Avstraliya va Okeaniya
Download 1,07 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon etnomadaniyatida avstraliya va okeaniya xalqlarining tutgan orni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
- Tadqiqot ob’ekti va predmedining belgilanishi.
- Tadqiqot maqsadi va vazifalari.
- Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
3 Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. Mustaqil O‗zbekistonning ijtimoiy-gumanitar fanlari sohasi olimlari oldida jahon tarixini, jumladan, Vatanimiz tarixini haqqoniy va to‗laqonli o‗rganish masalasi dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo‗yildi. Bu haqda Prezidentimiz I.A. Karimovning mamlakatimizning yetakchi tarixchi olimlari bilan uchrashuvdagi, nutqi va ma‘ruzalarida hamda davlat va hukumat miqyosida qabul qilingan qarorlarda ham o‗z aksini topgan 1 . Yurtboshimiz I.A. Karimov e‘tirof etganidek: ,,Ma‘lumki, har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma‘naviy qarashlari o‗z-o‗zidan, bo‗sh joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo‗lishini hammamiz yaxshi bilamiz‘‘ 2 .
kelib chiqishi, an‘anaviy xo‗jaligi, o‗ziga xos moddiy va ma‘naviy madaniyati, antropologik va lingvistik belgilari, marosimlari va maishiy turmush tarzlarini o‗rganish jarayonida har bir etnosning jahon sivilizatsiyasida o‗z o‗rniga ega ekanligi haqidagi keng qamrovli ma‘lumotlarni beradi 3 .
Etnografiya bo‗yicha o‗quv mashg‗ulotlari yer yuzidagi ma‘lum bir mintaqada yashovchi xalqlarning tabiiy- geografik joylashuvi, etnogenezi va etnik tarixi, antropologik (irqiy) va etnolingvistik (lisoniy) xususiyatlari, moddiy madaniyati, maishiy turmush tarzi, ijtimoiy hayoti va oila-nikoh munosabatlari, marosimlari va urf-odatlari va diniy e‘tiqodlarini o‗zida mujasamlashtiruvchi eng ustuvor masalalar tizimidan tarkib topgan. Yer yuzida hattoki, ibtidoiy jamiyat darajasida turgan etnik tip-urug‗ qabilalaridan tortib, to katta kichik xalq va elatlargacha mavjud. Jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan notekis rivojlanish natijasida ayrim xalq va elatlarning hali ham juda qoloq ibtidoiy tuzumda, ba‘zilari esa o‗rta
1 I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. –T.: 1998. 2 I.A.Karimov.Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch.-T.: Manaviyat, 2008. 7-bet.
4
asrlar davri madaniyati darajasida qolganligi ma‘lum. Bunday elat va etnik guruhlar Avstraliya, Afrika, Markaziy Amerika va Osiyoning ba‘zi yerlarida hozirgacha saqlanib qolgan. Ular juda kam bo‗lsa-da, ammo ibtidoiy urug‗ qabilachilik tuzum qonun-qoidalari, urf-odat va marosimlari patriarxal turmush tarzi an‘analariga haligacha amal qilib kelmoqdalar 4 .
Jumladan, dunyodagi beshinchi qit‘a hisoblanadigan Avstraliya va Okeaniya o‗ziga xos etnografik mintaqa hisoblanib, uning aholisining etnik tarkibi an‘anaviy xo‘jaligi, moddiy va ma‘naviy madaniyati kabilar Yer kurrasining boshqa mintaqalaridan keskin farq qiladi. Mahalliy aholi-aborigenlar etnomadaniyati qoldiqlari hamon saqlanib qolgan. Mintaqa xalqlari jahon etnomadaniyatida o‘z o‘rniga ega. Shu boisdan mazkur mintaqa xalqlarining jahon etnomadaniyatida tutgan o‘rni dissertatsiya mavzusi uchun asos qilib olindi. Jahonda o‗ziga xos etnografik makon hisoblangan Avstraliya va Okeaniya xalqlarining jahon etnomadaniyatida tutgan o‗rni, aholisining etnogenezi va etnik tarixi, an‘anaviy xo‗jaligi hamda moddiy va ma‘naviy madaniyatida sodir bo‘lgan transformatsiyon o‘zgarishlar, aholi hayotidagi inavatsiyon etnomadaniy jarayonlar etnologiya fanida yetarlicha o‘rganilmagan. Yangi tarix-etnologik manbalar, adabiyotlar va boshqa turli ma‘lumotlar asosida Avstraliya va Okeaniya xalqlarining jahon etnomadaniyatida tutgan o‘rnini xolisona yoritishni taqoza etmoqdaki, bu mazkur mavzuning nihoyatda dolzarb ekanligini ko‗rsatadi. Tadqiqot ob’ekti va predmedining belgilanishi. XX asrninig so‗ngi choragidan boshlab fanning tadqiqot obe‘kti va metodlarida ham jiddiy o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. Endilikda etnologik yo‗nalishda tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar nafaqat zamonaviy industrlashgan millatlar va madaniyatlarni, balki arxaik turmush tarzi sohiblari bo‗lgan xalqlarni etnomadaniyatini ham tadqiqot ob‘ekti sifatida o‗rganishga jiddiy e‘tibor qaratmoqdalar. Hozirgi davrda jahonda ko‗plab kichik etnoslar etnomadaniyati ham tadqiqotchi olimlar diqqatini toboro o‘ziga tortmoqda.
4 Jabborov I.M. Jahon etnologiya asoslari. -T.: 2005. 6-bet. 5
Jahondagi aksariyat mamlakatlar qatorida Avstraliya va Okeaniyadagi bir qator mayda va kichik orollardagi xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va moddiy-ma‘naviy madaniyati, mintaqa aholisining jahon etnomadaniyatida tutgan o‗rni hozirda tadqiqotchilarda katta qiziqish uyg‗otmoqda. Shu boisdan mazkur dissertatsiyaning tadqiqot ob‘ekti sifatida tanlandi. Maskur mintaqa xalqlarining jahon etnomadaniyatida tutgan o‘rnini dissertatsiya shaklida ilmiy tarzda yoritish tadqiqotimizning predmeti sifatida belgilandi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Ushbu magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi- jahon etnomadaniyatida Avstraliya va Okeaniya xalqlarining tutgan o‗rnini yangi tarix-etnografiya ma‘lumotlari asosida dissertatsiya shaklida xolisona ilmiy yoritib berishdan iboratdir. Mazkur maqsaddan quyidagi eng muhim vazifalar kelib chiqadi: -Avstraliya aholisining etnik tarixi, an‘anaviy xo‗jaligi, moddiy va ma‘naviy madaniyatini yoritish; -Okeaniya xalqlari etnomadaniyatini bayon etish; -Polineziya va Mikroneziya xalqlari etnomadaniyatini ochib berish; -Jahon etnomadaniyatida Avstraliya va Okeaniya xalqlarining tutgan o‗rnini to‘laqonli ilmiy tarzda yoritish. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
Download 1,07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling