Август 2020 8-қисм
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Август 2020 8-қисм
Тошкент BIR TUYUQ TALQINI Nodira Barotova Toshkent shahridagi 290-maktabning oliy toifali o‘qituvchisi. O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi a’lochisi Annotatsiya. Mumtoz adabiyotimizning yuksak namunalari hisoblangan tuyuqlar va ularda ona tilimizning lisoniy imkoniyatlarining tahlili hamda talqini masalasi o‘z dolzarbligini aslo yo‘qotmaydi. Bu borada Alisher Navoiyning xizmatlari beqiyos. Bir tuyuq talqini misolida mazkur jihatlar baholi qudrat tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: tajnis, husni ta’lil, tashbeh, ruboiy, muammo, tyuyq, omonim so‘zlar Tuyuq janrining turkiy adabiyotda yaratilib, shuhrat topishida hazrat Alisher Navoiyning xizmatlari beqiyos. Har bir so‘zga zargarona yondashgan ulug‘ so‘z san’atkori Navoiy nafaqat g‘azal mulkida, balki ruboiy va tuyuqlar yaratishda ham o‘ziga xos maktab yaratgan. uning “Xazoyin ul- maoniy” devonidan o‘rin olgan ko‘plab tuyuqlarida shoirning yuksak iste’dodi namunasini kuzatishimiz mumkin.Tuyuq kichik janr bo‘lishiga qaramay unda so‘zning ma’no qirralari , tilning lisoniy imkoniyatlari keng ochib beriladi. Quyida Alisher Navoiyning ana shunday eng go‘zal tuyuqlaridan biri va uning tahlili xususida fikrlashamiz: Eshitdim, zulfing yuzdin kechibdur, Demakki, kecha kunduzdin kechibdur. Agar yuz yoshluya rahming kelursa, Mening yoshim iki yuzdin kechibdur. 1 Zulf – soch. Zulfning “yuzdan kechmog‘i” ikki xil ma’noda qo‘llanishi mumkin. Birinchi ma’no: voz kechmoq, tark aylamoq, ya’ni yuzga tushib turgan sochlarni qirqmoq, kaltalatmoq ma’nosi bo‘lsa; ikkinchi ma’no: “suvdan kechmoq”, o‘tmoq ma’nosini ham ifodalashi mumkin. Ya’ni soching yuzingdan ham o‘tib o‘sgan, uzaygan, uzunroq bo‘lgan kabi ma’nolarni ifodalaydi. Har ikkala holatda ham yuzdagi sochning qirqilishi, kaltalanishi yoki yuzdan o‘tib o‘sib ketishi, uzayishi go‘zal yor husnini bezashga, uni yanada go‘zalroq bo‘lishga xizmat qiladi. Xolbuki, har ikkala holatda ham ,ya’ni yor sochini qirqqanda ham yoki o‘stirganda ham baribir bu uning go‘zalligiga daxl qila olmaydi.Aksincha, har ikki holatda ham yor husniga hush qo‘shadi xolos.Va hayratlanarlisi shundaki, oshiq buni hali o‘zi ko‘rmagan , balki birovdan eshitgandan ham hayratda. Agar buni o‘zi ko‘rsa-chi? unda qay ahvolga tusharkin? Ikkinchi misrada mazkur holat o‘ziga xos tarzda istioraviy talqin qilinadi: Demakki, kecha kunduzdin kechibdur. Misradagi “kechaning kundan voz kechishi” yoki “o‘tib ketishi” esa kun – yorning yuzi bo‘lsa, kechaday tim qora –sochlaridir. Bunda ko‘chma ma’nodagi so‘zlar qo‘llangan va bu holat bevosita “sochning yuzdan kechishi” bilan mantiqiy bog‘langan. Bunday beqiyos o‘xshatish, sifatlash, qiyoslash orqali go‘zal yor jamoli yanada yorqinroq, mukammalroq ta’rifga ega bo‘lganligini guvohi bo‘lamiz. Mumtoz adabiyotimizda tunning yor sochiga , kunning esa yor yuziga o‘xshatilishini ko‘p kuzatganmiz. Xolbuki, oyning nurini tun qorong‘uligi yaqqol ko‘rsatganidek, yor yuzining oqligini ham uning tim qora sochlari yanada yorqinroq ko‘rsatishi tabiiy. Tuyuqning oxirgi misralarida esa fikr bundan-da kuchliroq ifodasini topgan, ya’ni husni ta’lil orqali ifodalangan: Agar yuz yoshluya rahming kelursa, Mening yoshim iki yuzdin kechibdur. Oshiq o‘z yoridan rahm-shafqat so‘raydi va yuz yoshga kirganlarga, keksalarga rahming kelar bo‘lsa, bilki, mening yoshim ikki yuz yoshdan oshgan, ya’ni menga ikki barobar ko‘proq rahm qilgin. Mazkur baytni yana quyidagicha ham talqin etish mumkin; ya’ni agar sen yuz yoshlilarga shafqat qiladigan bo‘lgan, men hali yoshman va shundan afsuslanib ko‘z yoshlarim ikkala yuzimdan oqib ketmoqda, to‘kilib, kechib ketmoqda. Yoki agar yor ikki yuzidan ko‘z 1 A.Navoiy. Ruboiylar. G‘ G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti. Toshkent. 1968. 98-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling