Август 2020 8-қисм
Тошкент
Masalan, «Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi» yoki «Qimirlagan qir oshar» maqollarida
kishilik jamiyatining mehnat tiriklik manbai, ishyoqmaslik esa, har qanday kambag‘allik va
baxtsizlikning asosi ekanligi o‘ta ta’sirchan tarzda ifodalanadi. Mehnatkash xalq yoshlarni
azaldan o‘z orzu va ideallariga sadoqatli qilib tarbiyalashga harakat qilgan. Bunday tarbiya esa,
og‘zaki ijodning boshqa janrlari qatorida xalq maqollari, matallar va aforizmlar vositasida amalga
oshirilgan. Mehnat mavzusidagi maqollar maktablarda, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar
o‘quvchi va talaba yoshlarining yozma ishlari, mehnat faxriylari va ota-onalar bilan uchrashuvlar,
turli mavzudagi kechalarni o‘tkazishda juda ta’sirchan bir vositalar sifatida ish berishi mumkin.
Mehnatsevarlik mavzusidagi maqollar sinf rahbarlarining tarbiyaviy soatlari uchun ham asos qilib
olinishi mumkin. Bunday darslarda o‘qituvchi o‘quvchilarda jamiyatimizda o‘z halol mehnati
tufayli dong taratgan, shonshuhrat, moddiy manfaatdorlik topayotgan zamondoshlarga havas bilan
qarashni, mehnat insoniyatning moddiy va ma’naviy boyliklarining asosi ekanligini sidqidildan
e’tirof etishni o‘quvchilar ongiga singdirishi lozim. Qisqasi boshqa mavzudagi maqollar singari
mehnatsevarlik haqidagi maqollar ham o‘qituvchi va o‘quvchilar leksikonida faol iboralarga
aylantiriliishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. N.Mallayev. O`zbek adabiyoti tarixi. Toshkent – 1965-yil
2 . “O`zbekiston Respublikasing Konstitutsiyasi” Toshkent-“O`zbekiston”1998.
3. u. Tursunov, J. Muxtorov, Sh. Raxmatullayev. Hozirgi o`zbek adabiy tili Toshkent, 1992.
4. O`zbek tili va adabiyoti jurnali . Toshkent.., 2005-2011-yil sonlari
49
Август 2020 8-қисм
Тошкент
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA TIL ODOBI MASALASI
Do'stlaringiz bilan baham: |