Avstraliya va Okeaniya
I.3. Moddiy va ma’naviy madaniyati hamda oila va oilaviy
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon etnomadaniyatida avstraliya va okeaniya xalqlarining tutgan orni
I.3. Moddiy va ma’naviy madaniyati hamda oila va oilaviy
munosabatlari. Avstraliyaliklarning ma‘naviy madaniyati, diniy e‘tiqodi ishlab chiqarish kuchlarining darajasi va ijtimoiy tuzumiga mos kelgan. Ularning tasavvurida butun tevarak-atrof g‗ayritabiiy kuchlar, turli maxluq va arvohlar bilan to‗la. Avstraliyani odatda totemizm vatani deydilar. Eng ibtidoiy din shakllaridan biri hisoblangan totemizm falsafasi bilan uyg‗unlashib ketgan kishilar, urug‗ yoki qabilalar o‗zlarini
42 www // ziyonet. uz 29
muayyan moddiy buyumlar, asosan, ayrim jonivorlar yoki o‗simliklar bilan yaqin qavm-qardosh, deb biladilar va shunga ishonadilar. Shuning uchun ham, ayrim urug‗lar totemistik guruh hisoblanib, hayvonlar yoki o‗simliklarning, ba‘zan jonsiz buyumlarning nomi bilan atashganlar. Shu nomdagi hayvon yoki o‗simlikka - bobo, dada yoki aka-uka qarindosh deb ishonilgani uchun ularni o‗ldirish, iste‘mol qilish qattiq man etilgan. Avstraliyada afsonaviy ajdodlarning arvohlar muqaddas buyumlarga ko‗chirilgan. Bunday buyumlar odatda sehrli belgilar chizilgan taxtacha - churingidan iborat bo‗lib, uni maxsus joyga yashirganlar. Har bir totemistik guruh o‗zining churingisi yashiringan muqaddas joyga ega bo‗lgan. O‗sha yerda yilda bir marta maxsus marosim (intichiuma) o‗tkazilgan. Avstraliyaliklar orasida turli sehrgarlik duogo‗ylik, ziyon yetkazish magiyasi juda keng tarqalgan. Dusiiman qabilalar turli duolar bilan ziyon yetkaza bilish qobiliyatiga ega, degan tasavvurlar muhim rol o‗ynagan. Tub aholi tushunchasida dushman uzoqdan ziyon yetkazmoqchi bo‗lgan kishiga uchi yo‗nilgan yog‗och, o‗tkir suyak to‗g‗rilab nafratli duo o‗qisa shu kishi yo kasal bo‗lar, yo o‗lar emish. Sehrgarlik bilan birovni sovutish yoki maftun qilish (sevgi magiyasi), yomg‗ir yog‗dirish (ob-havo magiyasi), davolash (duo-xonlik magiyasi) kasbini egallagan maxsus folbin va duo xonlar shug‗ullangan 43 . Magik tasavvurlarga nisbatan Avstraliya qabilalarida animizm (jonga ishonish) kam tarqalgan. Ularda kosmogonik afsonalar ham rivojlangan. Jonning narigi dunyoda yashashiga ishonganlar. Avstraliyaliklarning diniy e‘tiqodida hukmron va qaram bo‗lish tushunchalari yo‗q. Ular o‗z totemlariga itoat qilib tiz cho‗kmagan. Bu elat na buyuk arvoh, na xudo to‗g‗risida tasavvurni, na qurbonlik, na ibodatxona, na avliyoni bilganlar. Faqat turli sehrgarlik marosimi va odatlar, kohinlar o‗rniga folbin va duoxonlar, muqaddas avliyolar va machit o‗rniga buyumlarning saqlanish joylari ibtidoiy dunyoning asosiy ifodasi edi. Tub aholi tillarini lingvist A. Kepella olti yirik turkumga bo‗ladi. 1) Janubi- sharqiy Avstraliya tillari; 2) Yangi janubiy Uels tili; 3) Shimoliy va Markaziy
43 Buruk C.I. Naselenie mira. M., ,,Nauka‘‘,- 1981. 116 s 30
Kvinsland tili; 4) Markaziy va Janubi-g‗arbiy Avstraliya tili; 5) Arixemlend tili; 6) Shimoliy va shimoli-g‗arbiy hududdagi juda ko‗p boshqa tillar 44 . Barcha tillar o‗z tuzilishi, aniqligi va so‗z boyligi bilan alohida xususiyatga ega. A.Kepellaning bu klassifikatsiyasi hali takomillashmagan va ko‗pchilik olimlar tomonidan qabul qilinmagan. Pater V. Shmidt Avstraliya tillarini o‗zaro bir-biriga yaqin bo‗lgan ikki janubiy va shimoliy guruhlarga bo‗ladi. Aytganimizdek, har bir qabila o‗z tili va shevasiga ega bo‗lgan. Avstraliya tillarining umumiy soni ham qabilalar singari 500 dan ortiq. Ular tillarning aniq tuzilishi va ravshanligi, grammatik turlarning boyligi bilan ajralib turadi. Masalan, aranda tilida 10 mingdan ortiq so‗z mavjud. Avstraliyaliklarda og‗zaki so‗zlardan tashqari qo‗lni har maqomda qimirlatish yo‗li bilan ifodalovchi imo-ishora tili ham mavjud bo‗lgan. Shu bois ham ular uzoqdan, ovoz yetmaydigan masofada bir-birlari bilan qo‗l harakati, imo-ishora orqali o‗z fikrlarini bayon qila olganlar. Ayrim tadqiqotchilarning hisobiga qaraganda, aronda qabilasi 450 dan ortiq imo-belgilarini o‗zlashtirib ular orqali ayrim buyumlardan tashqari, hatto kishi harakati, ijtimoiy atamalar, to‗liq gaplarni ham ifodalay bilganlar. Ba‘zi bir fikrlar esa juda uzoqdan qo‗l bilangina emas, balki kalla va badan harakati bilan ham yetkazilgan. Avstraliyaliklarda yana «signallar tili» ham mavjud bo‗lib, narsalarni aniq belgilar yordamida ifodalaganlar. Misol uchun, o‗z joylarini tashlab ketayotganlarida oyoqlari bilan qumga chiziq chizganlar va chiziqning uchiga xivich tiqib qo‗yganlar. Chiziqning yo‗nalishi va uning uzunligi shu guruhning qaysi tomonga va qancha masofaga ketganligini bildirgan. Bu belgi o‗z guruhlarining kechikib qolgan a‘zolari va mehmonlar uchun ham qilingan. Shuningdek, xavf yoki motam signallari keng tarqalgan. Avstraliyada xalq og‗zaki ijodi dastavval rivoyatlar, afsona va ertaklar, ashula va raqslarda namoyon bo‗lgan. Afsona va rivoyatlar, asosan, totemistik tasavvurlar bilan bog‗liq bo‗lsa ham muqaddaslashtirilmagan, tinglovchilar ularning haqqoniyligiga ishonishmaydi, kulgi va hazil bilan qabul qilishadi. Afsona personajlari (kishi yoki hayvon) hech qanday qahramonlik ko‗rsatmaydi, odatdagicha ko‗chib yuradi, ov qiladi, yeydi, yotadi, ba‘zan urushadi va bir-birini
44 Jabborov I. Jahon etnologiyasi asoslari.-T.2005. 69-bet. 31
o‗ldiradi. Musiqa kuylari odatda raqslarga jo‗r bo‗ladi. Ularning raqslari ko‗pincha jamoa xarakterida bo‘lib, turli ma‘noni tasvirlaydi, ayrimlari totem bilan bog‗liq dramatik afsonalarni ifodalaydi. Barcha o‗zaro uchrashuvlar, tadbir va marosimlarda raqs ijro etilgan. O‗ziga xos tasviriy san‘at ham turli ijtimoiy va diniy ehtiyojlarga bo‗ysundirilgan. Unda ayrim primitiv, realistik tasvirlar bilan bir qatorda, har xil shartli belgilar - chiziq, nuqta, doira kabilar totemistik tasavvurlarni ifodalagan. Turli naqshlar va ornamentlar qurollarga, marosimlarda kishi badaniga, sirli belgilar esa buyumlarga, qoya va toshlarga yasalgan. Tasmaniyaliklar ham bezaklarni va badan bo‗yashni bilganlar. Ancha oddiy kishilarning bilimlari tevarak-atrofdagi tabiiy sharoitga moslashgan bo‗lib, ishlab chiqarish tajribasiga bo‗ysundirilgan. Avstraliyaliklar o‗z guruhi ko‗chib yuradigan hududni juda yaxshi bilganlar, bepoyon dashtlarda suv, yo‗l va taom topish usullarini egallaganlar. Tabiblarning sehrli tajribasidan tashqari har bir avstraliyalik ayrim kasallik va yaralarni davolash yo‗llarini ham bilgan. Ular ibtidoiy tabobat qo‗lga kiritgan barcha bilimlardan foydalanganlar, maxsus tayyorlangan tarkibiy dorilarni ham, o‗simlikdan qaynatilgan va kukun holidagi dorilarni ham ishlatganlar, qon oqishni to‗xtatish, singan joyni tuzatish kabi jarrohlik usullaridan xabardor bo‗lganlar. Avstraliyaliklar o‗z vatanining botanika va zoologiyasini yetarli ravishda egallab, har bir hayvon va o‗simlikka nom berganlar. Ular anatomiya bo‗yicha (asosan, suyaklar) yetarli bilimga ega bo‗lsalar ham fiziologiya sohasidagi tasavvurlari nihoyatda xayoliy bo‗lgan. Masalan, jinsiy aloqa natijasida bola tug‗ilishi o‗rtasidagi bog‗lanishni mutlaqo bilmaganlar. Diagnostika sohasida ham bilim juda past bo‗lsa-da, turli kasalliklar orasidagi farqni ajrata bilishgan. Umuman, o‗tkir kuzatuvchilik va tevarak-atrofni, tabiatni chuqur o‗rganish natijasida avstraliyaliklar va tasmaniyaliklar ishlab chiqarishga, odam sog‗ligi va rivojiga zarur bo‗lgan belgilarni, dastlabki ijobiy bilimlarni o‗zlashtirganlar. Bu
32
to‗g‗ridagi ma‘lumotlarni turli davr olim va sayyohlari yozib qoldirishgan 45 .
Fratriya (grekcha «birodarlik» degan ma‘noni anglatadi) nikoh tartibiga binoan bir «pallaga» mansub bo‗lgan odamlar o‗zaro nikohlana olmaydi, balki ular qarama-qarshi «pallaning» odamlari bilan nikohlana olishi mumkin, boshqacha qilib aytganda er va xotin doimo qabilaning har xil «pallasiga» mansub bo‗lishi kerak edi. Misol uchun, bir avstraliya qabilasining ikki «nikoh sinf»iga — kroki va kumetaga bo‗linishi fratriy sistemasining namunasidir. Bu sistema fanda dual ekzogamiya deb ham aytiladi. Mazkur tartibga binoan bir «palla» yoki bir urug‗ning a‘zolari o‗rtasida nikohning bo‗lishi mumkin emas, tug‗ishgan opa va singillar o‗rtasida ham, shuningdek, yon tomon qarindoshlar o‗rtasida ham (ona tomondan) nikoh bo‗lishi istisno etiladi, ya‘ni katta va kichik avlodni bir-biri bilan nikohlanishiga yo‗l qo‗ymaydi. Shunday qilib, bir fratriya (yoki shundagi urugiardan biri) boshqa fratriyaga nisbatan (yoki undagi boshqa urug‗ga) «ona fratriyasi» (yoki urug‗i), ikkinchisi esa «ota fratriyasi» (yoki urug‗i) hisoblanadi 46 . Har bir fratriya o‗zining nomiga ega bo‗lib, asosan, uning ajdodi hisoblangan hayvon nomi bilan bog‗liq bo‗lgan. Rus olimlarining fikricha, avstraliyaliklarning fratrial sistemasi urug‗chilik tuzumining dastlabki shaklidir. Urug‗ yoki fratriya ajdodining ayrim hayvon nomi bilan atalishi Avstraliyada keng tarqalgan totemistik tasavvurlar bilan bog‗liq. Ular orasida iqtisodiy tabaqalanish bo‗lmagan. Har bir lokal guruh bir avlod sifatida yoshiga va jinsiga qarab bo‗lingan va mehnat taqsim qilingan. Erkaklar ishlab chiqarish qurollari yasaganlar, ov qilganlar, oilasini qo‗riqlaganlar, ayollar esa terimchilik qilganlar, bola boqqanlar, ov va terim mahsulotlariga ishlov berib, ovqat tayyorlaganlar. Ijtimoiy mahsulotlar teng bo‗lingan, shaxsiy mulkni bilmaganlar. Ijtimoiy va nikoh- oila munosabatlari murakkab odat va dasturlarga asoslangan maxsus tizimga ega bo‗lgan. Nikoh va oila munosabatlarida fratrial va urug‗ cheklanishlardan tashqari seksiya yoki «nikoh sinflar»iga bo‗linish muhim ahamiyat kasb etgan. Masalan,
45 www. n.b.g.t. intal. uz. 46 Salimov. T. Avstraliya va Okeaniya xalqlari.-T., 2003. bet-24. 33
qabila I va II fratriyaga bo‗lingan bo‗lib, I fratriyada A va V seksiyalari, II fratriyada esa V va G seksiyalari mavjud. A seksiyasidagi erkak faqat V seksiyasidagi ayolga uylanishi mumkin, ularning bolalari G seksiyasi (ona urug‗i hisobi)ga tegishli; V seksiyasidagi erkak faqat G seksiyasidagi ayolga uylanishi mumkin, ularning farzandlari V seksiyasiga tegishli. Shunday qilib, nabiralar ota tomondan bobo seksiyasiga, ona tomondan buvi (momo) seksiyasiga tegishli hisoblangan. Avstraliyalik aborigen rassom Dik Rafsi o‗z biografiyasida yozadi: «Meni dadamning aka-ukasi mening tog‗am emas; ular ham menga dada. Uning bolalari ham menga qarindosh, aka-uka va opa-singillarim hisoblanadi. Dadamning opa-singlisini men amma deyman, uning bolalari esa ammavachcha bo‗ladi. Oyimning opa-singlisini men oyi deyman, ularning bolalarini aka-uka va opa-singil, deb hisoblayman. Oyimning aka-ukalari menga amaki bo‗lib, meni erkaklar qatoriga o‗tkazish (initsiatsiya) marosimiga tayyorlash va tarbiya qilishga javob beradi. Uning bolalari menga amakivachcha singillarimga uylanishim mumkin, ayniqsa, ona urug‗idan, ammavachchalarga» 47 . Shimoliy Avstraliyada U. Cheslingning ta‘rificha, yigit ona tomonidan aka-ukasining qiziga uylanishi mumkin, ammo dadasining singlisi qiziga uylanishi qat‘iyan taqiqlangan. Mazkur nikoh tartiblarini buzish juda katta gunoh hisoblangan va kim uni buzsa yo qatl qilingan, yo urug‗dan haydalgan 48 .
marosimi amalga oshirilgan. Iqtisodiy yoki sotsial tabaqalanish bo‗lmaganligi tufayli avstraliyaliklar jinsiga qarab bo‗lingan. Shuning uchun ham, masalan, o‗g‗il bolalarni ovchilar guruhiga o‗tkazish uchun bolaning yoshligidan tarbiyalashgan. Dastlab, ular voyaga yetgach boshqalardan ajratib qo‗yilgan va ba‘zi taomlarni iste‘mol qilish man qilingan, tishlarini urib sindirish, badanini jarohatlash, o‗tda tutatish kabi jismoniy sinovlardan o‗tkazilgan. Bir necha yilga cho‗zilgan initsiatsiya marosimlarida yoshlarni qabila urf - odatlari, afsona va rivoyatlari bilan tanishtirganlar, qariyalarni hurmatlash va tartib-qoidalarga qattiq rioya qilishni,
47 Dik Rafsi. Luna i raduga.-M., ,,Nauka‘‘,-1978. 21 s. 48 Chesling U. Sredi kochevnikov Svernoy Avstralii.-M., 1961. 83s. 34
ovchilik va boshqa kasb sirlarini egallash mahoratini o‗rgatganlar. Sunnat marosimi Dik Rafsi ma‘lumotlariga qaraganda, qabila a‘zolarining maxsus maydoniga to‗planishi bilan boshlanadi, u yerga beliga to‗qilgan belbog‗ bog‗langan bolani olib kelib erkaklar orasiga o‗tkazadilar. Ikki kun davomida erkak va ayollar ashula aytib raqsga tushadilar. Uchinchi kuni ertalab bolaning qarindoshlaridan uch kishi yerga cho‗zilib yotadi, ularning ustiga bola yotqizilib, baliq suyagidan ishlangan maxsus pichoq bilan sunnat qilinadi va kesilgan joyga kul sepiladi. Kesib olingan qismi choy daraxti qobig‗iga o‗rab qo‗yiladi va olti oydan keyin uni bolaning o‗ziga sovg‗a qiladilar 49 . Sunnat qilingan bola o‗rnidan turib, o‗t yoqilgan o‗choq oldida tiz cho‗kadi va kesilgan joyini quritadi. Marosim tugagach, o‗spirin bir oz vaqt yolg‗iz yashaydi, muayyan ovqat yeydi, boshqalar bilan faqat imo-ishora bilan gaplashadi. U amakisining tarbiyasida yarim yil davomida jamoadan ajralgan holda yashaydi. Amakisi unga ov sirlarini, qabila qonunlarini, nayza va boshqa qurollardan foydalanish usullarini o‗rgatishi zarur.
Shu muddat o‗tgach, bolani dengiz sohiliga olib borib cho‗miltiradilar, turli sovg‗alar in‘om qiladilar, ayollardan biri uning boshiga to‗r soladi. Demak, bola endi ovchilar qatoriga o‗tgan hisoblanadi. O‗sha kecha yana bazm boshlanadi, ashula aytilib, muqaddas o‗yinlar ijro etiladi. Ashulachi oldiga o‗tkazilgan o‗spiringa yana sovg‗alar beriladi. Eng birinchi sovg‗a sifatida sunnatda kesilib quritilgan va choy daraxtiga o‗ralgan falos qismi topshiriladi. Keyin nayza, bumerang, to‗r va boshqa in‘omlar beriladi. Oxirida qaysi qiz unga kelin bo‗lib atalganligi e‘lon qilinadi. Shuning bilan sunnat marosimi tugaydi, o‗spirin endi ovchi erkaklar guruhining to‗liq huquqli a‘zosi hisoblanadi. Alalxusus, qizlarni ham ma‘lum yoshga yetganlarida muayyan marosimlar o‗tkazib oilaviy hayotga tayyorlaganlar. Barcha dastur va marosimlarni o‗tkazishda tajribali va hurmatli, yoshi katta mo‗ysafidlarga tayanganlar. Ular bu marosimlarda rahbarlik qilganlar. Qabilalar orasidagi mojaro va kelishmovchiliklar ba‘zan urushga olib kelgan.
49 Dik Rafsi. Luna i raduga.-M., ,,Nauka‘‘,-1978. 25 s. 35
Urushga odatda qabila hududini egallash, xotinlarni olib qochish, sehrgarlikda ayblash, urug‗doshlarni o‗ldirish va hokazolar sabab bo‗lgan. Xun olish avlodma- avlod o‗tib kelgan. Ammo qirg‗inbarot urushlar juda kam bo‗lgan. Odatda qabilalararo to‗qnashuvlar va yoki janjallar bir necha qurbonliklar yoki yaradorlar paydo bo‗lishi bilan to‗xtatilib, tinchlik muzokaralari boshlangan va maxsus marosimlar bilan tugagan. Qabilalar orasidagi munosabatlar ko‗pincha tinch-totuv xarak-terga ega bo‗lgan. Qabilalar o‗rtasida tosh qurol-aslaha va buyumlar, noyob xomashyo (bo‗yoq, narkotik o‗simlik, chaqmoqtosh va hokazo) almashib turilgan. Har bir qabilaning o‗z almashuv mahsuloti, uning o‗rniga oladigan moli ham aniq bo‗lgan. Almashuv savdosi odatda maxsus marosim va bayramlar bilan nishonlangan 50 .
bo‗lsalarda, ulardagi xalq ijodiyoti namunalari o‗ziga xosligi bilan ajralib turadi. Avstraliyaliklar xalq og‗zaki ijodi folklor nisbatan yaxshi o‗rganilgan. Tadqiqotchilar turli afsonalar, ertaklar, hikoyalarni yozib qoldirganlar. Ulardan totemlari haqidagi rivoyatlar, dunyoning paydo bo‗lishi, osmon yoritgichlari, odamlarning vujudga kelishi, to‗fon, g‗ayritabiiy kamalak ilon xaqida va boshqalarni misol keltirish mumkin. Avstraliyaliklar ertaklari juda ham sodda bo‗lib unda, hayvonlar, ba‘zida afsonaviy yarim hayvon, yarim odamlar viloyat bo‗ylab sayohatga chiqadi, ov qilishadi, taom yeb uxlashadi, urushadilar, bir - birlarini o‗ldiradilar, umuman ertakni so‗zovchilar kabi hayot kechirishadi. Avstraliyaliklar musika san‘atining asosiy sohasi qo‗shiq aytish bo‗lib, unga ritm harakatlari bilan jo‗r bo‗lishadi. Musika asboblari Avstraliyada deyarlik uchramaydi. Ba‘zida qo‗shiqchi ovozini kuchaytirish uchun yog‗ochdan yasalgan karnaysimon uzunligi 60 sm, eniga 5 smli trubadan foydalaniladi. O‘yinlar muzika jo‗rligida olib borilgan. Aborigenlar o‘yin-raqslari yevropaliklar tomonidan - korrobori deb nomlangan 51 . Avstraliyaliklar o‗yinlariga xos asosiy belgilar, bu ularning guruhiyligi, tasviriyligi
50 Takarev S.A. Rannie formi religii... 81 s. 51 Salimov T. Avstraliya va Okeaniya xalqlari.-T., 2003. 30-bet. 36
ifodali ekanligi hamda ularga katta e‘tibor qaratilganidadir. Raqsda erkaklar ov sahnalarini tasvirlashga harakat qilganlar. Go‗zallikka intilish avstraliyaliklarni qalqon palitsa, bumeranglarini, qoyalarga, toshlarga ajoyib tasvirlarni tushurishga ilhomlantirgan. Badiiy tasvirga tasavvurlarning qo‘shilishi esa muqaddas suratlarning yaratilishiga asos bo‘lgan. Natijada tasviriy san‘at 2 ta: muqaddas, diniy – sehrgarlik mavzusidagi va estetik zavq bag‗ishlovchi bezak hamda rasmlarga bo‗linadi. San‘atning yana bir turi badanni naqsh va rasm-chizmalar bilan bezashdir. Uning davomi sifatida avstraliyaliklar qurollari va buyumlari (churinga, vaninga va hokozolarni), qoya hamda g‗orlarda ajoyib tasvirlar qoldirganlar. Kesish, uyib rayem solishdan tashqari, aksari hollarda bo‘yoq bilan tasvir tushirilgan Buyeklar turi cheklangan bo‘lib: oq tuproq yoki gipedan oq bo‘yok sifatida, oxradan - sariq va qizil, ko‗mirdan-qora bo‘yoq sifatida foydalanilgan. Boshqa ranglar bo‗lmaganidan ularning nomlari ham avstraliyaliklar tillarida uchramaydi. Avstraliyaliklar bilimlari yashab turgan joylari, undagi oziq va o‗simliklar, hayvonot olamini
mukammal bilishga yo‗naltirilgan. Tadqiqotchilar aborigenlarning kimsasiz dashtda iul, suv, taom topa olishlariga alohida e‘tibor qaratishgan. O‗zlari kuchib yuradigan hudud jamoaning qadrdon uyidek bo‗lib undagi har bir toshni, daraxtni, suv havzasini yaxshi bilganlar. Ularning amali botanikadan ajoyib bilimlari bo‗lib aborigenlar yuzlab o‗simlik, daraxt, butalar navlarini ularning foydali xususiyatlari hamda oziq sifatida ishlatish usullarini bilishgan. Ko‗chmanchi, daydilikdagi hayot tarzi tabiiy ilmiy bilimlarning taraqqiyotiga xalaqit bergan. Lekin ovchilar guruhlari, jamoalarining doimiy ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari, qabilalararo uchrashuvlar, o‗zaro almashinuvlar odamlar dunyoqarashining kengayishiga xizmat qilgani, shubhasiz 52 . Avstraliyaliklarning 300 dan ortiq o‗simliklardan oziq sifatida foydalana olishlari ham shundan darak beradi. Avstraliyaliklar tomonidan qo‗llaniladigan eng oddiy meditsina va jarrohlik uslublari ham to‗la asoslidir. Xususan, qo‗l-oyoqning yaralanishi sinishi, chiqishi hollarida ular o‗zlarini davolashni bilishib tabib
52 Elkin A. Korennoe naselenie Avstralii. –M., 1953.131 s. 37
va folbinlarga hatto murojaat ham qilmaganlar. Tadqiqotchi Arobetsning qayd etishiga bu usullarning ayrimlari yevropa meditsinasida ham tan oldi. Yarani mayin daraxt po‗stlog‘i bilan bog‘lash, qon to‗xtatuvchi vosita sifatida ko‗mir kukuni, kul, iguana yegidan foydalaniladi. Qo‗l-oyoq singanda yog‗ochdan taxtakach daraxt po‗stlog‗i bilan mahkam bog‗langan. Ilon chaqqanda, o‗sha joyni surib tishlab chaqilgan joyni qattiq bog‗lash 53 . Yarani kesish usullarini qo‗llashgan. Bosh orevmatizmda tanadan kesib qon chiqarishni bilishgan. Og‗rigan tishni ip bilan bog‗lab sug‗urib olishgan. Ba‘zida narkotik moddasi mavjud o‗simlik («ilon o‗t») kuyib og‗riqni yo‗qotish usulidan foydalanilgan. Teri kasalliklar unga tuproq qizil oxra, ba‘zi ildizlardan olingan suyuqlik yoki siydik bilan ish tez davolangan. Shamollagan, revmatik kasallarni terlash bilan davolashga harakat qilingan. Shu maqsadda janubi - sharqda yashaydigan qabilalar chuqur qazib, uning ichini bilan to‗ldiradilar, ustidan xoql yaproqlar bilan yopishib, chuqur ustini tom qilishadi, yaxshilab o‗ralgan kasal, uning ustiga yotqizilgan. Oshqozon og‗riganda asal, evkalipt shirasi, kastor yeyish uchun turli o‗simliklardan tayyorlangan nastoyka (ichkilar) berishgan. Avstraliyaliklar meditsinasi ularning sharoitiga moyil xalq tajribasidan o‗tib amalda sinalgan uslublarga asoslangani, tabiiy. Avstraliya adabiyoti ingliz tilida (aborigenlarning o‗z yozuvi yo‗q). XIX asrning I yarmida metropoliya adabiyoti ta‘sirida rivojlandi. Milliy realistik adabiyot 90-yillardagi ijtimoiy-siyosiy yuksalish muhitida yuzaga keldi. Unga T. Kollinz, X. Louson va boshqalar asos soldi. 1-jahon urushi voqealari Avstraliya adabiyotining yanada ravnaq topishiga ko‗maklashdi. Bu davr asarlarida jabr-zulm fosh qilindi, aborigenlarning fojiasi aks ettirildi (K. S. Prichard, X. X. Richardson, E. V. Palmer, K. Tennant, B. Penton va boshqalar). A. Marshall, J. Morrison prozasida, B. Adamson, M. Gilmor poeziyasida jamiyat nuqsonlari tanqid qilindi,
53 Ashirov A. Etnologiya. –T., 2014. 208-bet. 38
milliy mustaqillik g‗oyalari tarannum etildi. Irqiy kamsitish adiblarning muhim mavzusidir. Bunga F. B. Vikersning «Sarob» (1955), D. Kyuzekning «Quvg‗indagi quyosh» (1955) va «Qora chaqmoq» (1964), G. Keysining «Snoubol» (1958), D. Styu-artning «Yyendi» (1959), M. Dyurekning «Uni saqla, ona yurtim» (1955) asarlari va boshqa asarlar misol bo‗ladi. Dramaturgiyada hozirgi zamon muammolariga murojaat etilgan: A. Terner, S. Lokk-Elliot, K. Dankan, D. Kyuzek, O. Grey, R. Louler, M. Brend pyesalari. Avstraliyada me‘morlik XVIII asr oxirlarida ingliz klassitsizmi va yangi gotikasi ruhida rivojlana boshladi. XIX asrning 2-yarmidan Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida shaharlarida to‗g‗ri burchakli ko‗p qavatli uylar qurildi. XX asrning 20-yillaridan A. me‘morligida yangi oqimlar, asosan, konstruktivizm yoyila boshladi (poytaxt Kanberra, 1913—1927, me‘mor U. Griffin). Zamonaviy inshootlar orasida Sidneydagi opera teatri (me‘mor G. Zaydler), Melburndagi olimpiada stadioni (1956) va boshqalar diqqatga sazovor. Avstraliya badiiy madaniyati ikki asosga ega. Ularning biri aborigenlar san‘ati (o‗ymakorlik, bumeranglarga naqsh solish, g‗orlardagi qoya toshlarda inson qiyofasini tasvirlash), ikkinchisi — yevropacha madaniyat. XVIII-asrning oxiri — XIX-asrning boshlarida Avstraliya tabiatining aynan aniq tasviri (K. Martene, A. L. Byuvelot), hajviy grafika (S.T.Xill) paydo bo‗ldi. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida hayotiy rang tasvir milliy maktabi rivojlandi (rassomlar J. U. Lambert, F. Mak-Kabin, N. Kunixon, haykaltarosh P. Dadsuel). XX asrning 40-yillarida aborigenlarning yangi san‘ati vujudga keldi (Namatjir va Parerulya oilalari) shu kabilar 54 . Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling