Август 2020 8-қисм


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/87
Sana13.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1352207
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
Bog'liq
8.Adabiyot 1 qism

Август 2020 8-қисм
Тошкент
ERNEST HEMINGUEY ASARLARIDA BADIIY TIL VOSITALARI
 Nigoraxon Sobirova Abduvohidovna,
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani
 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
oliy toifali ingliz tili fani o‘qituvchisi
Telefon: +998(91)6909820
Dildoraxon Turanova Abduvohid qizi,
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani
 65-IDUMI 1- toifali ingliz tili fani 
o‘qituvchisi
Telefon: +998(90) 5893216
Elektron pochta: akramxon@yahoo.com
Annotatsiya: ushbu maqolada jahon adabiyotining betakror va o‘ziga xos uslubida ijod qilgan 
Amerikalik buyuk yozuvchi E.Hemingueyning asarlarida badiiy til vositalarini qo`llanishini 
o`rganishga harakat qilingan.
Kalit so‘zlar: Badiiy til vositalari, parallel konstruksiya, obraz, ichki monolog, aysberg 
nazariyasi, peyzaj.
Har bir yozuvchi o`z asarida badiiy til vositalarini qo`llashga intiladi. Badiiy til vositalaridan 
o`z o`rnida foydalanish yozuvchining mahoratiga bog`liq. Zero, Oybek yozganidek:”Yozuvchi 
xalq tilining boy xazinasidan istaganicha material oladi. Asarning badiiy to`qimasida yuzlarcha 
maqollar, maxsus ifodalar, turli gaplar, qochirmalar, so`z o`yinlari yarqiraydi. Mana bular tilni 
qonli, jonli, obrazli, bir til qiladi”
1
.
Badiiy asardagi jonli tasvirlash xis-tuyg`u va kechinmalarini yorqin ifodalash asarning 
go`zalligi, betakrorligini ko`rsatadi va uni jahon adabiyotining durdonalariga aylantiradi. Aynan 
badiiy tasvirlar asar qahramonlarining obrazini, ularning ichki dunyosini, o`zaro munosabatini 
ochib beradi va kitobxonda shu asarga, asar orqali yozuvchi va uning qahramonlariga mehr 
uyg`otadi.
ushbu maqolada jahon adabiyotining o`ziga xos va betakror uslubiga ijod qilgan Amerikalik 
buyuk yozuvchi Ernest Hemingueyning asarlarida badiiy til vositalarini qo`llanilishini o`rganishga 
harakat qilingan. Ernest Heminguey Folknerdan asar kompozitsiyasining soddaligi, Andersondan 
esa asar tilining soddaligi bilan birikib ketgan ravonligi bilan ajralib turadi. 
Ernest Heminguey qahramonning ichki holatini, uning kayfiyati va g`am-tashvishlarini ichki 
monolog orqali ifodalashga harakat qilgan. Bu ulug` adibning hikoya, qissa va romanlarida 
inson hamda xalq harakterining mukammal gavdalantirilganini, ayni paytda nabotot va hatvonot 
dunyosining hayoti badiiy kashf etilganliginini, ular inson hayoti bilan uzviy tasvirlanganini, 
tiriklik kushandasi bo`lgan urush la`natlanganini ko`ramiz. 
Soddalik Heminguey ijodining ajoyib fazilatlaridan biri. Yozuvchi o`z ijodida ichki monolog, 
obrazlar, aysberg nazariyasi, parallel konstruksiyalar, peyzaj kabi ko`pgina badiiy til vositalaridan 
mohirona foydalangan.
E. Heminguey qisqa hikoyalarning ustasi bo`lganligini hikoya hajmi kichik bo`lsada, keng 
ma`no anglatishidan ko`rishimiz mumkin. uning uchun hikoyaning syujeti emas, qahramon ichki 
dunyosining ochilishi muhim. 
Heminguey ijodida ko`p qo`llanilgan asosiy ma`no vositalaridan biri kontekst hisoblanadi. 
Heminguey hikoyalarining qahramonlarini asosan qiziqishlari umumiy, bir guruhga mansub 
bo`lgan kishilar tashkil qiladi. Shu sababli ular bir-birini darhol tushunadilar va biz ularning 
nutqida ko`plab kinoya, sukut saqlash, sha`ma, ma`no anglatmaydigan frazalarga duch kelamiz.
-To`g`risini ayt, senga nima bo`ldi?
-Bilmayman.
-Bilasan.
-Yo`q, bilmayman.
-Aytaqol.
Nik tepalik ortidan mo`ralayotgan oyga qaradi. Zerikarli (Hammasi zerikarli bo`lib qoldi)
Heminguey hikoyalarida yagona fraza ham konteksni anglatishi mumkin. “Mister va missis 


31

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling