Август 2020 8-қисм


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/87
Sana13.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1352207
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87
Bog'liq
8.Adabiyot 1 qism

Август 2020 8-қисм
Тошкент
qo‘llanilib kelinmoqda. Interfaol – inglizcha interakt so‘zidan olingan bo‘lib , “inter”- hamkorlikda 
, “akt”- harakat qilmoq degan ma’noni bildiradi. Interfaol usullar o‘quvchilarning izlanishi
o‘zaro fikrlashi va o‘z qarashlariga ega bo‘lishi, berilgan topshiriqni tez va to‘g‘ri bajarishini 
ta’minlaydi. Hozirgi davrda maktablarda interfaol usullardan foydalanib dars mashg‘ulotlari 
tashkil etilsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yangi pedagogik texnologiyalardan har bir dars 
jarayonida foydalanish ta’limning yangicha ko‘rinishi uchun asos bo‘ladi. Dars mashg‘ulotlarida, 
shuningdek, adabiyot darslarida noan’anaviy usullardan, o‘quvchini fikrlashga undovchi interfaol 
o‘yinlardan foydalanib, dars mashg‘ulotlarini olib borish ta’limning hozirgi kun talablaridan 
biridir.Keling, hozir noan’anaviy usullarning adabiyot darslarida qo‘llanilishi va ularning 
ahamiyati haqidagi fikrlarimizni davom ettiramiz.
Keys-stadi. Keys ingliz tilidan olingan bo‘lib, uning ma’nosi ”quti”, stadi –“o‘qimoq”degan 
ma’noni bildiradi.ushbu usulni biror badiiy asar,asardan berilgan parcha yoki qissa, hikoya o‘qib 
bo‘lingandan so‘ng uni mustahkamlash maqsadida qo‘llash kerak.Buning uchun tayyor holatdagi 
qutini olamiz. Qutini o‘qilgan asar deb qabul qilamiz. uning ichiga imkoni bo‘lsa o‘sha asarni 
solib qo‘yamiz. Ichiga solib qo‘ygan asarimiz hammaga ma’lum bo‘lishi kerak. Misol uchun 
G‘afur G‘ulom qalamiga mansub “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasini olaylik. O‘quvchilar 
bilan birgalikda ushbu hikoya o‘qiladi.Mazmuni o‘rganiladi. Hikoya qahramonlari haqidagi 
salbiy va ijobiy fikrlar tahlil qilinadi.Endi qutining ichidan asarni olishimiz kerak. Buning 
uchun oldimizdagi muammolarni, muammolarning sabablarini o‘rganamiz. Shundan so‘ng quti 
ochiladi. Mana shunda asarning yechimini topgan bo‘lamiz. ushbu usulning ahamiyati shundaki, 
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, davr tuzumi va muammolarini o‘sha hikoya mavzusi asosida 
tahlil qilishga, hikoya qahramonlarining hayotini chuqur o‘rganishga o‘rgatadi .
Bilamizki, mashhur yozuvchimiz G‘afur G‘ulom qalamiga mansub “Mening o‘g‘rigina bolam” 
hikoyasi 1917-yilning sentabr oyida ro‘y bergan voqealar asosida yozilgan. O‘sha davrda xalqimiz 
juda qiynalgan. Chunki Birinchi jahon urushi eng kuchaygan davr edi. Oila boshliqlari urushga 
jalb etilgan. Ishsizlar ko‘paygan. Bunday paytda “o‘g‘irlik” qilish odatiy holga aylangan.Bu urush 
boshqa millatlar qatori bizning xalqimiz boshiga ham cheksiz kulfatlar soldi. ”Mening o‘g‘rigina 
bolam” hikoyasi qahramonlari, aslida, mana shu urushning tirik qurbonlaridir.Hikoyaning asosiy 
qahramonlari: Yosh G‘afur,”Qora buvi”- Roqiyabibi, O‘g‘ri.
Agar anglagan bo‘lsangiz gap faqat hikoyada ishtirok etayotgan “qora buvi”va “o‘g‘rigina 
bola”dagina emas. ularning suhbati ortida norasida bolalar, ayollar, va keksalar taqdiri ham 
turibdi. Zero, ayni shular urush asoratlarini , qiyinchiliklarini ko‘proq his qiladilar. Aynan 
shular alohida himoyaga,e’tiborga muhtoj bo‘ladilar. Lekin, bu “o‘g‘rigina bolam”ning haqiqiy 
o‘g‘rilardan farqi katta. Avvalo, uni bu harom yo‘lga qadam bosishga hayotning o‘zi, sharoyitning 
og‘irligi, to‘g‘rirog‘i, yuqoridagilarning qilmishlari majbur etdi. Yo‘qchilik, uyda och o‘tirgan 
oila tirikchiligini bir amallab o‘tkazish tashvishi uni shu yo‘lga boshlaydi.
Muammo
Sabab
Yechim
Davr tuzumi (Turkiston o‘lkasining 
Rossiya tomonidan bosib olinishi)
Xonlikdagi nizolar
Xalqning ozodlikka bo‘lgan kurashi
Moddiy tanqislik
Oziq-ovqatlarning urush 
qatnashchilariga jo‘natilishi
Xalqning tinchlikka bo‘lgan intilishi


43

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling