Avloniyning “Madaniyat to’lqinlari” maqolasi E. Tofflerning “Uchinchi to’lqin” asarini qiyosiy taxlil etishReja A. Avloniyning ’’madaniyat to’lqinlari ‘’ maqolas e. Tofferning ‘’uchinchi to’lqin ‘’ asari
Download 10.07 Kb.
|
Avloniyning “Madaniyat to’lqinlari” maqolasi E. Tofflerning “Uch
Avloniyning “Madaniyat to’lqinlari” maqolasi E.Tofflerning “Uchinchi to’lqin” asarini qiyosiy taxlil etishReja:1. A.AVLONIYNING ’’MADANIYAT TO’LQINLARI ‘’ MAQOLASI2. E. TOFFERNING ‘’UCHINCHI TO’LQIN ‘’ ASARI. Har kimga ma’lumdirki, dengizlarning to‘lqunlari bir tarafdan ikinchi tarafg‘a ko‘chub yuriydir.Bu kun bir tarafda to‘lqun bo‘lsa, ertasi ikinchi tarafda boshlanub, avvalgi shovullab, qichqirub, shodligindanmi yoki boshqa bir sababdanmi bir necha sajin yuqoriga sakrashub turgon yerlari sukut va sokit bo‘lub qoladir. Shunga o‘xshash Bani bashar (Odam bolalari) orasida ham madaniyat to‘lqunlari quvishub va surishub yuriydir Bir asr ichinda taraqqiy va madaniyat dunyosinda g‘o‘ta urub, suzishub yurgan bir qavmni ko‘rasanki, ikinchi asrda tanazzul dunyosiga yuzlanub, vahshiylik olamining eng og‘ir nuqtasiga borub yetadur. Buning sababi ijtihod va g‘ayratning ozayuvi, ittifoq, insof va adolatning yo‘qoluvi, xalqning ilmu ma’rifatdan uzoqlashub, buzuq ishlarga mayl va rag‘batlari ortuvidir. Har bir millat maishat tarafindan taraqqiyga yuz qo‘ymasa, ma’naviy tarafdan, ya’ni ma’rifat tarafidan ham taraqqiy qilolmas, bir kishining o‘z maishatiga yetarlik molu ashyosi bo‘lmasa va bularning sababiga harakat qilmasa, moddiy va ma’naviy ishlarni qilmoqdan ojiz qolur. Va bunday ochu yalang‘och o‘z avqotini o‘tkaraolmayturgan bir xalqga ma’rifat, madaniyat, ulum va funundan dars vermak munosib bir ish o‘lmasa kerak, chunki faqir xalqlarning kecha-kunduz fikri-zikri non topmak va bola-chaqasining qornini to‘yg‘uzmakdir. Taajjubki, mamlakatimizning yerlari, o‘simlik tuprog‘i barakatlik bo‘lib turub, yerli xalq och va yalang‘och, boyqush kabi vayronalarda umr o‘tkaradirlar. Qariyava qishloq odamlarini bir tarafga qo‘yub turib, shahardagi madaniylarimizga ko‘z solsak, madaniyat to‘lqunlari bizlarni kemalarimiz ila qayu yerga olib ketub turg‘onlig‘i ochiq ma’lum bo‘ladir. Xalqimizning yuzdan to‘rtini boyga, ikisini ulamoga, uchini eshonga, beshini dehqonga chiqarsak, qolgan 86 si ko‘mirchi, temirchi, yamoqchi, fanarchi va qorovulchilik kabi eng past xidmatlarda turub, kunlik avqotlarini zo‘rg‘a o‘tkazadilar. Bularning orasida oyda, yilda bir martoba go‘sht, yog‘ ko‘rmay umr o‘tkaradurg‘onlari, butun yilni(ng) birgina kiyim ila o‘tkaradurg‘onlari, hifzi sihhat qaysi, madaniyatni na ekanini tushunmaydirganlari ko‘bdir. Bularga oni tushundirmak, yerdan turub, yulduzlarga qo‘l so‘zmak ila barobardir. Bu taraqqiy zamoni va madaniyat asri, bilmam, bizni na yerga olib borajak, ibrat ko‘zi ila Eski shahrimizning musulmon dahalariga nazar solgan kishi har mahallada yuzdan to‘qson xonalarni(ng) buzilgan, yorilgan, vayrona va inqiroz dunyosiga yuzlangan bir holda ko‘radir Go‘yo bu xonalarning devorlari, tomlari lisoni hol ila bizni ilmsizlik, tarbiyasizlik, to‘y deb minglarcha aqchalarni behuda isrof qilmak, to‘ylarda jomafurushlik qilmak vayrona va xarobazorlikg‘a soldi, deyurlar. Emdi, vayrona sohiblarini faqir va xorlikda yashagan, bola-chaqalarini qo‘l kuchi ila to‘ydiradirgon, to‘y degan yerda muqaddas Vatanini sotub, sarf qilmoqdan tortinmaydirgan «hoziram huzuram» deb istiqbolini o‘ylamagan va bolalarining saodatini tushunmagan bir qavmdan qanday taraqqiy, madaniyat va ma’rifat kutmak kerak? Och-yalang‘och, kulfat, mehnat va zahmat balolari orasida o‘ralib qolgan bir qavmga: «Madaniyatga kiringiz, maktab solingiz, o‘qungiz, taraqqiy qilingiz» kabi so‘zlarning foydasi o‘lmadig‘i oftobdan ham ravshandir. Bu faqirlikning eng qo‘rqunch to‘lqunlari orasida ezilgan xalqimizni to‘y marazidan qutqarurga tirishmak va iloj istamak lozimdir. Muhtaram o‘quvchilarga ibrat uchun madaniyatning koni, manbai va chiqg‘on yeri o‘lan Osiyo qit’asidagi Arabiston yarim otosini go‘starajagam. Oltinchi asrda dini mubiyn Islom ila barobar madaniyat dengizlari harakat qildi. Va bu qit’ada yashamish arablar o‘zlari borgan mamlakat va qit’alarga madaniyat suvlarini ham surub bordilar. Oradan bir asr o‘tar-o‘tmas madaniyat to‘lqunlari Osiyodan ko‘chub, Ovrupo qit’asini bosdi. Ovrupolilar hozirgi yigirmanchi asrgacha madaniyat to‘lqunlari ichra yashadilar va bu cholishqon ovrupolilar madaniyat to‘lqunlaridan qo‘rqmadilar, qochmadilar, harakat qildilar, asbob va mashinalar hozirladilar. Va bu madaniyat to‘lqunlarini o‘zlarig‘a asiru musaxxar qilub oldilar. 15 nchi asrda madaniyat suvlarini surib, Amriqo qit’asig‘a olib bordilar. Amriqoning yerli vahshiy xalqlari «eshiklaridan oqg‘on suvning qadrini bilmadilar», madaniyatga kirishmadilar, qabul qilmadilar. Ota-bobolaridan qolg‘on odatlarini tashlamadilar, o‘zlaricha vahshatda avratlarini yaproqlar ila o‘rtub, boshlarig‘a tovus patlarini sanchub, yalang‘och goh daraxtlar ustida, goh kafalarda, goh yerto‘lalarda do‘mbira va chirmandalarni cholub, yashay berdilar, madaniyat orqalaridan quvdi, qochdilar. Na yerga borsalar, madaniyat ham bordi, qochib qutulolmadilar, oxirida madaniyat g‘alaba qilib, inqiroz dunyosig‘a kuzatub yubordi. Mana shu jumladan, yarim-yorti vahshatda yashash O‘rta Osiyoga, Turkistonimizg‘a Rusiya hukumati ila barobar madaniyat suvlari kelub kirdi. Hozir yarim asrdurki madaniyat bizni orqamizdan quviyur. Biz qirdan-qirg‘a qochurmiz, qarshimizda maishat mashaqqatlari chiqub hujum qilur, o‘ngimizdan bilimsizlik va jaholat kelub, jonlarimizni siqur, so‘ngimizdan musriflik, faqirlik va bid’atlar chiqub yo‘limizni to‘sur. Dangasalik, yalqovlik, ishsizlik ustimizdan bosub bo‘g‘mak istar. Ajabo! Bizlar hamon bu eskincha romka orasidan chiqub qochmak istamaymiz. Bir oz tushunmak va o‘ylamak lozimki, bu romka orasindan chiqub qochmak va qutulmak mumkinmi? Yo‘qmi? Bizim fikrimizcha, qochmoqning imkoni yo‘q, kutulmaku xalos bo‘lmakning faqat birgina chorasi bordurki, madaniyatni qabul qilmak va madaniyatga kirishmakdir. Lekin kirishganda ham madaniyatning haqiqatini bilmak va haqiqiy madaniyatga kirishmak lozimdir. Ba’zi yoshlarimizga o‘xshash usti yaltiragan, ichi qaltiragan bo‘lub, boshlariga Yevrupo qalpog‘ini kiyub «Madaniyat!», «Madaniyat!» deb og‘izlarini ko‘purturub, oz-moz musulmoncha, chala-yarim ruscha so‘ylashub kulgu bo‘lib yurmak madaniyat bo‘lmay, masxarabozlikning bir shu’basidur. Agarda tabiatning jilovini nafsimiz qo‘lig‘a bersak, ul bizlarni na yerga olub bormasun? Chiroylik va chikka bel qizlari ila o‘ynashmakni, resturan va fivaxonalarga borub, qimor o‘ynamak va ichkulik qilub, tong otquzmakni, bir oz qizishgandan so‘ng odobdan tashqari madaniyatga yarashmagan so‘zlarni aytishmakni, hatto urushmakni, jabr va zulm qilmoqni xohlaydir. Lekin madaniyat qonunida (ustofida) munday fano va buzuq ishlar bo‘lmasa kerak. Madaniy bo‘lmak va madaniyatga kirmak uchun unday yomon sifatlardan saqlanmak va hazar qilmak ila barobar haqiqiy madaniyat ilmi, maishiy va axloqiy ishlar ila uch qismg‘a bo‘linadir. Agar millat bolalari bu xislatni mukammal suratda o‘zlariga darbar olsalar, mana shul vaqtda biz «madaniyatni qabul qilduk, madaniy bo‘lduk» deb lof ursak, maqtansak kulgi bo‘lmaymiz. E'tiboringiz uchun rahmat!!! http://fayllar.org Download 10.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling