Август 2020 8-қисм


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/87
Sana13.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1352207
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87
Bog'liq
8.Adabiyot 1 qism

Август 2020 8-қисм
Тошкент
yigʻi natijasida boʻladi, hijronda qolgan oshiq koʻzlari olov kabi qizildir. Oshiq yorga murojaat 
qilib, “koʻnglimda ishq oʻtini yoqmagin, uning harorati yonadigan oʻt kabidir (oʻtcha qilgʻusi)”. 
Ul pari ishqida bu devonani
Eyki istarsen, kelib gulxanda koʻr.
Bir qadah ul gulni xandon ayladi,
Ey koʻngul, nazzora qil, gulxanda koʻr [1,518].
Oshiq o‘zini devona sanab, yor tufayli shu ahvolga tushganini aytadi, agar kim ko‘rmoqchi 
boʻlsa, uning ishq oʻtida gulxanda qolgani tasvirlanadi. Gul kabi yor birgina qadah sharob bilan 
xandon otdi, uning xandasi ham guldir.
Oʻtkali ul sarvi gulruxsoridin,
Yo‘q xabar ul sarvi gul ruxsoridin.
Hajridin bogʻ ichra berur yodima
Qomatidin sarvu gul ruxsoridin [1,518].
Tuyuqda ma’shuqaning visoliga zor boʻlgan oshiq tilidan dil izhorlar bayon qilingan. Oshiq 
yonidan “sarvi gulruxsor”, ya’ni yor oʻtishini oshiq kutadi. Ma’shuqa portreti istiora orqali koʻz 
oldimizda namoyon boʻladi: sarvi gulruxsor. Ikkinchi misrada yordan darak yoʻqligi, ya’ni 
yorning sifatlari beriladi: qaddi – sarv, ruxsori, ya’ni yuzi – gul. Oshiq bogʻ ichida kezganda yor 
hajrida qiynalar ekan, bogʻdagi sarv daraxti va gul yorning yuzini yodiga soladi, eslatadi (sarvu 
gul ruxsoridin).
Demak, Alisher Navoiy turkiy yozma adabiyotdagi tuyuq janrini ham amaliy, ham nazariy 
jihatdan rivojlantirgan, oʻzidan keyin adabiy maktab yaratgan shoir sifatida ham mashhurdir. Shoir 
tuyuqlarida mehr-muhabbat, sadoqat mavzularining ifodalanishi bugungi kitobxonlar uchun ham 
ma’rifiy ahamiyatga ega.
Adabiyotlar:
1. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami. 20 jildlik. 5-j. Badoe’ ul-vasat. – T., 1990. 
2. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami. 20 jildlik. 16-j. Mezon ul-avzon. – T., 2000.


47

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling