Avitaminoz va gipovitaminoz


Download 13.2 Kb.
bet4/5
Sana01.11.2023
Hajmi13.2 Kb.
#1736534
1   2   3   4   5
Bog'liq
Avitaminoz va gipovitaminoz-www.hozir.org

B2 vitamini yetishmasa…
Bu vitamin yetishmasa, yuzingizda husnbuzar paydo bo‘ladi. Riboflavin organizmga oziq-ovqat bilan kiradi, ovqatda riboflavin yetishmasa og‘iz burchagi, lab yoriladi, soch to‘kiladi, kon’yunktivit va blefarit kuzatiladi, shilliq qatlamlarning yallig‘lanishiga, sochlarning to‘kilishiga, bosh aylanishiga olib kelishi mumkin. Ushbu vitaminning uzoq vaqt davomida etishmovchiligida teri silliqlikni yo‘qotib, qari teri ko‘rinishini egallay boshlaydi. Avitaminoz B2 da o‘sishningto‘xtashi, sochning tushishi, shilliq qobiqlar (ayniqsa, og‘iz burchaklari)ni zararlanishi, ishchanlik qobiliyatini pasayishi, gemoglobin sintezining buzilishi holatlari kuzatiladi.
Vitamin B6 (piridoksin) organizmda muhim vazifalarni bajaradi. Asab tizimi va oqsillar almashinuvi uchun zarur. U oqsil va yog‘ning normal hazm bo‘lishini ta’minlab, azot almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vitamin soch to‘kilganda, terining yallig‘lanishida qabul qilinadi.
B6 vitamini yetishmasa…
Organizmda piridoksin yetishmasa bolalar o‘smay qoladi, me’da-ichak ishi buziladi, kamqonlik ro‘y beradi. Homiladorlarda stomatit, terining yallig‘lanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kishi organizmi uchun zarur miqdordagi piridoksin ichak bakteriyalari ta’sirida hosil bo‘ladi.


Vitamin B9 yoki foliy kislotasi
Vitamin B9 — qarish jarayonini sekinlashtiradi.


Foliy kislotasining tabiiy manbalari
Foliy kislotasi — dag‘al maydalangan un va ushbu undan tayyorlangan non mahsulotlarida, yormalarda (grechka, suli, so‘k), faso, gulkaram, qo‘ziqorin, jigar, tvorog, pishloq va ikrada mavjuddir. Mahsulotlarning pishirilishi natijasida 80-90% gacha mahsulotdagi vitamin yo‘qolishini bilishingiz muhimdir.
Folat kislota ba’zi aminokislotalar almashinuvida va sintezida, shuningdek nuklein kislotalar sintezida qatnashadi, ko‘mikning qon yaratish funksiyasini kuchaytiradi, B12 vitaminini yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Folat kislota o‘simlik va hayvon mahsulotlarida, ayniqsa, jigar, buyrak va yashil barglarda ko‘p. Ichak mikroorganizmlari folat kislotani ko‘p miqdorda sintezlaydi.
Vitamin A tanqisligi birlamchi yoki ikkilamchi yetishmovchilik tufayli yuzaga kelishi mumkin. Birlamchi A vitamini yetishmasligi, bolalar va kattalar orasida meva va sabzavotlardan yetarli miqdorda karotinoidlar yoki hayvon va sut mahsulotlaridan vitamin A iste’mol qilmaslik tufayli yuzaga keladi. Emizishni erta to’xtatish ham bolalarda A vitaminining yetishmasligi xavfini oshirishi mumkin.
Ikkilamchi A vitamini tanqisligi lipid absorbsiyasining, safro hosil bo’lishining buzilishi, safro hosil bo’lishi, sigareta tutuni va surunkali alkogolizm kabi oksidlovchilarning surunkali ta’siri bilan bog’liq. Vitamin A yog’da eruvchi vitamin va ingichka ichakda dispersiya uchun mitselyar solyubilizatsiyaga bog’liq, bu esa A vitamini yog’ miqdori kam bo’lganda yomon so’rilishiga olib keladi. Rux yetishmovchiligi ham A vitamining so’rilishi, transporti va metabolizmini yomonlashtiriishi mumkin, chunki u transport oqsillarini sintez qilish va retinolni retinalga aylantirish uchun kofaktor sifatida zarur. Burkina-Fasoda o’tkazilgan tadqiqotda A vitamini va rux kombinatsiyasi ishlatilganda bolalar orasida bezgak bilan kasallanish sezilarli kamayishi aniqlangan.
Gipovitaminoz A`ning dastlabki alomati shabko’rlik (niktalopiya, gemeralopiya) — qorong’iga adaptatsiyaning keskin pasayishi hisoblanadi. Epitelial to’qimalarning shikastlanishlari xarakterlidir: teri (follikulyar giperkeratoz), ichak shilliq qavatlari (yara shakllanishigacha), bronxlar (tez-tez bronxitlar), siydik-tanosil tizim (yengil infektsiyalanish). Dermatitlar patologik proliferatsiya, keratinizatsiya va epitelial deskvamatsiya bilan birga kechadi. Ko’z yosh kanallari epiteliyining deskvamatsiyasi ularning tiqilib qolishi va shox parda namlanishining kamayishiga olib kelishi mumkin, u yaralar va leykoma hosil bo’lishi bilan quriy boshlaydi (kseroftalmiya) va yumshaydi (keratomalyatsiya). Shox pardaning shikastlanishi juda tez rivojlanishi mumkin, chunki epiteliy himoya xususiyatlarining buzilishi ikkilamchi infektsiyaga olib keladi. Vitamin yetishmovchiligida o’sishdan ortda qolish ham kuzatiladi.
Vitamin B12 (Sianokobalamin) — yuqori biologik faol modda. Metionin, nuklein kislotalar sintezida va qon yaratilishi jarayonida qatnashadi.
Siankobalamin jonivorlar tabiatiga ega mahsulotlarda bo‘ladi. Bular: jigar, go‘sht, baliqning ayrim turlari, pishloq va h. B12 vitamini ichak florasida ham ishlab chiqariladi. B12 vitaminida bo‘lgan sutkalik ehtiyoj — 15-20 mkg.ni tashkil qiladi.
Organizmga ovqat bilan kiradi, u organizmda yetishmasa, kamqonlik paydo bo‘ladi. Siankobalamin mol jigarida ayniqsa ko‘p.

Download 13.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling