Avstraliya va Okeaniya
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon etnomadaniyatida avstraliya va okeaniya xalqlarining tutgan orni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili.
Dissertatsiyada
jahon
etnomadaniyatida Avstraliya va Okeaniya xalqlarining tutgan o‘rnini yoritish jarayonida Avstraliya aholisining etnik tarixi, an‘anaviy xo‘jaligi moddiy va ma‘naviy madaniyati, Okeaniya, Polineziya, Mikroneziya, Melaneziya xalqlarining etnomadaniyati teran bayon etildi. Tadqiqotning asosiy farazlari shundan iboratki, dissertatsiyaning asosiy masalalarini ilmiy tahlil qilishda o‘rganilayotgan mintaqa o‘ziga xos etnografik makon ekanligi, tub aholi boy tarix va etnomadaniyat sohibi bo‘lganligi aniqlandi, chunki dunyoning boshqa hududlariga nisbatan o‘rganiladigan mintaqaga qadimdan odamlar joylashgan hamda o‘ziga xos boy etnomadaniy an‘analar yaratishgan.
6
Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Jahon etnologiyasida muhim o‘rin tutgan Avstraliya va Okeaniya xalqlari haqida tarix-etnografiya ma‘lumotlari juda ozchilikni tashkil qiladi. XX asrda mintaqa etnografiyasini o‗rganish bo‗yicha ma‘lum tadqiqotlar olib borildi. Norvegiyalik olim Tur Xeyerdal o‘tgan asr boshlarida Polineziya xalqlarining o‘rganib, ,,Kon Tikida sayohat‘‘ 5 nomli asar yaratdi. Shuningdek olim ,,Qadimgi odam va okean‘‘ 6 nomli asarini 1982-yilda yozgan. Yevropalik olimlardan F.Rous 1981 yilda ,,Avstraliya aborigenlari‘‘ 7 nomli kitobini yozgan. Tadqiqotchi G.Damm ,,Kanaka-janubiy dendiz odamlari‘‘ 8 nomli kitobini yozgan. D. Rafsi ,,Oy va kamalak‘‘ 9 (M., 1978), U. Chesling ,,Shimoliy Avstraliya ko‘chmanchilari orasida‘‘ 10 (M., 1961) kabi ilmiy asarlarini yaratishgan. Avstraliya va Okeaniya xalqlarining etnografiyasini o‘rganishda Rossiya olimlari samarali ishlashgan. XIX asr 70-yillarida mashhur rus sayyohi N.N.Mikluxo-Maklayning Avstraliya va Okeaniya xalqlari etnografiyasini o‗rganishdagi ulkan hissasini alohida ta‘kidlash joizdir. Olimning 160 dan ziyod asarlari bosilib chiqqan. Sayyoh Yangi Giveniyadagi papuaslarni o‘rganish uchun besh marta ekspeditsiya uyushtirgan va boy material to‘plagan. Mashhur sayyohning XX asrning 50-yillarida besh tomligi bosilib chiqqan va 90-yillarda besh tomli saylanmasi qayta nashr etildi. XX asrning 50-yillari oxirlarida ,,Jahon xalqlari‘‘ turkumida ,,Avstraliya va Okeaniya xalqlari‘‘ salmoqli monografiyasi nashr etilgan edi. Rus olimlaridan N.A.Butinov ,,Yangi Giveniya papuaslari‘‘ 11 (M.,1968), K.V.Malaxovskiy ,,Solomonov orollari‘‘ 12 (M., 1978), P.I.Puchkov ,,Okeaniya aholisi‘‘ 13 (M.,1967),
5 T.Xeyerdal. Kon Tikida sayohat. -T.: 1874. 6 T. Xeyerdal. Qadimgi odam va okean. -T.: 1981. 7 F.Rous. Avstraliya aborigaenlari. -T.: 1981. 8 G.Damm. Kanaka-janubiy dengiz odamlari. -M.: 1964. 9 D.Rafsi. Oy va Kamalak.—M.: 1978. 10 U. Chesling. Shimoliy Avstraliya ko‘chmanchilari orasida. –M.: 1961. 11 N.A.Butinov. Yangi Gveniya papuaslari.-M.: 1968. 12 K.V.Malaxovskiy. Solomonov orollari. –M.: 1978. 13 P.I.Puchkov. Okeaniya aholisi. –M.: 1967. 7
,,Melaneziya aholisining shakllanishi‘‘ 14 (M.,1968) va ,,Avstraliyaning etnik taraqqiyoti‘‘, (M.,1978) kabi olimlar tadqiqotlarida ma‘lumotlar mavjud. Avstraliya va Okeaniya aholisi etnografiyasi haqida o‘zbek tilida asarlar juda kamchilikni tashkil qiladi. Jumladan, I.Jabborovning ,,Jahon xalqlari etnologiyasi‘‘ (T.,2005), ,,Jahon etnologiya asoslari‘‘(T., 2008) darsliklari 15 , T.Salimovning ,,Avstraliya va Okeaniya xalqlari‘‘ 16 o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi (T.,2003), A.Ashirovning ,,Etnologiya‘‘ (T.,2007, 2014) 17 , o‘quv qo‘llanmalarida mintaqa etnografiyasiga oid ma‘lumotlar keltirilgan. Shuningdek, dissertatsiyani yozishda B.Aminovning ,,Etnografiya olamiga sayohat‘‘(T., 1969) 18 , risolasidan K.Gadoyev, S.Berdiyevaning ,,Jahongashta sayyoh olimlar‘‘ 19 (T., 2012) kitobidan, hamda O‗zbekiston Milliy Ensklopediyasining tegishli jiltlaridan hamda Internet matriallaridan foydalanildi. Mazkur manbalardagi ma‘lumotlar qiyosiy tahlil qilindi, ilmiy yo‘nalishga kiritilib, dissertatsiya yaratildi.
Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling