Август 2020 17-қисм
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika matematika 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Август 2020 17-қисм
Тошкент FIZIKA DARSLARIDA YANGI PEDTEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Alyaminova Aydinoy Allaberganovna Chirchiq shahar 5-maktabning fizika fani o‘qituvchisi +998973451228 oydinoy@umail.uz Annotatsiya. Ushbu ishda fizika darslarida yangi pedtexnologiyalardan foydalanisning samarali usullarini ochib berish bilan birga o‘quvchilarning bu fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish omillariga e’tibor qaratilgan Kalit so‘zlar:Ta’lim modeli,muammoli vazifalar, interaktiv metodlar Ma’lumki, Respublika ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi kelajakda barkamol avlodni tarbiyalash, kamol toptirishga qaratilgan. Bu esa o‘z navbatida ta’lim jarayoniga yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni taqoza etmoqda. Fizikani o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, dars o‘tish jarayonida aynan dars mavzusiga mos interfaol metodlarni qo‘llay olish va yangi interfaol metodlarni ta’lim tizimiga joriy etishdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi: 1.Fizika ta’limida yaxshi samara beradigan pedagogik texnologiyalarni aniqlash. 2.Tanlab olingan interfaol metodlarni mos mavzularga qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish. 3.Bu interfaol metodlarni dars jarayoniga qo‘llab sinovdan o‘tkazish, tahlil etish va yaxshi samara bergan usullarni tanlab olish. Ta’lim modelini, esa bir yoki bir nechta ta’lim metodlari yordamida amalga oshiriladigan ta’lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin. Ta’lim metodi - bu ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan yo‘l-yo‘rig‘i. Ta’lim metodlarini ta’lim maqsadlariga erishish bo‘yicha o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishning belgilari bo‘yicha quyidagicha guruhlarga bo‘lish mumkin: 1. ·O’smirlarda “gormonal portlashlar” kuzatilishi va kelajak hissiyoti aniq shakllanmagan. 2. O’quvchining o‘qituvchiga munosabati. 3. O’qituvchining o‘quvchiga munosabati. 4. Predmetning qiymatdorligi. 5. O’quvchining aqliy rivojlanishi. 6. O’quv faoliyatining mahsuldorligi. 7. O’quv maqsadlarini tushunmaslik. 8. Maktab oldidagi qo‘rquv. Kuzatish natijalari aniqlangan muammolarni hal etish yo‘llarini belgilash va ma’lum bir yoshdagi o‘quvchilarda o‘quv motivlarini kuchaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, ushbu barcha muammolarni tahlil qilgan holda xulosa qilish mumkinki, o‘quv motivlarini shakllantirish muammosi har doim mavjud ekan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o‘quv motivlarini shakllantirish muammosini bartaraf etish, o‘quvchilarda erkin fikrlash, maktabga intilish kabi ijobiy fazilatlarni ularda paydo qilish maqsadida ta’lim jarayonida axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish masalasi bugungi kunning dolzarb masalalariga yechimlarning biri sifatida qabul qilib olindi. Multimediali ko‘rgazma shakli va undan dars jarayonida foydalanish usuli albatta ushbu darsning mazmuni va maqsadidan kelib chiqqan holda o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, tajribalar umumiy hamda samarali bo‘lgan usullarni qo‘llashni taqozo etadi, masalan: 1. Yangi mavzuni o‘rganishda –turli xil ko‘rgazmali vositalar tadbiqi orqali u yoki bu jaray- onni rivojlanish dinamikasini namoyish qilishga asoslanish; 2. Yangi mavzuni mustahkamlash; 3. Bilim darajasini tekshirish – kompyuter testlari orqali o‘z – o‘zini tekshirish va o‘qishdagi faoliyatini baholash. Hamda o‘qituvchi uchun bilim sifatini nazorat qilish vositasi; 4. Darsda qo‘shimcha materiallardan foydalangan holda chuqur bilimga ega bo‘lishlikni ta’minlash; 5. Mustaqil ishlarni tekshirish; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling