Август 2020 8-қисм
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Август 2020 8-қисм
Тошкент O‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA OG‘ZAKI DRAMA Normurodova Zarigul Yoqubovna, Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi Tel: +998 99 351 28 89 Annotatsiya: ushbu maqolada og‘zaki drama haqida ilmiy qarashlar ilgari suriladi. Fikrlar ilmiylikka asoslanib, tadqiq etiladi. Kalit so‘zlar: folklorshunoslik, drama, teatr, dramaturgiya, musiqa, shakl, xalq. O`zbek folklorshunosligi og`zaki dramani masxaraboz va qiziqchilar teatri hamda qo`g`ir- choq teatriga bo`lib o`rganadi. Masxaraboz va qiziqchilar teatrida dramaturgiya, sahna bezagi, qiziqchi aktyorlar, musiqa asosiy o`rin tutadi. Sirasini aytganda, masxarabozlik va qiziqchilik – asrlar davomida shakllangan og`zaki an`anadagi professional teatr hisoblanadi. uni havaskorlik harakatidan farqlovchi xususiyati ham an`anaviy xalq teatri sanalganligi bo`lib, XX asrning boshlaridayoq yuzaga kelgan yevropacha tipdagi o`zbek professional teatrining sarchashmasiga aylanganligidir. O`zbek an`anaviy xalq teatri o`ziga xos dramaturgiyaga ega. Bu og`zaki drama deyilib, un- dagi personajlar o`z individual qiyofasiga, mijozi (temperamenti)ga, aqlu zakovatiga, hissiyot va kechinmasiga, tanasi va unga mos harakatlariga ega. Bu teatrning ijrochi - artisti masxaraboz (masxara), qiziqchi (qiziq) va taqlidchi ( muqallid) nomlari bilan hritiladi. Masxaraboz arabcha so`z bo`lib, kulish, mazax va taqlid qilish ma`nolarini anglatadi. Arablar istilosidan so`ng tilimizga o`zlasha boshlagan esada, arablarning o`zlari komik aktyorni ―muhabbiz deb ataganlar. Shunday bo`lsada, ―masxara so`zi o`zbek tilida ham komik aktyor, ham kulgili hajviy tomosha ma`nosida qo`llaniladi. Taxminan XYI asrning oxiri va XYII asrning boshlaridan e`tiboran arabcha ― masxara so`ziga fors-tojik tilidagi ―bozi (o`yin) so`zidan –i tovushi qisqargan holatda ―-boz shaklida qo`shilib, ―masxaraboz istilohi bunyod etilgan. Lekin aktyor ma`nosida ham masxara, ham masxaraboz istilohlari baravar qo`llanib boravergan. SHu ixtisosdagi ijrochilar nomlari esa shu istiloh bilan sifatlangan holda ishlatilishi an`anaviy tus olgan. Binobarin, masxaraboz yoki masxara – xalq teatrining komik aktyori bo`lib, mazax vositasida voqeani muayyan matnga solib, hajviy tomosha ko`rinishida ijro etib beruvchi kulgi ustasi sanaladi. O`zbek an`anaviy xalq teatri uch lokal guruh doirasida tashkil topgan va rivojlangan: Bular Buxoro masxarabozligi, Xorazm masxarabozligi va Farg`ona qiziqchiligidir. Buxoro masxarabozligi ikki tipga bo`lingan: birinchisi – qishloq masxarabozligi bo`lib, ko`pincha 3-5 kishidan iborat holda tomoshalar ko`rsatgan. ular kichik guruhdan tarkib topganlari sababli kichik hajmdagi maishiy mavzudagi tomoshalarni ko`rsatishda so`zga emas, asosan, harakatga va mimikaga zo`r berib ijro etishgan. SHahar masxarabozligida ham, asosan, mehmonxonalarda kichik hajmli maishiy komediyalar o`ynalgan bo`lsa-da, sayllarda, katta to`ylarda yirikroq tomoshalarni namoyish etishgan. Shahar masxarabozligida, ayniqsa, buxorolik To`la masxara (1842-1916) to`pi ajralib turgan. u, xususan, salbiy personajlarga ijtimoiy tavsiflar berib, ular- ni fosh etishda ayricha mahorat ko`rsatgan. Xorazm masxarabozligida ―Xatarli o`yin turkumi ko`p o`ynalgan. Bunda dialog, kuy, qo`shiq, raqs va muallaq, pantomimadan unumli foydalanil- gan. ular orasida, ayniqsa, Quvvat kalta, Boltaqul masxara, Matyoqub ko`r, aka-uka Eshmat va Do`smatlar shuhrati butun Xorazmni tutgan. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, xalq og‘zaki ijodi bugungi kunda taraqqiy etgan sohalardan hisoblanib, uning barcha sohalari rivojlanishdadir. fOYDAlANIlGAN ADABIYOTlAR 1.Madayev O., Sobitova T., Xalq og‘zaki poetik ijodi. Toshkent: “Sharq” –2010. 2.Jo‘rayev M., Eshonqulova J., Folklorshunoslikka kirish. Toshkent – 2017 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling