Avtomat, avtomatik liniya, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari


Download 318.42 Kb.
bet2/5
Sana08.01.2022
Hajmi318.42 Kb.
#240390
1   2   3   4   5
Bog'liq
Avtomat

berk bo‘ladi. Ochiq tizimlarda tashish qurilmalari texnologik
qurilmalarning barcha ish zonalaridan o‘tadi, berk tizimlarda esa ish
zonalaridan tashqarida o‘tadi.
Berk tizimlarda ishlov beriladigan detallar uskunaning ish
zonasiga alohida-alohida tashish qurilmalari yordamida tashib
keltiriladi.
Ochiq avtomatik tizimlar berk tizimlarga nisbatan oddiy tuzilgan.
Lekin ochiq tizimlar, odatda, uzunroq bo‘ladi, chunki ularda
detallarning bir yoki ikki tomoniga ishlov beradigan bir pozitsiyali
agregat dastgoxlar (berk tizimlardagi ko‘p pozitsiyali dastgohlar
o‘rniga) ishlatiladi.
Ochiq tranportyordan foydalanganda agregat dastgoxlarning ish
zonalarini bir sathda joylashtirish ham zarur bo‘ladi, bu esa stanoklarni
murakkablashtiradi va ularni o‘rnatish hamda geometrik aniqligini
tekshirishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, bunday avtomatik
liniyalarda korpus detallarga ko‘p tomonlama ishlov berishda
to‘ntargichlar talab etiladi, natijada tashish sistemasi murakkablashadi
va liniya uzunlashadi. Ko‘rsatilgan kamchiliklar detallarni tashish
uchun portal robotlar bilan jihozlangan berk avtomatik liniyalarda
bartaraf etilgan.
Har qaysi pozitsiyada bir vaqda ishlov beriladigan bir hil detallar
soniga qarab
bir va ko‘p oqimli liniyalar bo‘ladi, turli detallar soniga
qarab esa
- bir va ko‘p predmetli liniyalar bo‘ladi.
Avtomatik liniyalar qayta sozlash imkoniyatining mavjudligiga
qarab
qayta sozlanmaydigan va qayta sozlanadigan yoki
moslanuvchan liniyalar deyiladi. Moslanuvchan liniyalar ikki turga
bo‘linadi
:
1. Ilgaridan topshiriqda ko‘rsatilgan, o‘lchamlari va ishlov berish
tenologiyasi birhil bo‘lgan detallar guruxiga ishlov berishga
qayta sozlanadigan liniyalar;
2. Tuzilishi va ishlov berish texnologiyasi avvaldan ma’lum
bo‘lmagan yangi detallarga ishlov berishga qayta sozlanadigan
liniyalar.
Bunday liniyalar texnologik uskunalarning ayrim qismlarini,
tashish va yuklash qurilmalarini, kesish asboblarini rostlash yoki
almashtirish yo‘li bilan qayta sozlanadi.
Qayta sozlash jarayonini avtoatlashtirish darajasiga qarab
avtomatik va dastlabki qayta sozlanadigan moslanuvchan texnologik
uskunalar bo‘ladi. Avtomatik qayta sozlanadigan texnologik uskuna
mos mexanizmlar va boshqarish sistemalari bilan jixozlanadi.
Moslanuvchan texnologik uskunalar majmui moslanuvchan ishlab
chiqarish sistemasini tashkil etadi. GOST 26228-85 moslanuvchan
avtomatlashtirilgan liniyalar, moslanuvchan moslanuvchan
avtomatlashtirilgan uchastkalar, moslanuvchan avtomatlashtirilgan
tsexlar va moslanuvchan avtomatlashtirilgan zavodlarga bo‘linadi.

Moslanuvchan

avtomatik

liniyalar,

moslanuvchan

ishlab

chiqarish modullari, raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlar va
boshqa avtomatlashtirilgan texnologik uskunalar asosida yaratiladi.













Moslanuvchan

ishlab

chiqarish

modullari

topshiriqda

ko‘rsatilgan buyumga ishlov berish uchun qayta sozlanadigan asosiy
texnologik uskuna bo‘lib, dasturli boshqarish qurilmalari, asbobni va
buyumni almashtirish qurilmalari (to‘plagich, manipulyator yoki
sanoat roboti), chiqindilarni ketkazish, texnologik jarayonni nazorat
qilish va qo‘shimcha sozlash, shuningdek buyum sifatini to‘g‘rilab
turish qurilmalari bilan jihozlanadi; ish sikllarini avtomatik tarzda ko‘p
takrorlaydi; mustaqil ishlashga mo‘ljallangan va yanada yuqori darajali
sistemalarga joylashish imkoniyatiga ega.
Moslanuvchan avtomatlashtirilgan liniyalar - boshqarishning
avtomatlashtirilgan sistemasi va tashish - to‘plash sistemalari
(zagotovkalar, chala mahsulotlar, buyumlar, asboblar, moslamalar,
chiqindilar, uchun mo‘ljallangan) vositasida o‘zaro birlashtirilgan
raqamli dasturda boshqariladigan dastgohli texnologik uskunalarning
texnologik imkoniyatlarga qarab avvaldan ma’lum bo‘lgan buyum
uchun qayta sozlanadi.
Moslanuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalar ham
moslanuvchan avtomatlashtirilgan liniyalarga o‘xshash ta’riflanadi.
Moslanuvchan avtomatlashtirilgan liniyalardan farqi shundaki,
buyumlar asosiy texnologik uskunalar bo‘ylab mustaqil oqim tarzida
o‘tadi. Moslanuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalarining
moslanuvchan avtomatlashtirilgan liniyalardan farqi yana shundaki,
bunda texnologik operatsiyalar (ishlov berish) navbatini o‘zgartirish
mumkin.


Download 318.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling