Август 2020 8-қисм


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/87
Sana13.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1352207
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87
Bog'liq
8.Adabiyot 1 qism

Август 2020 8-қисм
Тошкент
Ishsizlik
uquvsizlik
O‘g‘ri bo‘lsa ham o‘sha davrda 
iymon,e’tiqod,oriyat,mehr tuyg‘ularining 
kuchliligi;
Poraxo‘rlik-Korrupsiya
Mahalliy hukmdorlarning o‘z 
ma’nfaatini o‘ylashi
Hukumatimiz tomonidan Korrupsiyaga 
qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonun va 
qarorlar
Keyingi noan’anaviy usullarimizdan biri “Muallifini izlab” deb nomlanadi. ushbu usulni 
adabiyot darslarida qo‘llanilishi o‘rinlidir. O‘rganilgan yozuvchi va shoirlarning asarlari yozuv 
taxtasiga uch ustun shaklida, aralash holda yozib qo‘yiladi. ushbu usul guruhlada ishlansa 
yanada yaxshi bo‘ladi. Shartni bajarishga tayyorlangan o‘quvchilar asarlar ichidan o‘tilgan 
adabiyot darsidagi yozuvchining asarini to‘g‘ri tanlashga harakat qilishi kerak. Masalan, o‘tilgan 
dars G‘afur G‘ulomning hayoti va ijodi bo‘lsa, faqat uning qalamiga mansublarini tanlaydilar. 
ushbu usul o‘quvchilarni ko‘proq kitob o‘qishga, o‘qigan asarlarining mualliflarini esda 
saqlashga o‘rgatadi.
Guruhlarda shunday holda ishlanadi:
1.”Shum bola” √
8.”Bulbul”
2. “uloqda” 
9.”Tirilgan murda” √
3. “Vaqt” √
10.”Oygul bilan Baxtiyor”
4.”Zulmat ichra nur” 
11.”Kuzatish” √
5.”Mening o‘g‘rigina bolam” √
12.”Sen yetim emassan” √
6.”Netay” √ 
13.”Iskandar Zulqarnayn”
7.”Yodgor” √ 
14.”Sog‘inish” √
“Ikki qismli kundalik”. ushbu usulni ham adabiyot darslarida o‘tiladigan badiiy asarlarni o‘qib, 
uning mazmuni o‘rganilib bo‘lingandan so‘ng mustahkamlash qismida qo‘llanilsa ko‘zlangan 
maqsadga erishiladi.Misol uchun Abdulla Qahhorning “Bemor”hikoyasini o‘quvchilarga o‘qish 
topshirig‘i beriladi. Hikoyani o‘qib, mazmuni o‘rganiladi. So‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarga 
toza qog‘oz olib,uning o‘rtasidan uzunasiga chiziq chizishlari kerak ekanligini tushuntiradi 
.Shunda ikki qismli kundalik hosil qilinadi. Chap tomonga o‘quvchilar matndan parcha yoki 
ularni haqiqatda hayron qoldirgan timsol haqida yozishlari kerak.O‘quvchilarga bu narsa o‘z 
hayotlaridan nimanidir eslatar. Balki nimadir ularni qiziqtirgandir. Qog‘ozning o‘ng tomoniga 
ular tanlagan parcha bo‘yicha sharh yozishlari kerak.Nima uchun ular aynan ushbu parchani yoki 
timsolni yozib olganlar? ularni bu narsa nima haqda o‘ylashga majbur etdi? Shu kabi savollarga 
o‘quvchilar yozma javob beradilar. O‘quvchilardan hikoyani o‘qish , o‘qish jarayonida tushungan 
fikrlarini usulning shartiga binoan ikki qismli kundalikka yozish so‘raladi. Shunday bajariladi:
Matndan parcha yoki sizning e’tiboringizni tortgan 
timsol
Nima uchun ushbu parchani yozib oldingiz? Sharh.
“Doktorxona deganda Sotiboldining ko‘z oldiga 
izvosh va oq podshoning surati solingan 25 so‘mlik 
pul kelar edi”.
Sotiboldi xotinini davolatishni xohlar edi, biroq uning 
mablag‘i yo‘q edi. Yozuvchi o‘sha davrda sog‘liqni saqlash 
ishlari yomon ahvolda ekanini ko‘rsatgan.
“Dadasi endi tuzukman, qizimni saharlari 
uyg‘otmang”
Ona garchi o‘zi og‘ir betob bo‘lsa-da, murg‘akkina 
qizchasini o‘ylaydi. uning saharda uyqusi bo‘linmasligini 
istaydi. Bu jumlada onaning buyuk qalbi aks etgan.
“Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin”.
Ona hayotdan ko‘z yumdi. Buni hali qizcha bilmaydi va 
o‘zining bolacha tili bilan onasiga xudodan shifo tilaydi.
Hikoya shu jumla bilan tugaydi. u kitobxonga juda qattiq 
ta’sir qiladi, deb o‘ylayman.
O‘qituvchi ham bu vaqtda asarni o‘qishi va o‘z izohlarini bildirishi mumkin. Matnni o‘qish 
oldidan topshiriq tushuntiriladi va ularga jadvalni to‘g‘ri to‘ldirish so‘raladi.O‘zlariga yordam 
tariqasida ular atamalarni klassterlar bilan o‘rashlari ham mumkin. ushbu usuldan adabiyot 
darslarida foydalanish o‘quvchilada mustaqil fikrlashni , badiiy asar qahramonlarining taqdiri 
bilan qiziqishni va insoniy g‘oyalarni o‘zida aks ettirishni shakllantiradi. Tadqiqotchi olimlarning 


44

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling