Avto-texxizmat-F


Korxonaning boshqaruv tizimining tuzilmasi va tavsifi


Download 335.31 Kb.
bet2/5
Sana22.06.2023
Hajmi335.31 Kb.
#1650007
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-курсга хисобот Avto-tex

2. Korxonaning boshqaruv tizimining tuzilmasi va tavsifi.


Farg‘ona “Avto-texxizmat-F” AJ korxonasi tarkibi. Barcha tsexlar va qurilmalarni o’z ichiga oluvchi zamonaviy mashinasozlik korxonalarining vazifasi va tavsifi bo’yicha ularni bir necha guruhga bo’lish mumkin. Farg‘ona “Avto-texxizmat-F” AJ tarkibi uning ishlab chiqarayotgan mahsuloti hajmi, texnologik jarayon tavsifi, mahsulot sifatiga qo’yilgan talab va boshqa ishlab chiqarish omillariga asosan aniqlanadi.

Tarkibi va ishlab chiqarish tsikli bosqichiga qarab mashinasozlik korxonalari quyidagi 3 turga bo’linadi.


Birinchi turga – to’liq ishlab chiqarish tsikliga ega bo’lgan, mashinani tayyorlashning barcha bosqichlarini o’z ichiga olgan korxonalar kiradi. Bunday korxonalarda barcha asosiy guruhdagi tsexlar, ya’ni tayyorlov, ishlov beruvchi va yig’uv tsexlari mavjud bo’ladi.
Ikkinchi turga - mashinalarni ishlab chiqarish uchun faqat zagotovkalar tayyorlaydigan korxonalar kiradi, ya’ni quyma, bolg’alangan zagotovka, shtampovkalar bilan boshqa korxonalarni ta’minlaydi. Bunday korxonalarning yirik quyish va temirchilik tsexlari korxonaning asosiy tsexlari bo’lib hisoblanadi. Bu korxonalarda tayyorlangan zagotovkalarga qisman mexanik ishlov ham beriladi, ya’ni nuqsonni aniqlash uchun sirtlar tozalanadi.
Uchinchi turga - boshqa korxonalardan olingan zagotovkalarga mexanik ishlov berish va mahsulotni yig’ish hamda boshqa korxonalarda olingan tayyor detal va uzellarni yig’ish korxonalari kiradi. Birinchi holatda korxona tarkibi asosiy ishlov beruvchi va yig’uv tsexlari, ikkinchi xolatda esa faqat yig’uv tsexlari mavjud xolos.
Umuman olganda korxona tarkibida quyidagi tsex guruhlari: tayyorlov tsexlari, ishlov beruvchi va yig’uv tsexlari, yordamchi tsexlar, ombor, energetika, transport, sanitartexnik va umumkorxona qurilmalari guruhi mavjud bo’ladi.



3. Zagotovka turini tanlash va uni olish usulini aniqlash.
Zagotovkalar toza va xomaki zagotovkalarga bo’linadi. Toza zagotovka deganda tayyorlangandan keyin kesib ishlanmaydigan, o’lchamlari va tozaligi tayyor detal chizmasida ko’rsatilgan o’lcham va tozalikka to’g’ri keladigan zagotovkalar tushuniladi. Xomaki zagotovkalar chizma talablariga muvofiq keladigan o’lcham, aniqlik va tozalikdagi detal hosil qilish maqsadida qo’yim kesib olish uchun mexanik ishlanish zarur bo’lgan zagotovkalardir.
Mashina detallari uchun zagotovkalar asosan quyidagi usullar bilan tayyorlanadi:

  • qora va rangli metallardan quyish yo’li bilan;

  • bosim bilan ishlash (bolg’alash va shtamplash) orqali;

  • qora va rangli metallar prokatidan;

  • metallokeramikadan (kukun metallurgiyasi yo’li bilan);

  • payvandlash – zagotovka qismlarini bir butun qilib ulash yo’li bilan;

  • metallmas materiallardan (plastik massalar va boshqalardan).

Zagotovka olish usulini tanlash, detalni o’lcham va materiali, ishchi vazifasi, uni tayyorlashga texnik talablar, yillik dastur va umumiy tuzilishi kabi omillar belgilab beradi. Bu masalani xal qilishda zagotovka o’lchami va tuzilishi detalni o’lcham va tuzilishiga maksimal yaqin bo’lishini ta’minlash kerak. Lekin shuni unutmaslik kerakki, zagotovka aniqligini oshirish va tuzilishini murakkablashtirish uni tannarxini oshishiga olib keladi. SHuning uchun ham zagotovka olishni optimal usuli qilib, zagotovka tannarxi kam bo’lgandagi usuli hisoblanadi.
Metallarni bosim bilan ishlash. Metallarni bosim bilan ishlash usullarining sanoat korxonasi miqyosidagi mohiyati, unumdorligi va tejamkorligi. Sovuq va issiq holatda bosim bilan ishlashning nazariy asoslari. Plastik deformatsiyani metallarning strukturasi va xossasiga ta’siri. Bosim bilan ishlash mumkin bo’lgan metall va qotishmalar. Bosim bilan ishlash rejimlari. Zogotovkalarni qizdirish harorati va qizitish pechlari. Bolg’alash, shtamplash, cho’zish, presslash, xomaki-tayyorlash (kesish, qirqish), bosim bilan shakl berish jihozlari, asbob-uskunalarining tuzilishi, ishlash tamoyillari. Mehnatni, atrof muhit va tabiatni muhofaza etish muammolari.
Quymakorlik. Sanoat korxonasi miqyosida quymakorlikning tutgan o’rni. Qo’llanilayotgan quyma olish usullari, unumdorligi va tejamkorligi. Quyma olish uchun qo’llaniladigan metallar va qotishmalarning markalari va xossalari. Metallarni eritish jihozlarining tuzilishi, ishlash tamoyillari. Quyma sifatiga ta’sir etuvchi omillar. Quyma, qolip va sterjen materiallariga quyiladigan talablar. Quyma olish usullari texnologiyasi. Quymakorlik jihozlari, asbob-uskunalarning tuzilishi, ishlash tamoyillari. Oddiy quyma olish texnologik jarayonining sxematik ko’rinishlari. Quymaning qolipdan ajratib olish va quyma sifatini tekshirish usullari. Quymakorlikka oid mehnatni, atrof muhitni va tabiatni muhofaza qilish muammolari.
Zagotovka olish usullarini taxlil qilish quyidagicha:

bu yerda: Si – 3600000 bir tonna material tannarxi, so’m,
=1,05 ([7], 33b) – aniqlik koeffitsenti;
=0,83 ([7], 2.8j, 33b) – murakkablik koeffitsenti;
=1,07 ([7], 2.8j, 33b) – og’irlik koeffitsenti;
=1,22 ([7], 34b) – material koeffitsenti;
=0,77 ([7], 2.8j, 33b) – serriallash koeffitsenti

4. Kesuvchi asboblar, materiallari, geometrik parametrlari. Kesuvchi asboblarni tayyorlash va charxlash usullari.

Download 335.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling