshi jinoyat, hayvonlarga qarshi jinoyat, mulkka qarshi jinoyat, tabiatga qarshi jinoyatlar kabilar.
Shaxsga qarshi harakatalar ichida qurol olib tahdid solish, birovni kaltaklab hushidan ketkazish, unga jarohat yetkazish, qonini oqizish, suyagini sindirish, boshini yorish kabi harakatlar qattiq jazolangan. Mulkiy jinoyatlardan o‘g‘rilik, firibgarlik, talon-taroj, bosqinchilik, qarzdorlik kabilar Avestoda gunoh hisoblangan. Unga ko‘ra, «kimda kim qarzni o‘z egasiga qaytarmasa, uning bu amali o‘sha omonatni o‘g‘irlagan bilan barobar bo‘ladi». Olingan qarzni o‘zlashtirish ham jinoyat hisoblangan.
Dinga qarshi jinoyatlar, qasddan qilingan jinoyatlar va takroriy jinoyatlar uchun ayniqsa qattiq jazolar belgilangan. Birovni qasddan urib, uning qonini to‘kkan kimsani, ellik qamchidan to‘qson qamchigacha savalashgan. Shuningdek, agar kimki birovni urib suyagini sindirsa, jinoyatchiga nisbatan otning terisidan yasalgan qamchin bilan, yetmishdan to‘qson qamchigacha urish jazosi belgilangan.
Avesto oilani, farzandlarni, uy-joyni asrab-avaylashga chaqiradi: «kimning uyi bo‘lsa, u uysiz bexonumon odamdan yaxshiroqdir». Oila va jamiyatdagi, xususan, ma’lum xonadon egasi va oila a’zolari, er va xotin, ota va o‘g‘il, kuyov va qaynota, quni-qo‘shnilar o‘rtasidagi ahloqiy va huquqiy munosabatlar keng qamrovli bo‘lib, ular yolg‘on, zo‘ravonlik va nohaqlikka qarshi qaratilgan. Nohaqlik va jinoyatga to‘siq qo‘yish, ularning oldini olish maqsadida Avesto qonunlari inson va jamoaning huquqiy nazorat qilishga qaratilgan.

Download 42.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling