Avstraliyaning geografik o'rni, O'rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi
Download 17.96 Kb.
|
6 31
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi. I Tashkiliy qism.
- Geografik o’rni.
- Villyem Yanszondir
- Foydali qazilmalari.
- Relyefi.
6 - sinf, . sana Mavzu : AVSTRALIYANING GEOGRAFIK O'RNI , O'RGANISH TARIXI , GEOLOGIK TUZILISHI , FOYDALI QAZILMALARI. RELYEFI. Maqsad: Ta’limiy maqsad: yangi mavzu yuzasidan o’quvchilarda BMK xosil qilish Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni MIG’ va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash Rivojlantiruvchi maqsad : o’quchilarni erkin fikrlashga o’rgatish, dunyoqarashini kengaytirish Dars turi: yangi bilim berish. Dars metodi: an’anaviy, aqliy hujum, suhbat, …. Dars jihozi: jahon va O’zbekiston siyosiy haritasi, turli tarqatmala, globus…. Darsning borishi. I Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash. O’quvchilarni darsga tayorligini tekshirish. II O’tilgan mavzuni takrorlash III Yangi dars bayoni. Avstraliyaning asosiy xususiyatlari. Eng mitti, eng past, eng quruq materik, xaltali hayvonlar vatani, sayyoramizning yaxlit noyob qo’riqxonasi, o'rtasidan Janubiy tropik chizig’i o’tadi, evkalipt daraxti vatani (bo’yi 2 m dan 150 m gacha), materikdagi berk havza maydoni (60%) jihatidan birinchi o'rinda, yagona davlat - Avstraliya iltifoqi bor, aholisining yarmi ikkita shaharda (Sidney, Melbum) yashaydi. Geografik o’rni. Avstraliya (lotincha “australius“ -janubiy) to’liq Janubiy yarimsharda joylashgan. Materik o’rtasidan janubiy tropik chizig’i o’tganligi uchun uning shimoliy qismi issiq yoritilish mintaqasiga, janubiy qismi esa mo’tadil yoritilish mintaqasiga to’g’ri keladi. Quruqlikni shimol, g'arb va janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o’rab turadi. Maydonining kichikligiga ko’ra unga materik-orol nisbatini berishgan. Odam yashaydigan materiklardan ancha uzoqda joylashgan. O’rganish tarixi. Avstraliya odam yashaydigan materiklar orasida eng keyin kashf etilgan. Yevropaliklardan birinchi bo’lib Avstraliya quruqligiga qadam qo’ygan kishi gollandiyalik Villyem Yanszondir. U 1606-yilda Keyp-York yarimorolini tekshirdi va materikka Yangi Gollandiya deb nom berdi. Shu sana Avstraliyaning kashf etilgan vaqti bo’lib, geografiya tarixiga kirdi. Keyinchalik, ispaniyalik L. Torres, gollandiyalik A.Tasman va boshqalar materikni o’rgandilar. Geologik tuzilishi. Avstraliya ham Afrika singari qadimgi geologik o’tmishda Gondvana materigining bir qismi bo’lgan. Mezozoy erasining oxiriga kelib Avstraliya mustaqil materik tariqasida shakllandi. Materik asosini qadimgi qattiq va mustahkam platforma tashkil etadi. U Hind-Avstraliya litosfera plitasining bir bo’lagidir. Platformaning mustahkam kristalli zamini materikning shimolida, g’arbida va markaziy qismlarida yer yuzasiga chiqib yotadi. Sharqiy qismidagi Katta Suvayirg’ich tizmasi gersin tog’ burmalanishida ko’tarilgan. Lekin nurash ta’sirida pasayib qolgan. Platformaning botiqlari va dengiz sohillari cho’kindi tog’ jinslari bilan qoplangan. Demak, qadimgi magmatik va metamorfik jinslar past tog’, plato va yassi tog’liklarda, cho’kindi jinslar pasttekislik, tekislik va daryo havzalarida tarqalgan. Keyingi tektonik harakatlar natijasida Yangi Gvineya, Tasmaniya materik-orollari quruqlikdan ajralib qolgan. Foydali qazilmalari. Platformaning zaminida temir, mis, qo’rg’oshin, rux, uran rudalari, qalay, oltin, platina kabi rudali qazilmalar joylashgan. Cho’kindi jinslar bag’rida fosforit, osh tuzi, toshko'mir va qo’ng’ir ko'mir, neft, tabiiy gaz tarkib topgan. Avstraliya temir va rangli metallar (boksit, qo’rg’oshin, rux, nikel) hamda uran zaxiralari bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinda turadi. Ko’pgina qazilma boyliklar yer yuzasiga yaqin joylashgan. Shu bois, ular arzon - ochiq usulda qazib olinadi. Avstraliya rux, qo’rg’oshin va kumush qazib chiqarishda dunyoga mashhur. Relyefi. Materikning 95% hududi pasttekislik va yassi tog’liklardan, 5% i tog’lardan iborat. Avstraliya relyef tuzilishiga ko’ra uch qismga ajraladi. Birinchisi, G’arbiy Avstraliya yassi tog’ligidir. U yassi tog’lik va baland tekisliklaridan iborat. Nurash natijasida yemirilib, pasayib qolgan balandliklar va qoldiq tog’lar ko’zga yaqqol tashlanadi. Bunga yassi tog’liklar ustidan baland ko’tarilib turgan Makdonnell (Zil cho’qqisi - 1510 m) va Xamersli (Brus cho’qqisi - 1226 m) tog’lari misol bo’ladi. Kelib chiqishiga ko’ra ularni palaxsali tog’lar guruhiga kiritish mumkin. Ikkinchisi, Markaziy pasttekislik bo’lib, u materikning eng past va yassi tekisliklaridan iborat. Ular dengiz va daryo yotqiziqlaridan tuzilgan. VI Dars yakuni. Yangi mavzuni xulosalash. O’quvhilarni baholash. Uyga vazifa: Test tuzish,mavzuni, o’zlashtirish Download 17.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling