«Avesto»da ma’naviyat masalalari


MONIY VA MAZDAK TA’LIMOTIDA MA’NAVIYAT


Download 23.94 Kb.
bet3/3
Sana23.11.2023
Hajmi23.94 Kb.
#1794937
1   2   3
Bog'liq
“Avesto” ma’naviyati (2)

MONIY VA MAZDAK TA’LIMOTIDA MA’NAVIYAT.

  • WWW.ARXIV.UZ
  • Markaziy Osiyoda quldorlik jamiyati eramizning 2-3 asrlariga kelib inqirozga yuz tutdi va o‘z o‘rnini feodal munosabatlariga bo‘shatib bera boshladi. Bu holat zardushtiylik ichida yangi oqim Moniylik ta’limotining yuzaga kelishi va kuchayishiga olib keladi. Ushbu oqimning asoschisi Moniy (216-276 y) bo‘lib, u tarixiy shaxsdir. Uning ta’limoti hukmron tabaqalar manfaatiga zid bo‘lgani uchun 276 yilda vahshiylarcha o‘ldirildi. Moniy boy adabiy meros yaratgan bo‘lsa ham, lekin uning ba’zi asarlaridan parchalarigina bizgacha yetib kelgan, xolos. Uning ma’naviy-ahloqiy qarashlari “Sir ul asror” (Siru asror kitobi), “Kitob-ul-xudovost-tadbir” (Rahbarlik va boshqaruv kitobi), “Shaburkan” va boshqalarda bayon etilgan.
  • Moniy ta’limoti zardushtiylikning yaxshilik va yomonlik ta’limotiga asoslangan bo‘lib,keng xalq ommasining manfaatiga mos kelar edi. Moniylik ta’limotida dunyo – ziyo (yorulik) va zulmat (qoronulik)ning abadiy kurash maydonidan iborat, mana shu kurash maydonida insonning asosiy vazifasi yovuzlikni yo‘q qilish uchun yaxshilik, ezgulikka ko‘maqlashishdan iborat degan ma’naviy-ahloqiy ta’limot ilgari suriladi.
  • WWW.ARXIV.UZ
  • Moniy ta’limotiga ko‘ra, inson sof musaffolikka, o‘z gunohlaridan fori bo‘lishga faqat tarkidunyo qilib hayot kechirishi orqaligina erishishi mumkin, deb qaraladi. Moniylik ahloqi dindorlardan imkoni boricha kam ovqat yeyishni, ro‘za tutishni (demak ro‘za tutish odati islomdan avval ham bo‘lgan), o‘z turmushi, hayoti uchun keraqligidan ortiqcha mol-mulkka, boylikka yo‘l qo‘ymaslikni, mo‘tadil, o‘rtacha, dabdabasiz hayot kechirishni tarib etadi. Moniy o‘z muridlari, izdoshlarini dunyoviy ishlarda “surbet” bo‘lmaslikka va dunyoda ko‘p narsalarga intilmaslikka da’vat etadi. “Zero o‘limdan keyin hech kimsada ro‘zor asboblari bilan hovli ham, uy ham qolmaydi”. Boshqacha aytganda, inson hayoti davomida orttirgan boyliklarini o‘zi bilan olib keta olmaydi, ularning hammasi undan keyin qolib ketadi. Moniy aytadi: “Men o‘z umrimda ko‘p hokimlarni ko‘rdim,ular dunyoda ahloqsizlik qilib, manmanlikka berilib yurdilar, ammo oxirida am-alamlarga, tubanlikka duchor bo‘ldilar”. Demak, Moniyning bu so‘zlaridan biz ham ibrat olishimiz foydadan holi emas.
  • Mazdakning fikriga ko‘ra, ijtimoiy tengsizlik kishilar o‘rtasida ziqnalik, o‘rilik, yomonlik, makkorlik, shafqatsizlik, urushlar, turli-tuman falokat va baxtsizliklar kabi illatlarni keltirib chiqaradi. Shu boisdan bunday yovuzliklarni keltirib chiqaruvchi asosning o‘zini tugatish kerak, deb hisoblaydi. Alloh hammaga mol-mulkni teng bo‘lib bergan, ammo boylar xudbinlik yo‘llariga o‘tib (o‘zim bo‘lay), barcha boylikni o‘ziniki qilib olish yo‘liga o‘tgan. Kambaallar ham mol-mulkka egalik qilish huquqiga ega, shuning uchun boy-badavlat kishilar mol-mulkining bir qismini ular o‘rtasida taqsimlab berish, boylar bilan qashshoqlarni tenglashtirish odilona ish bo‘ladi degan oya ilgari suriladi. Albatta Mazdakning bunday qarashlari hukmron tabaqa manfaatlariga zid edi. Mana shuning uchun ham Mazdak va uning tarafdorlari ta’qib ostiga olindi va ular shafqatsizlarcha jazolandilar.
  • WWW.ARXIV.UZ
  • Moniy o’z zamonasining navobig`i, ya’ni daho mutafkkiri edi, undan nazariymeros sifatida forsiy tilda yozilgan “Shopurgon” kitobi, “ Kanz-ul-ahibbo” (“Ma’shuqlar xazinasi”), “Safar –ul-asror”, “Safar-ul-jabobira” (“Jabr qiluvchilar safari”), “Zakxotiyo”, “Faroiz-us-so’in” (“darveshlar yashash tarzining vazifalari”), suriyoniy tilida yozilgan “Injil” asarlari qolgan.
  • Moniy mohir naqqosh ham bo’lgan,o’z kitobining sahifalarini o’zi go’zal tasvirlar bilan bezagan va o’sha tasvirlar nur va zulmat quvvatlarini go’zal tarzda o’zida mujassam etgan.
  • “Ravzat-us-sofo” nomli asarda yozilishicha, Moniy benazir musavvir bo’lgan, shu bilan birga she’r va musiqadan yaqindan xabardor bo’lgan va xatning bir turini ham ijod etkanki, u “oromiy” alifbosining asosini tashqil etkan.
  • Moniylik ta’limotida dunyo – ziyo (yorug`lik) va zulmat (qorong`ulik)ning abadiy kurash maydonidan borat, mana shu kurash maydonida insonning asosiy vazivasi yozuzlikni yo’q qilish uchun yaxshilik, ezgulikka ko’maqlashishdan iborat degan ma’naviy- axloqiy ta’limot ilgari suriladi.
  • WWW.ARXIV.UZ
  • Eramizning V asr oxiri VI asr boshlarida Eronda “mazdakizm ” deb atalgan boshqa diniy – falsafiy ta’limot yuzaga kelib, u O’rta Osiyoda xam keng yoyildi. Mazdakizm feodal munosobatlarining rivoji va u bilan bog`liq xolda xalq ahvolining og`irlashuvi va ikki o’rtada ziddiyatlar va kurashning kuchayishi oq oqibatida yuzaga kelgan.
  • Mazdakizmning Moniylik ta’limoti bilan ko’p o’xshash tomonlari bor. U Moniylik ta’limotini to’ldirib, uning zohidlik- noumidlik g`oyalarini dunyoga umid bilan kurash g`oyalariga almashtiradi.
  • Nur va zulmat yaratilishning ikki asliy – azaliy omiladirki, ularning birinchisi xayr, yaxshilik xoliqi va ikkinchisi shar, yomonlik xoliqidir.
  • Xudovandgor hammani teng odam sifatida yaratgan, binobarin, erdagi barcha boyliklar teng taqsimlanmog`i lozim.
  • Mol – mulkka hamma xudo bandalari teng huquqlidir.
  • Hamma erkak uylanishga ham teng huquqlidirlar, birovlar ko’p ayollarga ega bo’lib, o’zgalar uylanish huquqidan mahrum bo’lmasliklari lozim. Har kim mol – mulklari, ayollari va qullari ortiqcha bo’lsa, u kishi boshqalar orasida o’z mol – mulkini barobar taqsimlashi lozim, toki hech kim o’zgaga nisbatan ortiqchalikka ega bo’lmasin.
  • WWW.ARXIV.UZ
  • Mulkli, ko’p sarvatli kishining qo’shnisi fqir bo’lib, muhtojlik holatida bo’la olmaydi. Muhtoj, ojiz, kambag`al qrshshoqlarga yordamlashish mutlaq nuriy Ruhga e’tiqodli kishining hammadan ziyodroq burchidir.
  • Mazdak shunday davrda yashaganki, u davrda quyi ijtimoiy tabaqalar eng og`ir sharoitda kun kechirar edi. Bunday sharoit ilgari vaqtlarga ham bo’lgan bo’lsa-da, biroq sosoniylar sulolasining hukmronligi davrida juda ham shiddatli – og`ir holatda edi, zeroki, o’sha davr podsholar va ashraflar, ya’ni yuqori tabaqalar hamda ruhoniylar ortiqcha boylik, mulkchililik sharoitida yashar edilar, shu bois quyi tabaqalarga hadan tashqari zulm – sitam qilar edilar.Buning ustiga qo’shni davlatlar bilan hamda Rum imperatorligi bilan urushlar yuzaga kelganki, ular Ashkoniylar davri sulolasi davridanoq boshlangan edi, yana ham keskinroq tarzda davom etgan. Bunday holat quyi tabaqa hayoti yashashini juda qiyin ahvolga tushira edi.
  • Nur va zulmat yaratilishining ikki asliy omilidirki, ularning birinchisi xayr xoliqi va ikkinchisi shar xoliqidir. Bu ikki omil martaba, darajada jixatidan bir-biriga teng bo’lib, biroq nur ong, sezgilarga ega bo’lib, amallari iroda va erkinlik asosidadir, ammo zulmat ko’r va ongsiz bo’lib, uning ishlari nodonlik va jaholat yuzasidadir.
  • Nur bilan zulmat tasodifiy ravishda bir – biri bilan omixta bo’lgan va ularning aralashishi tufayli moddiy olam vujuga kelgan va olam uch unsur: suv, olov va tuproqdan tashqil topgan. Mazkur unsurlarning omixtalanishi sababli xayr va shar vujudga kelgan. Xayr o’sha unsurning sof va poklik bo’laqlaridan vujudga kelgan, shar esa ularning iflos va yaramas juvzlaridan vujudga kelgan.
  • WWW.ARXIV.UZ
  • Olamning muhtasham podshohsi Xudo eng yuqori taxtda o’tiribdi vauning oldida saf tortib aql, ong, xotira, shodlik quvvatlari tartibli turib va uning farmonlarini doimo eshitib turibdilar.
  • Olam hayoti, ish va voqealari bu to’rt quvvatning majburiyatini bajarishdan iborat bo’lib, ular ham etti vazirlarga ega va bu vazirlar ichki va o’n ikki ruhoniy vujudning harakatidandirlar va har kim o’z vujudida to’rt quvvat va etti vazir va o’n ikki ruhoniy vujudni yig`a olsa, u er yuzasida xudoning zohirlanishi hisoblanadi. Olam xudosi Xuruf – so’zlarga hukmdorlik qiladi va har kim o’sha so’zlarning jamini bilsa ismi A’zamdir va har kim o’sha so’zlarning birontasini bilsa, sirlarning yuksaqligini payqab oladi, aks holda nodonlik, jaholat va xabarsizlik daryosining tubida cho’kib qoladi
  • Shoir va tarixchi Ibn Asir bu haqida shunday deb yozadi: “ Mazdak hayvonlarni o’ldirishni man etar edi va erdan hosil qilinadig`on g`izolarni va yoki tovuq tuxumi, sut, panir, yog` kabi hayvonot mahsulotlarni iste’moli odam uchun etorli derdi”. Bu fikrlar Zardusht va Moniy fikr – g`oyalarga o’xshash bo’lib, biroq molikiyat haqida mazdak ajib, o’sha davrdagi odamlarni hayratga qoldiruvchi g`oyalarni izhor etgan.
  • WWW.ARXIV.UZ
  • Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk o’zining “Siyosatnoma” nomli kitobida bu borada quyidagilarni yozgan: “Mazdak aytardi: Mol hamma odamlarga ehson etilganki, ulaning hammalari Xudoyi taolo bandalaridirlar va odam farzandidirlar. Bir – birlariga mollarini xarj qilmoqlari lozim, toki hech kim muhtojlik va benovo, kambag`allik holatida qolmasin va barcha o’rta hol bo’lsin. Xudo risqni er yuzida yaratganki, odamlar uni o’zoro bir xil taqsimlashlari lozim va hech kim o’zgalardan ko’proq olmasligi kerak, biroq odamlar bir – birlariga zulm – sitam qiladilar va xar kim o’zini o’zgdan avzal, yaxshiroq hisoblaydi. Biz bu ish ustidan nazorat qilishni istaymiz va boylarning boyliklarini daveshlarga olib bermoqchimiz va boylarning ortiqcha mollarini kambog`al, qashshoqlarga olib bermoqchimiz.”
  • WWW.ARXIV.UZ
  • Mazdakning boshqa g`oyalardan biri xotin – qizlar, ayollar haqida edi. “Siyosatnoma” kitobining muallifi bu borada shunday yozgan: “Mazdak aytgan: Sizlarning ayollaringiz mollaringiz hisoblanadi. Ayollarni bir – birlaringizning mollaringizdek bilishlaringiz lozim, lazzat va shahvatdan benasib qolmasliklaringiz lozim va shu murod uchun hamma xalqqa oshkor bo’lmog`ingiz darkor”.
  • Mazdakning fikriga ko’ra, ijtimoiy tengsizlik kishilar o’rtasida ziqnalik, o’g`rilik, yomonlik, makkorlik, shavqatsizlik,urushlar, turli –tuman falokat va baxtsizliklar kabi illatlarni keltirib chiqaradi. Shu boisdan bunday yovuzliklarni keltirib chiqaruvchi asosning o’zini tugatish kerak, deb xisoblaydi. Olloh hammaga mol mulkni teng bo’lib bergan, ammo boyla xudbinlik yo’llariga o’tib “o’zi bo’lay”, barcha boylikni o’ziniki qilib olish yo’liga o’tgan. Kambag`allar ham mol-mulkka egalik qilish huquqiga ega, shuning uchun boy-badavlat kishilar mol – mulkning bir qismini ular o’rtasida taqsimlab berish odilona ish bo’ladi degan g`oya ilgari suriladi. Albatta Mazdakning bunday qarashlari hukmron tabaqa manfaatlariga zid edi. Mana shuning uchun ham mazdak va uning tarafdorlari ta’qib ostida olindi va ular shavqatsizlarcha jazolandilar.
  • WWW.ARXIV.UZ
  • Mazdakizm ma’naviy-axloqiy ta’limotida ham xuddi Zardushtiylik ta’limotidagi kabi hayvonlarga nisbattan shavqatsizlik qilish, urish man etiladi. Dehqonlar qo’zg`oloniga yo’lboshchilik qilganlini uchun 529 yilda Anushurvon tomonidan qatl etilgan . Shunday qilib, o’sha qadimiy davrdagi ijtimoiy xayotda fuqarolar orsida bir qadar tenglik va adolatni istagan qudratli shaxs Mazdakning hayoti tugagan va keyinchalik uning ko’p asarlari ham oradan yo’qolib ketgan.
  • WWW.ARXIV.UZ

Download 23.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling