Август 2020 8-қисм


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/87
Sana13.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1352207
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87
Bog'liq
8.Adabiyot 1 qism

Август 2020 8-қисм
Тошкент
Chin tepaga qo‘ndi qushim,
Tumshug‘ini yerga berib,
Xalqqa salom berdi qushim. (Topishmoq)
*
Yaxshi bilan yursang,
Yetarsan murodga.
Yomon bilan yursang,
Qolarsan uyatga. (Maqol)
“So‘z ohanrabosi” usuli o‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirib, ularda ifodali o‘qish 
ko‘nikmasini shakllantiradi, o‘quvchini izlanishga, badiiy asar o‘qishga undaydi.
“Mazmun va mohiyat”usuli.
Bu usulni ona tili va adabiyot fanlarida o‘tilgan mavzuni nazorat qilishda yoki yangi mavzuni 
mustahkamlashda qo‘llash mumkin. Bu usulni amalga oshirishning afzalligi shundaki, guruhlardagi 
har bir o‘quvchining ishtiroki ta’minlanadi. Mazmun, ya’ni tayanch tushuncha o‘qituvchi 
tomonidan beriladi. Bunda ko‘rgazmadan yoki monitordan foydalanish mumkin. Mohiyat esa 
guruh o‘quvchilari tomonidanochib beriladi. Adabiyot darslarida ham bu usulni qo‘llash yaxshi 
samara beradi. Masalan, 7-sinf darsligida berilgan “Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi”mavzusini 
o‘tishda bu usuldan foydalanish mumkin .Mazmun beriladi:
1-guruh.Abdulla Qodiriyning yoshlik yillari.
2-guruh.Ijodkorning faoliyati.
3-guruh.Abdulla Qodiriyning ijodi.
Mohiyat bosqichida har bir guruh o‘z rejasini izohlab beradi. Bu usulni qo‘llash uchun 
oldindan o‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan tayyorlanib kelishtopshirig‘i beriladi. Bu 
usul orqali o‘quvchilarda izlanuvchanlik, mavzuni o‘rganish uchun qiziquvchanlik sifatlari 
shakllantiriladi. “Mazmun va mohiyat” usulini qo‘llashdan kutiladigan natija:
– o‘quvchilarning tashabbuskorligi ortadi;
– o‘quvchilar mavzu yuzasidan keng ko‘lamli tushuncha va ma’lumotlarga ega bo‘ladi;
– darsda har bir o‘quvchining ishtiroki ta’minlanadi;
– yangi mavzuga o‘quvchilar oldindan tayyorlanib, ma’lumotlar yig‘ishga intiladi;
Ona tili darslarini ham adabiyot darslarini ham ana shunday ilg‘or pedagogik texnologiyalar 
asosida tashkil etgan o‘qituvchi yuksak samaradorlik va yuqori natijalarga erishadi. O‘quvchilarning 
ham darslarga bo‘lgan qiziqishi ortib, intiluvchanlik, izlanuvchanlik, faollik kabi qobiliyatlari 
yanada rivojlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. R. Ishmuhammedov “O‘quv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni 
qo‘llash uslu biyati”, Toshkent, RBIMM-2008 yil.
2. A. G‘ulomov, M. Qodirov “Adabiyot o‘qitish metodikasi”, Toshkent., 2001 yil.


60

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling