Август 2020 17-қисм


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/55
Sana28.09.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1688857
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
17.Fizika matematika 2 qism

Август 2020 17-қисм
Тошкент
MATEMATIKA DARSLARIDA O`QUVCHILARNI AKTYORLIK MAHORATLARINI 
RIVOJLANTIRISH 
Mo`minova Mohidil Hojiqulovna 
Buxoro shaxar 27-umumiy o`rta ta`lim 
maktabi Matematika fan o`qituvchisi 
Tel:97-282-43-33
Annotatsiya: Ushbu maqolada o`quvchilarni matematik fikrlashlarini rivojlantirib, hayotda har 
bir sohada matematikaning o`rnini anglash, matematika faniga bo`lgan qiziqishlarini va matematika 
darslarida o`quvchilarni aktyorlik mahoratlarini ham oshirib borish haqida mulohazalar yuritilgan.
Kalit so`zlar: Matematik fikr, aql charxi, matematik bilim, kasbga yo`naltirish, tadbiqiy 
masalalar tahlili, sahnalashtirilgan masala
Matematika fani eng qadimiy fanlardan hisoblanadi, uning rivojlanishi uchun O`rta Osiyolik 
ajdodlarimiz tamal toshini qo`yishgan. O`sha davrning har bir kasb egasi matematikani yaxshi 
bilishgan,buning isbotini Abu ali ibn Sino,Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug`bek, al-Farobiy va 
boshqa ko`plab ajdodlarimiz misolida ko`rish mumkin. Ular matematikaga hissa qo`shibgina 
qolmay boshqa fanlarni ham otasi hisoblanadilar. Biz o`zbeklar shu ajdodlarga mos avlodlar 
bo`lish uchun qo`ldan kelganichaharakat qilyapmiz.
Matematika faning rivoji mamlakat rivojiga o`zining ijobiy hissasini qo`shadi. Shuning uchun 
pandemiya,iqtisodiy inqiroz,tabiiy ofat va boshqa ko`p masalalar bo`lishiga qaramasdan prezident 
tomonidan matematika sohasini rivojlantirishga qaratilgan qaror qabul qilindi. Qarorga har bir 
tumanga (shaxarga) matematika fanini chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 
tashkil etiladi. Bunday maktablarning tashkil etish sabablari matematika fani fanlar otasi va aql 
gimnastikasi hisoblandi.
O`zbekiston fanlar akademiyasi matematika instituti direktori o`rinbosari, Butun jahon 
fanlar akademiyasi akademigi, professor O`tkir Roziqov aytganlaridek “Turmushingizda har bir 
qadamingiz qanchalik matematikaga asoslangan bo`lsa,shunchalik muvafaqqiyat qozonasiz”. 
matematikani hayotda keng qo`llay bilish uchun matematik fikrlash poydevori mustahkam bo`lishi 
kerak, buning uchun o`qituvchi va ota ona birgalikda harakat qilmog`i kerak.
Matematika har bir kasb va hunarda o`z aksini topganini o`quvchiga singdirib borish kerak. 
Masalan, uy quruvchi ustaga ham matematika kerak. Uyning poydevoridan tortib uning tomigacha 
matematik hisob kerak bo`ladi. Shunga o`xshab boshqa kasblarga ham tikuvchi, arxitektor
muhandis, dehqon va boshqalar.
Hozirgi pandemiya sharoituda ham matematik bilim juda zarur, chunki shifokorlar dorilarni 
tavsiya qilganda, dorining yarmini ya`ni 1/2 deb yozishadi buni bilish esa hayotimiz uchun juda 
muhim hisoblanadi. Dehqonchilikda esa biror hosilga dori berish uchun ham matematika kerak 
masalan, 16 litr suvga 25 gramm dori 4 sotix uchun,lekin dehqonning yeri 3 sotix bo`lsa, unda qancha 
dori va suv kerakligi uchun matematik bilim kerak bo`ladi. Bunday misollarni turmushimizdagi 
barcha sohalarda ko`rish mumkin.
O`quvchilarni matematika faniga qiziqtirish uchun matematika fani o`qituvchisi hamma 
kasb va hunarlardan xabari bo`lishi kerak, chunki matnli masalalar har sohadan olingan bo`ladi. 
Matematikada masalani shartini tushunib yetish, bu masalani yarmi yechildi deb hisoblanadi.
Hozirgi algebra va geometriya darsliklarida har bir bob yakunida “Amaliy va tadbiqiy 
masalalar” mavzulari keltirib o`tilgan, bunday masalalar o`quvchini tasavvurini, matematik 
fikrlash mahoratini oshiradi. Shu jumladan, masalalarni dars jarayonlarida qo`ldan kelganicha 
vaqtdan unumli foydalangan holda o`quvchilar bilan birgalikda sahnalashtirib ko`rsatish esa 
o`quvchilarni aktyorlik mahoratini va matematik bilimlarini oshirishga olib keladi. Masalan, 
sinovdan o`tkazilgan 5-sinf matematika darsligidagi “Bir xil maxrajli kasrlarni qo`shish va 
ayirish” mavzusidagi 640-643-masalalar. Bu masalalarni sahnalashtirib yechilganda o`quvchilarni 
oshpazlik, duradgorlik, tadbirkorlik kasblariga qiziqishi ham oshirib boriladi.
640-masala. Massasi 
kg bo`lgan pomidorga,
kg bodring va
kg piyoz qo`shib salat 
tayyorlandi. Salatning massasini toping.
Bu masalani ikki o`quvchi sahnalashtirib ko`rsatadi, bunda oshpazlik kiyimlarini kiygan holda 


55

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling