«Avesto»da ma’naviyat masalalari
Moniy va Mazdak ta’limotida ma’naviyat
Download 1.47 Mb.
|
Avesto
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Moniy va Mazdak ta’limotida ma’naviyat.Markaziy Osiyoda quldorlik jamiyati eramizning 2-3 asrlariga kelib inqirozga yuz tutdi va o‘z o‘rnini feodal munosabatlariga bo‘shatib bera boshladi. Bu holat zardushtiylik ichida yangi oqim Moniylik ta’limotining yuzaga kelishi va kuchayishiga olib keladi. Ushbu oqimning asoschisi Moniy (216-276 y) bo‘lib, u tarixiy shaxsdir. Uning ta’limoti hukmron tabaqalar manfaatiga zid bo‘lgani uchun 276 yilda vahshiylarcha o‘ldirildi. Moniy boy adabiy meros yaratgan bo‘lsa ham, lekin uning ba’zi asarlaridan parchalarigina bizgacha yetib kelgan, xolos. Uning ma’naviy-ahloqiy qarashlari “Sir ul asror” (Siru asror kitobi), “Kitob-ul-xudovost-tadbir” (Rahbarlik va boshqaruv kitobi), “Shaburkan” va boshqalarda bayon etilgan. Moniy ta’limoti zardushtiylikning yaxshilik va yomonlik ta’limotiga asoslangan bo‘lib,keng xalq ommasining manfaatiga mos kelar edi. Moniylik ta’limotida dunyo – ziyo (yorulik) va zulmat (qoronulik)ning abadiy kurash maydonidan iborat, mana shu kurash maydonida insonning asosiy vazifasi yovuzlikni yo‘q qilish uchun yaxshilik, ezgulikka ko‘maqlashishdan iborat degan ma’naviy-ahloqiy ta’limot ilgari suriladi. Moniy o’z zamonasining navobig`i, ya’ni daho mutafkkiri edi, undan nazariymeros sifatida forsiy tilda yozilgan “Shopurgon” kitobi, “ Kanz-ul-ahibbo” (“Ma’shuqlar xazinasi”), “Safar –ul-asror”, “Safar-ul-jabobira” (“Jabr qiluvchilar safari”), “Zakxotiyo”, “Faroiz-us-so’in” (“darveshlar yashash tarzining vazifalari”), suriyoniy tilida yozilgan “Injil” asarlari qolgan. Moniy mohir naqqosh ham bo’lgan,o’z kitobining sahifalarini o’zi go’zal tasvirlar bilan bezagan va o’sha tasvirlar nur va zulmat quvvatlarini go’zal tarzda o’zida mujassam etgan. “Ravzat-us-sofo” nomli asarda yozilishicha, Moniy benazir musavvir bo’lgan, shu bilan birga she’r va musiqadan yaqindan xabardor bo’lgan va xatning bir turini ham ijod etkanki, u “oromiy” alifbosining asosini tashqil etkan. Moniylik ta’limotida dunyo – ziyo (yorug`lik) va zulmat (qorong`ulik)ning abadiy kurash maydonidan borat, mana shu kurash maydonida insonning asosiy vazivasi yozuzlikni yo’q qilish uchun yaxshilik, ezgulikka ko’maqlashishdan iborat degan ma’naviy- axloqiy ta’limot ilgari suriladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling