“аvtomatik boshqarish nazariyasi“ fanidan tuzuvchi: energetika fakulteti
Boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun raxmat
1.2. Boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari.
Avtomatik tizimlarini ishlab chiqish va loyihalashning quyidagi bosqichlaridan tashkil topgandir: boshqariluvchi ob’ektni o‘rganish, uni xarakteristikalarini aniqlash, parametrlarini, ish sharoitlarini, ta’sirlarni aniqlash; tizimga qo‘yiladigan talablarni sharhlash; funksional sxemani tanlash; avtomatik tizimning ishlash qonuniyati sxemasini ishlab chiqish; talablarga binoan, uning elementlarini, parametrlarini tanlash va hisoblash; tuzilish sxemasini tuzish; tizimning turg‘unligini tadqiqot qilish; dinamik tizimga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda korreksiyalovchi qurilmaning parametrlarini tanlash (boshqarish jarayoni sifatida); tizimni laboratoriya sharoitlarida tadqiqot qilish yoki modellovchi qurilmalarda tekshirish hamda sxemaga kerakli tuzatishlar kiritish; loyihalash, tayyorlash va tizimni tajriba yo‘li bilan ishlatib ko‘rish; tajribaviy ishlatish natijalarini umumlashtirib tizimni takomillashtirish uchun kerakli tavsiyanomalarni tuzish. Avtomatik tizimlarni loyihalash va tadqiqot qilish masalasi statik va dinamik rejimlarni birato‘la ko‘rib chiqilgach, hal qilinadi. CHunki avtomatik tizimlarinnig tarkibiga kiruvchi elementlar va ob’ektlar texnikaning turli sohalariga taalluqli bo‘lganligi sababli, avtomatik tizimlarning statikasi va dinamikasining umumiy masalalarini o‘rganib chiqish faqatgina mexanikaning yoki radiotexnikaning ishi emas. Yana shu narsa ma’lumki, avtomatik tizimlarining statistikasi va dinamikasi ko‘pgina muhim masalalarni texnikaning har qanday sohasida bir xil matematik va tajriba usulda tekshiriladi. SHuning uchun maxsus fan – avtomatik boshqarish nazariyoti paydo bo‘ldi. Bu fan barcha avtomatik tizimlarini tuzilish qonuniyatlarini, statik va dinamik xususiyatlarini to‘la o‘rganuvchi tadqiqod uslublarini belgilovchi elementlar parametrlarini tanlash, ularga qo‘yiladigan talablar asosida hisoblash ishlarini bajaradi. Nazorat savollari: 1. CHiziqli ob’ekt deb nimaga aytiladi? 2.Nochiziqli ob’ekt deb nimaga aytiladi? 3.Turg‘un va noturg‘un ob’ktlar qanday bo‘ladi? 4.Avtomatlashtirish tushunchasi qachon paydo bo‘lgan? 5.Avtomatik tizimlarini ishlab chiqish qanday bosqichlardan iborat? 6.Avtomatik boshqarish nazariyotining amaliy vazifalari nimalardan iborat? Etiboringiz uchun raxmat Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling