Avtoblokirovka signal qurilmasi to‘g‘rilagichining tokini aniqlash Mashg‘ulotning maqsadi
Download 42.91 Kb.
|
3-amaliy mashg`ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar
3 – AMALIY MASHG’ULOT Avtoblokirovka signal qurilmasi to‘g‘rilagichining tokini aniqlash Mashg‘ulotning maqsadi: Avtoblokirovka signal qurilmasi to‘g‘rilagichining tokini hisoblash usullarini o‘rganish va aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish. Asosiy tushunchalar Signal transformatorlari, akkumulyator batareyalar va to‘g‘rilagichlarni tanlash. Svetoforlar va chiziqli zanjirlarining manbalash qurilmalarini hisoblashda, avtoblokirovka ta’minot tizimining va qo‘llanilayotgan chiroqlarning turlarini hisobga olish kerak. O‘zgaruvchan tok tizimida, signal transformatorining kuchlanishi: UT = U + I(rc + rk), bunda U – chiroqdagi kuchlanish, V; I – chiroq iste’mol qilayotgan tok, A; rc – ulovchi simlar va rele kontaktlarining qarshiliklari, Om; rk – svetofor va releli shkaf orasidagi kabel tolalarining qarshiligi, Om. Signal transformatorining kuchlanishi aniqlangandan so‘ng transformator turi tanlanadi. O‘zgaruvchan tokda, signal zanjirlarining ta’minoti manbalari sifatida СОБС, ПОБС va СT turlaridagi transformatorlardan foydalaniladi. Akkumulyator batareyasining sig‘imini aralash manbalashda qurilmalarni halokatli manbalashni ta’minlash kerak bo‘lgan vaqtga nisbatan hisoblanadi. Manbalovchi batareyani kuchlanishini o‘zgaruvchan tok avtoblokirovkasidagi transformator kuchlanishi kabi aniqlanadi, ammo bunda releli va batareyali shkaflar orasidagi ulovchi simlardagi kuchlanishni tushishi hisobga olinadi ∆U = I0rsh, bunda I0 – batareyaning umumiy yuklama toki, A; rsh – releli va batareyali shkaflar orasida qo‘yilgan kabel qarshiligi, Om. Manbalovchi batareya kuchlanishi: UGB = U + I0rsh + I(rc + rk). Tok manbasi va svetofor orasidagi masofa 30 metrdan kichik bo‘lsa, akkumulyator batareyasi AБН turidagi oltita akkumulyatorlardan yig‘iladi. Agar, manbadan chiroqqacha bo‘lgan masofa 30 m dan ortiq bo‘lsa, unda akkumulyator batareyasini yettita akkumulyatorlar kabi yig‘iladi. Aralash ta’minot tizimida batareyalarni zaryadlash uchun ВAK turidagi to‘g‘rilagichlar qo‘llaniladi. Batareyaning normal ishlashi uchun, zaryadlovchi to‘g‘irlagichni to‘g‘-ri tanlash kerak. U, akkumulyatorlar batareyasi bir sutkada sarflaydigan energiya, shu davrda u to‘g‘rilagichdan olishi mumkin bo‘lgan energiya-dan kichik bo‘lishi kerak shartidan aniqlanadi. Agar bu shart bajarilsa, normal ish rejimida batareya zaryadlangan bo‘ladi. Halokatli ishlash rejimidan so‘ng esa, batareya minimal vaqt oralig‘ida zardlanishi kerak. Ammo, zaryad vaqtini kamaytirish, to‘g‘rilagich quvvatini oshirishni talab qiladi, bunda yuqori voltli liniyaga yuklama ham ortadi. Shuning uchun, ta’minot manbalarini loyihalashtirishda, to‘g‘rilagichlarning shunday mini-mal quvvatini topish kerak bo‘ladigan, u qurilmani normal ishlashni ta’minlovchi to‘g‘rilagich uchun etarli bo‘ladi. Amaliy jihatdan, halokatli rejimda zaryad vaqtini zaryadsizlanish vaqti-ga nisbati 10…12 ga teng deb qabul qilish mumkin. Bundan, quyidagi ifo-dalarni yozish mumkin. tz / tr = Ir / η Iz, bunda, Ir – o‘rtacha zaryadsizlanish toki, A; η – to‘g‘rilagichni eskirishini hisobga oluvchi sig‘im bo‘yicha berish koeffitsiyenti (odatda η = 0,85… 0,95); Iz – zaryad toki, A. Batareya doimiy yuklamaga ega bo‘lganligi uchun (rele va boshqa asboblar), to‘g‘rilagichdan olayotgan zaryadning to‘g‘rilangan tok It dan biroz kichikrok bo‘ladi. Sutkadagi o‘rtacha yuklama tok Iyu uchun Iz = Itη0 – Iyu, bunda η0 = 0,85 – harorat pasayishi bilan tokni kamayishini hisobga oluvchi hararot koeffitsiyenti. tz / tr = K deb belgilab K = Ir[η(Itη0 – Iyu)] ni olamiz. Bundan tug‘rilagich toki It = (Ir + K Iyuη) / K η0η. Download 42.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling