Август 2020 17-қисм


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/55
Sana28.09.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1688857
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Bog'liq
17.Fizika matematika 2 qism

Август 2020 17-қисм
Тошкент
tegishli maxsus krnuniyatlarni kimyo, geologiya, biologiya singari ayrim tabiiy fanlar o’rganadi. 
Binobarin, fizika fani bilan boshka tabiiy fanlar orasida bog’lanish bor. Ular orasidagi chegaralar 
nisbiy bo’lib, vaqt o’tishi bilan turlicha o’zgarib boraveradi. Fizika fani texnikaning nazariy 
poydevorini tashkil qiladi. Fizikaning rivojlanishida kishilik jamiyatining rivojlanishi, tarixiy 
davrlarning ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlari ma’lum ahamiyatga egadir. IX—XVI 
asrlarda ilmiy izlanishlar markazi Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlariga siljidi. Bu davrga kelib, 
fan rivojiga, jumladan, fizikaning rivojiga O’rta Osiyo olimlari ulkan hissa qo’shdilar. Fizika, 
matematika, astronomiya va tabiatshunoslikka oid masalalar Xorazmiy, Ahmad alFarg’oniy, 
Forobiy, Beruniy, Termiziy, Ibn Sino, Ulug’bek, Ali Kushchi va boshqa o’rta osiyolik olimlarning 
ishlarida o’z aksini topgan. Bu olimlarning fizikaga oid ilmiy ishlari, mexanika, geometriya
osmon mexanikasi, optika va turli tabiat xrdisalarini o’rganish bilan bog’liqdir. 6-sinf fizika fani
dasturida “Modda tuzilishi haqida Demokrit, Ar-Roziy, Beruniy va Ibn Sino ta`limotlari” 
mavzusini yoritishda Demokrit va Arastu (miloddan avvalgi 384-322) yillarning modda tuzilishi 
haqida ta`limotini buyuk O`rta Osiyolik mutafakkirlar: Ar-Roziy, Beruniy va Ibn Sinolar
yanada rivojlantirganlar.Ar-Roziy atomning bo`linishi haqidagi Arastu nazariyasini tasdiqlab,
atomdan keyingi bo`lakchalar orasida bo`shliq mavjud bo`lib, bu bo`lakchalarning ham hammasi 
harakatda va ular orasida o`zaro ta`sir kuchlari mavjud, deb hisoblaydi. Beruniy o`zining Ibn 
Sinoga yo`llagan savollaridan birida: “Ba`zi faylasuflar atom bo`linmaydi, undan ham kichikroq 
bo`lakchalar yo`q, deb aytadilar. Bu esa o`taketgan nodonlikdir. Chunki atomning bo`linishi 
cheksiz bo`lsa, moddiyat yo`q bo`lib ketishi mumkin emas, chunki moddiyat – materiya 
abadiydir. Bu masalada sizning fikringiz qanday?” – deb so`raydi. Ibn Sino o`zining Beruniyga 
yo`llagan javobida ustoz Arastu va Ar-Roziyning atomning bo`linaverishi haqidagi fikrlarini 
eslatib, uni cheksiz deb tushunmaslik kerakligini, aksincha, atomning bo`linishi mumkinligi va 
bunda ma`lum chegara mavjudligini qayd etadi. Beruniy esa yosh olim Ibn Sinoga yo`llagan 
e`tirozlaridan birida uni (Ibn Sinoni) ustoz Arastu va Ar-Roziy fikrlarini takrorlagani uchun 
biroz koyib, mustaqil fikrlashga da`vat etadi va quyidagi savolni yo`llaydi: “Faraz qilaylik
atom ikki bo`lakka bo`linadi. Bu bo`lingan bo`lakchalarning o`lchami ular orasidagi bo`shliqqa 
nisbatan necha marta katta yoki kichikligi haqida fikr yuritsang yaxshiroq bo`lur edi”, - deb 
eslatadi. Beruniyning bu savolini yaxshiroq tushunmoq uchun vodorod atomining tuzilishini 
ko`z oldimizga keltiraylik. Hozirgi zamon fan tili bilan aytganimizda, atomdan keyingi 
bo`lakchalar yadrodagi musbat zaryadli proton bilan orbitadagi manfiy zaryadli zarracha 
elektronni eslatadi. Binobarin, bu bo`lakchalar o`lchamlarining oraliqlariga nisbatan
necha marta kichikligi masalasi hozirgi kunning ham muammolaridan biri hisoblanadi. Fan
va texnikaning bugunki yutuqlarida moziyda yashab o`tgan buyuk bobokalonlarimizning 
zahmatli mehnatlari yotganligini bir dam ham esdan chiqarmasligimiz lozim. Insoniyat, bu 
ulug` allomalarimizning buyuk xizmatlariyu ajoyib kashfiyotlari oldida hamisha qarzdor bo`lib 
qolaveradi. Xulosam yakunida shuni aytish kerakki, fizika tabiat haqidagi fan bo’lib, u
qadimiy fanlar sirasiga kiradi chunki bir necha minglab yillar ilgari buyuk bobokalonlarimiz
tabiatdagi hodisalarning yuz berish sabablarini o’z qarashlari orqali izohlashgan va biz
bu manbalardan hozirda ham o’quvchilarga bilim berishda keng foydalanib kelmoqdamiz. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.Mirziyoyev SH. M. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javob-garlik- har bir 
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak”. O`zbekiston-2017 y
2.Karimov. I.A. “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni 
barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” ma’ruzasi. Qishloq 
hayoti. 21.02.12 y.


53

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling