Avtomat, avtomatik liniya, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari


Download 318.42 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi318.42 Kb.
#240390
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Avtomat


AVTOMAT, AVTOMATIK LINIYA, MOSLASHUVCHAN
ISHLAB CHIQARISH TIZIMLARI

Mashinasozlikni rivojlantirishning asosiy yo`nalishi mayda
seriyalab, seriyalab, yirik seriyalab va yalpi ishlab chiqarishni
avtomatik liniyalar, uchastkalar, tsexlar va zavodlar zaminida keng
avtomatlashtirishdan iborat.
Avtomatik tizim - ishlov berish texnologik jarayonining bajarilish
tartibida o‘rnatilgan, o‘zaro avtomatik transport bilan birlashtirilgan va
avtomatik yuklash-bo‘shatish (zagotovkani o‘rnatish-tayyor detalni
olish) qurilmalari, shuningdek bir umumiy yoki bir nechta o‘zaro
bog‘langan boshqarish sistemalari bilan jihozlangan texnalogik
uskunalar majmuiga aytiladi.
Avtomatik tizimlar qo‘llaniladigan texnologik uskuna turiga
qarab
quyidagilarga bo‘linadi:
universal dastgoxlar-avtomatlar va yarim avtomat liniyalari;
ko‘p jarayonli dastgohlar;
agregat dastgoxlar tizimlari;
maxsulot dastgoxlar-avtomatlar va yarim avtomatlar tizimi;
aylanma (rotorli) texnologik uskunalar tizimi;
aralash texnologik uskunalar tizimi.
Avtomatik tizimlar ishlov beriladigan detallarni tashiydigan
transport turiga qarab
bikr (sinxron) va moslanuvchi (asinxron)
aloqali avtomatik tizimlarga bo‘linadi.
Bikr aloqali tizimlarda detallarga tizimdagi texnologik
uskunalarning barchasida bir vaqtda ishlov beriladi va ishlov
berilgandan keyin oraliq qurilmalarda to‘planib qolmasdan bir
uskunadan ikkinchi uskunaga to‘xtovsiz uzatiladi. Shuning uchun
bunday tizimlarni yaratganda har qaysi uskunadagi ish siklining davom
etish vaqti bir-biriga teng yoki kam farq qilishiga erishish zarur.
Bunday tizimlarni kamchiligi shundaki, tizimlardagi biror dastgoh yoki
biror qurilma to‘xtab qolsa, butun tizim ishlamaydi.
Moslanuvchi aloqali liniyalarda har qaysi texnologik uskuna yoki
uskunalar guruhi o`rtasida magazin-to‘plagich bo‘ladi. Natijada detal
bir uskunada ishlov berilgandan keyin avval to‘plagichga uzatiladi, bu
to‘plagichda avvaldan turgan detal esa navbatdagi uskunaga uzatiladi.
Mazkur holda tizimlardagi biror texnologik uskuna to‘xtab qolsa,
tizimning soz qismi to‘plagichlardagi detallar hisobiga ishni davom
ettira oladi. Lekin to‘plagichlar qo‘llanilganda avtomatik tizimlar
murakkablashadi.
Avtomatik tizimlar ishlov beriladigan detallarni tashish usuliga
qarab
yo‘ldoshli va yo‘ldoshsiz bo‘ladi. Yo‘ldoshli tizimlar tashish
yoki ish pozitsiyalarida moslamalarga mahkamlash uchun noqulay
murakkab shaklli detallarga ishlov berishda qo‘llaniladi. Yo‘ldoshlar
bilan jixozlangan avtomatik tizimlar detallarni texnologik uskunaning
bajaruvchi organlariga nisbatan puxta va aniq vaziyatda o‘rnatishni
ta’minlaydi. Ayni vaqtda yo‘ldoshlarni detalni qabul qilish joyiga
qaytaruvchi transport (tashish) qurilmalari avtomatik tizimlarni
murakkablashtiradi va ularning narxini oshiradi.
Avtomatik tizimlar tashish qurilmalarining texnolgik
uskunaning
ish zonasiga nisbatan joylashishiga qarab ochiq yoki

Download 318.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling