Август 2020 17-қисм
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika matematika 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so`zlar
Август 2020 17-қисм
Тошкент MATEMATIKA DARSLARIDA O`QUVCHILARNI AKTYORLIK MAHORATLARINI RIVOJLANTIRISH Mo`minova Mohidil Hojiqulovna Buxoro shaxar 27-umumiy o`rta ta`lim maktabi Matematika fan o`qituvchisi Tel:97-282-43-33 Annotatsiya: Ushbu maqolada o`quvchilarni matematik fikrlashlarini rivojlantirib, hayotda har bir sohada matematikaning o`rnini anglash, matematika faniga bo`lgan qiziqishlarini va matematika darslarida o`quvchilarni aktyorlik mahoratlarini ham oshirib borish haqida mulohazalar yuritilgan. Kalit so`zlar: Matematik fikr, aql charxi, matematik bilim, kasbga yo`naltirish, tadbiqiy masalalar tahlili, sahnalashtirilgan masala Matematika fani eng qadimiy fanlardan hisoblanadi, uning rivojlanishi uchun O`rta Osiyolik ajdodlarimiz tamal toshini qo`yishgan. O`sha davrning har bir kasb egasi matematikani yaxshi bilishgan,buning isbotini Abu ali ibn Sino,Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug`bek, al-Farobiy va boshqa ko`plab ajdodlarimiz misolida ko`rish mumkin. Ular matematikaga hissa qo`shibgina qolmay boshqa fanlarni ham otasi hisoblanadilar. Biz o`zbeklar shu ajdodlarga mos avlodlar bo`lish uchun qo`ldan kelganichaharakat qilyapmiz. Matematika faning rivoji mamlakat rivojiga o`zining ijobiy hissasini qo`shadi. Shuning uchun pandemiya,iqtisodiy inqiroz,tabiiy ofat va boshqa ko`p masalalar bo`lishiga qaramasdan prezident tomonidan matematika sohasini rivojlantirishga qaratilgan qaror qabul qilindi. Qarorga har bir tumanga (shaxarga) matematika fanini chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etiladi. Bunday maktablarning tashkil etish sabablari matematika fani fanlar otasi va aql gimnastikasi hisoblandi. O`zbekiston fanlar akademiyasi matematika instituti direktori o`rinbosari, Butun jahon fanlar akademiyasi akademigi, professor O`tkir Roziqov aytganlaridek “Turmushingizda har bir qadamingiz qanchalik matematikaga asoslangan bo`lsa,shunchalik muvafaqqiyat qozonasiz”. matematikani hayotda keng qo`llay bilish uchun matematik fikrlash poydevori mustahkam bo`lishi kerak, buning uchun o`qituvchi va ota ona birgalikda harakat qilmog`i kerak. Matematika har bir kasb va hunarda o`z aksini topganini o`quvchiga singdirib borish kerak. Masalan, uy quruvchi ustaga ham matematika kerak. Uyning poydevoridan tortib uning tomigacha matematik hisob kerak bo`ladi. Shunga o`xshab boshqa kasblarga ham tikuvchi, arxitektor, muhandis, dehqon va boshqalar. Hozirgi pandemiya sharoituda ham matematik bilim juda zarur, chunki shifokorlar dorilarni tavsiya qilganda, dorining yarmini ya`ni 1/2 deb yozishadi buni bilish esa hayotimiz uchun juda muhim hisoblanadi. Dehqonchilikda esa biror hosilga dori berish uchun ham matematika kerak masalan, 16 litr suvga 25 gramm dori 4 sotix uchun,lekin dehqonning yeri 3 sotix bo`lsa, unda qancha dori va suv kerakligi uchun matematik bilim kerak bo`ladi. Bunday misollarni turmushimizdagi barcha sohalarda ko`rish mumkin. O`quvchilarni matematika faniga qiziqtirish uchun matematika fani o`qituvchisi hamma kasb va hunarlardan xabari bo`lishi kerak, chunki matnli masalalar har sohadan olingan bo`ladi. Matematikada masalani shartini tushunib yetish, bu masalani yarmi yechildi deb hisoblanadi. Hozirgi algebra va geometriya darsliklarida har bir bob yakunida “Amaliy va tadbiqiy masalalar” mavzulari keltirib o`tilgan, bunday masalalar o`quvchini tasavvurini, matematik fikrlash mahoratini oshiradi. Shu jumladan, masalalarni dars jarayonlarida qo`ldan kelganicha vaqtdan unumli foydalangan holda o`quvchilar bilan birgalikda sahnalashtirib ko`rsatish esa o`quvchilarni aktyorlik mahoratini va matematik bilimlarini oshirishga olib keladi. Masalan, sinovdan o`tkazilgan 5-sinf matematika darsligidagi “Bir xil maxrajli kasrlarni qo`shish va ayirish” mavzusidagi 640-643-masalalar. Bu masalalarni sahnalashtirib yechilganda o`quvchilarni oshpazlik, duradgorlik, tadbirkorlik kasblariga qiziqishi ham oshirib boriladi. 640-masala. Massasi kg bo`lgan pomidorga, kg bodring va kg piyoz qo`shib salat tayyorlandi. Salatning massasini toping. Bu masalani ikki o`quvchi sahnalashtirib ko`rsatadi, bunda oshpazlik kiyimlarini kiygan holda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling