Stabillash sistemasining funksional sxemasi.
Bu erda Uber – berilgan xaroratga mos keluvchi signal; QK – boshqarish qurilmasi sifatida qo‘llaniladigan releli xarakteristikali quvvat kuchaytirgichi, u sovuq agentni kameralarning quvurlari orqali «haydovchi» bo‘lib, sovitish agregati (SA) ni qo‘shadi yoki ajratadi.
Sovutgichlarda operatsion kuchaytirgichlar ishlatilmaydi; berilgan va haqiqiy haroratlarni solishtirish bevosita amalga oshiriladi. Sxemada ushbu amal mos element bilan ko‘rsatilgan.
Sistema quyidagi tarzda ishlaydi: agar eshik ochilib, kameraga issiq mahsulotlarning bir qancha massasi quyilsa, unda kamerada harorat tezda oshib ketadi va berilgan (quyi) hamda oshib ketgan haqiqiy harorat o‘rtasidagi farq oshib ketadi va rele xarakteristikali QK qo‘shiladi hamda sovitish agregati ishlay boshlaydi. Bir qancha vaqtdan so‘ng farq boshlang‘ich qiymatdan kichik bo‘ladi va rele ajratib yuboradi. Bunday sistema faqat «bir tomon» sovitishga ishlaydi. Uning quyidagi kattaliklar tavsiflaydi: kirish - Uber, chiqish – harorat datchigidan chiquvchi kuchlanish; xolat – kamera ichidagi harorat, xalaqit – quyilgan mahsulotdagi issiqlik miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |