Август 2020 8-қисм


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/87
Sana13.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1352207
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87
Bog'liq
8.Adabiyot 1 qism

Август 2020 8-қисм
Тошкент
fOYDAlANIlGAN ADABIYOTlAR
1. Mualliflar jamoasi. Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik, 2-jild, Toshkent:Fan. 1979.
2. Sultonov I. Adabiyot nazariyasi. Toshkent:O‘qituvchi. 1980.
3. To‘xliev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Toshkent:Yangi asr avlodi. 2006.
4. To‘xliev B. Adabiyot. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Tosh-
kent:O‘qituvchi, 2003.
5. umurov H. Adabiyot qoidalari. Akademik litseylar uchun o‘quv qo‘llanma.Toshkent: 
O‘qituvchi. 2002.


53
Август 2020 8-қисм
Тошкент
ADABIYOT DARSINI TASHKIL ETISHDA INSHOLARNING AHAMIYATI
Mahmudova E’zozxon Abdulhaqovna,
Toshkent shahar, Yashnobod tumani 216-maktab 
ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Tel: +99897 464 09 86
Annotatsiya: ushbu maqolada adabiyot darslarida inshoning o‘rni naqadar kuchliligi yoritilgan 
bo‘lib, insho orqali o‘quvchilar dunyoqarashlarini oshirishlari mumkinligi ilmiy qarashlar orqali 
yoritib berishga harakat qilingan.
Kalit so‘zlar: Inson, adabiyot, insho, ta’lim, ma’naviyat, bilim, malaka, ko‘nikma, aql, idrok, 
tafakkur, fikr, ma’lumot, nutq, tovush, xayol.
Barchamizga ma’lumki, inson hamisha o‘zining og‘zaki va yozma nutqini takomillashtirish 
bilan qiziqib kelgan. Aynan nutqiy imkoniyatlari orqali inson o‘z ichki olamini namoyon etadi. 
Adabiyot esa inson nutqining takomilini ta’minlaydi. Insonning nutqi uning fikrlash jarayoni 
va o‘ziga xos jihatlari tizimini namoyish etadi. O‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqi 
darajasi bugungi kunda nafaqat metodik, balki jamiyat miqyosidagi ijtimoiy muammolardan 
biri bo‘lib turibdi. Kommunikativ muloqot ishtirokchilarining ko‘pchiligi o‘z fikrini aniq va 
ravon ifodalashga, fikrlarini ma’lum bir tizimda bayon etish qobiliyatiga, ifoda izchilligiga ega 
emaslar. Buni nafaqat adabiyot darslarida, balki ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, barcha 
o‘quv fanlari tizimida kuzatish mumkin. Ta’lim amaliyotida, asosan adabiyot darslarida fikr 
ifodalashning nozik tomonlari, uning rang-barangligi va emotsionalligiga erishishga e’tibor 
qaratiladi. Nutq ifodalashda bunday ko‘mkmalami egallash va og‘zaki nutqni takomillashtirish 
suhbat, muhokama, qayta hikoyalash, dialoglar, ma’ruzalar asnosida amalga oshiriladi. 
O‘quvchilarning og‘zaki nutqi bilan bog‘liq holda ularning yozma nutqini rivojlantirish ham 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, yozma nutqning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. u kommunikativ jarayonda be-
vosita ishtirok etmaydi. Agar og‘zaki nutqda jumla yoki so‘zlarning to‘liq ifodalanmasligi, ayrim 
qo‘shimchalarning tushirib qoldirilishi, almashinishi singari holatlar yuz berishi mumkin bo‘lsa, 
yozma nutqda fikr ifodalashda mantiqiy izchillik, so‘z va iboralarning tizimliligi taqozo etiladi. 
O‘quvchi yozma nutqini takomillishtirishning keng tarqalgan usuli turfa janrlardagi va har xil 
adabiy mavzularda insho va esselar yozdirishga undashdir. O‘quvchilarning boshqa turdagi mu-
staqil ishlari, yozma bajariladigan uy vazifalari ham o‘quvchilar yozma nutqining rivojlanishiga 
ko‘maklashadi.
Milliy ta’lim tizimiga Botish (Evropa) usullari, rivojlangan mamlakatlar ta’limi yutuqlari ki-
rib kelishining o‘ziga xos ijobiy tomonlari mavjuddir. Lekin ta’limni tashkil etishda bizning 
minglab yillik tarixga ega o‘zbeklar ekanligimiz hamisha ko‘zda tutilishi kerak. Chiqish (Sharq)
da azal-azaldan ko‘ngil tarbiyasi ustuvorlik qilib kelgan. Ma’naviy yetuklik baland martabada 
bo‘lgan. Bilimlami o‘zlashtirishga, fanda kashfiyotlar qilishga ruhiy bezovtalik, ma’naviy kamo-
lotga intilish orqali chiqilgan. Shuning uchun ham maktablarda, avval badiiy adabiyotni o‘qit-
ish, so‘zdan ta’sirlanishga o‘rgatish amalga oshirilgan. Ruhiyatni uyg‘otishga harakat qilingan. 
Bezovta qalbgina izlanishga qodir ekanini bobolar yaxshi tushunishgan.
Zamonaviy milliy ta’limda sog‘lom ma’naviyatni tarbiyalash bosh maqsad qilib belgilangani 
holda amalga oshirilayotgan ishlar hozircha yetarli bo‘lmayotir. Botish ta’lim tizimining 
xususiyatlarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirish emas, ular erishgan yutuqlarning o‘quvchi milliy 
xususiyatlari, ruhiy o‘ziga xosligi, real jihatlariga mos keladigan tomonlarini o‘zlashtirishgina 
samara berishi mumkin. Aks holda, chet el tarbiyashunosligidagi tashqi jihatlargina o‘zlashtirilib, 
qilingan harakatlar samarasiz ketadi. o‘quvchining erkin va mustaqil mulohazasiga asoslanadigan 
mustaqil yozma ishlami o‘quv yilining boshida, badiiy asar tahliliga bir oz o‘rganilgandan keyin, 
o‘quv yili o‘rtalarida va oxirida olish bolalarning mustaqil fikrlashini o‘stiradi. Shu bilan birga, 
ulardagi fikr mustaqiligining o‘sishini nazorat qilishga imkon beradi. Sinfda asar mutolaasi 
davomida o‘quvchilarga insho yozishda qo‘l keladigan muhim so‘z va iboralami belgilab borishni 
o‘rgatish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu narsa o‘quvchilami asami o‘qish davomida insho 
yozishga ruhan tayyorlaydi. Asar matnidagi muhimni nomuhimdan farqlashga o‘rgatadi. Masalan, 
«Qodiriyning ijodida men qadrlaydigan jihatlar» mavzusida insho yozdirish uchun, avvalo, 
Abdulla Qodiriyning asarini o‘quvchi sevib qola oladigan darajada tahlil qilish kerak. Asardagi 


54

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling