Avtomat, avtomatik liniya, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari
MASHINASOZLIKDA AVTOMATLASHGAN TIZIMNING
Download 318.42 Kb.
|
Avtomat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar: Obidov A. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish. T. “O‘zbekiston faylasuflari milliy hamjamiyati” 2018.
MASHINASOZLIKDA AVTOMATLASHGAN TIZIMNING
KLASSIFIKATSIYASI Avtomatlashgan tizimlar klassifikatsiyasi. Turli detallarga mexani ishlov berishda, yig‘ishda, qadoqlashda avtomatik tizimlarni qo‘llanilishi ko‘plab konstruksion masalalarni echishni keltirib chiqaradi. Tizimlar ishlash turiga nisbatan ikki sinfga bo‘linadi: a) sinxron - qattiq, b) sinxronmas - egiluvchan. Sinxron avtomatik tizimda - zagotovkalar ishlov berish jarayonida dastgoxdan dastgohga bir vaqt oralig‘ida uzatiladi. Sinxronmas tizimda - ishlov berilayotgan detallar transportyor bilan uzvi bog‘liq bo‘lmay, ular ishlov berish joyiga to‘planishi mumkin, bu esa ishlov berish jarayonini to‘xtab qolmasligini taminlaydi. Sinxronmas tizimlar dastgoxlardan tashkil topgan bo‘lib, ularni xar biri detallarni saqlash uchun bunker va magazin bilan taminlangan. Dastgohlar egiluvchan bo‘lganligi sababli, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan xolda ishlashga ega. Transportlash tafsivi bo‘yicha ishlov berish jarayonida yoki yig‘ish tizimini - statsionar, rotorli va zanjirlilirga ajratish mumkin. Statsinar tizimlarda, detallar datsgoxga nisbatan o‘z xolatini o‘zgarirmasligi bilan tafsiflanadi bajarilayotgan ishlov berish jarayoni tugagandanso‘ng ular boshqa xolatda keyingi jarayon uchun o‘tkaziladi. Rotorli va zanjirli tizimlarda detallar uzliksiz xarakatlanadi. Xar bir rotorli dastgox o‘z o‘qi atrofida uzliksiz belgilangan tezlikda aylanadi. Bunda detalga ishlov berish transpotlash bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Vaqtni bir qismi ishov berishga, qolgani kesish asbobini surishga va detalni bir rotorli - dastgohdan ikkinchisiga o‘tishni taminlashga sariflanadi. Qirindi olib tashlash qurilmasi. Avtomatlashgan tizimlarda ko‘proq uchraydigan qirindi olish qurilmasi bular shnekli va skrebkali transportyorlardir. Ularni dastgoh ostiga o‘rnatiladi. Shnekli transportyor ishlov berish jarayonida sovitish suyuqligidan foydalangan xolda yoki sovo`tish tizimisiz olingan po‘latli va alyuminli qirindilarni chiqarib tashlashda qo‘llaniladi. Shnekni diametri 100-250 mm, bir shnekli uchun umumiy uzunlik 25-50 m, ikki shnekli transportyor uchun 40-50 m. Ularni ishlab chiqarish shneklar diametriga va soniga bog‘liq. Agar shneklar aylanishlari soni nq10 ayl/min bo‘lsa unda vint simon qirindilarni chiqarish uchun bir shnekli transportyorga 1-9 m3/soat bo‘ladi , ikkishneklida 75-14 m3/soat . Skrepkasimon transportyorlar element simon po‘lat, alyumin va chugunli qirindilarni chiqarib tashlashga mo‘ljallangan. Asosiy yulduzchani aylanishlar soni va skrebkalar qadami bo‘lsa transportyorni ishlab chiqarish bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Obidov A. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish. T. “O‘zbekiston faylasuflari milliy hamjamiyati” 2018. Islomov S.Ya. , Abduqayumov Z.A. “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi” o‘quv uslubiy majmua. Toshkent 2011 Download 318.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling