Avtomatik boshqarish tizimlariga asosiy kirish signallari Reja
Download 26.28 Kb.
|
Avtomatik boshqarish tizimlariga asosiy kirish signallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻzbekiston olimlarining elementlar bazasini rivojlanishiga qoʻshgan hissalari. Yangi materiallar asosida yaratilgan elementlar.
Avtomatik boshqarish tizimlariga asosiy kirish signallari Reja: Boshqarish sistemalarini elementlarini sinflanishi. Elementlarni tushunchasi fizikaviy – texnik shakillanishi. Elementlarni signallar bilan bajaradigan funktsiyasi. Oʻzbekiston olimlarining elementlar bazasini rivojlanishiga qoʻshgan hissalari. Yangi materiallar asosida yaratilgan elementlar. Boshqarish sistеmalarining elеmеntlari va qurilmalari‖ fanini oʻqitilishidan maqsad – talabalarga boshqarish sistеmalarining asosini tashkil etuvchi elеmеnt va qurilmalarning ishlash printsipiga qarab sinflanishi, turlanishi, konstruktiv tuzilishlari, statik va dinamik xaraktеristikalari, ularga qoʻyiladigan talablar asosida tanlash va sxеmotеxnik tuzilishini oʻrgatish, shuningdеk ularda yoʻnalish profiliga mos ta’lim standarti talablariga javob bеradigan bilimlar, koʻnikmalar va tushunchalarni hosil qilishdir. Avtomatik qurilmalar elementlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: ish rejimi boshqaruvining sezgir elementlari; elektrik o’zgartirgichlar (datchiklar va elektromagnitli relelar); avtomatik qurilma kuchaytirgichlari (magnitli, elektromagnitli, elektrovakuumli, yarimo’tkazgichli, porshenli kuchaytirgichlar); mexanizmlarning burchak holatlarini o’lchovchi elementlar (halqali potensiometrlar, aylanuvchi transformatorlar); teskari aloqaning richagli, elektromexanik, pnevmatik, elektronli va boshqa elementlari; avtomatik qurilmalarning ijro etuvchi mexanizmlari (elektrli, gidravlik, pnevmatik va boshqa turli). Har qanday boshqarish jarayoni to’rtda tashkil etuvchilarga bo’linishi mumkin: ob’yekt holati parametrlarining qiymatini berish yoki boshqarish haqidagi ma’lumotni olish; ob’yekt holati haqidagi ma’lumotni olish; olingan ma’lumotni qayta ishlash va qaror qabul qilish, ya’ni boshqarish signalini shakllantirish; shakllangan boshqarish signalini amalga oshirish – ishlab chiqiqgan boshqarish signaliga mos ravishda boshqarish ta’sirini amalga tadbiq etish. Avtomatik boshqarishni tadbiq etish uchun mos zaruriy elementlar quyidagilardir: topshiriq beruvchi(zadayushiy), o’lchovchi, boshqaruvchi(rostlovchi) va ijro etuvchi elementlar. Topshiriq beruvchi element (zadatchik) deb, boshqarish maqsadiga mos siganllarni ishlab chiqaruvchi elementga aytiladi. Topshiriq beruvchi qurilma sifatida oddiy reostatli zadatchiklar, kontaktli buyruq-apparatlar, kontaktsiz dasturiy qurilmalar va boshqalar ishlatilishi mumkin. O’lchovchi element ob’yekt holatini, ob’yektning chiqish parametrlarini, shuningdek tashqi muhit parametrlarini va ushbu ma’lumotni tizimning boshqaruvchi elementiga uzatishni nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Boshqaruvchi(rostlovchi) element oddiy holatda boshqariluvchi(rostlanuvchi) qiymatni berilgan qiymatdan og’ishiga proporsional boshqarish(rostlash) signalini ishlab chiqaradi. Odatda boshqaruvchi element(regulyator) juda murakkab tuzilishga ega va huddi boshqa turli elementlar (kuchaytirgichlar, filtlar, qo’shuvchi(jamlovchi) va h.k)dan tashkil topgan tizim deb ko’rish mumkin. Ijro etuvchi elementlar boshqarish ob’yekti holatini bevosita o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Ijro etuvchi elementlarga ijro etuvchi mexanizmlar va rostlash organlari taaluqlidir. Avtomatika - fan va texnikaning alohida sohasi bo’lib, bu soha avtomatik boshqarish nazariyasi, avtomatik tizimlar yaratish printsiplari va bu tizimlarda qo’llaniladigan texnik vositalar bilan shug’ullanadi. Avtomatika so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib, o’zi harakatlanuvchan moslamani anglatadi. Avtomatika fan sifatida 18-asrning ikkinchi yarmida, ya’ni ip-yigiruv, tikuv stanoklari va bug’ mashinalari kabi birinchi murakkab mashina - qurilmalarining paydo bo’lish davrida ishlatila boshlandi. Avtomatik qurilma Polzunov bug’ mashinasi (1765 y.) yaratilgan. Bu mashina oddiy shamol va gidravlik dvigatellarning o’rniga ishlatilgan va odam ishtirokisiz suvning sathini rostlagan. Avtomatik rostlashning asosiy printsiplarini ingliz olimi F. Maksvell tomonidan 1868 yilda ishlab chiqildi. Texnikaning rivojlanishi va odamlarning og’ir qo’l mexnatidan bo’shashiga qaramasdan ish jarayonlari va mehnat qurollarini boshqarish kengayib va murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo’shimcha elementlarsiz mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi. Bu esa o’z navbatida avtomatikaning muhimligini va uni rivojlantirish kerakligini isbotladi. Avtomatika - mashina texnikasi rivojlanishining yuqori pog’onasi hisoblanadi. Bunda odamlar nafaqat jismoniy mehnatdan, balki mashina, qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishdan holis bo’ladilar. Avtomatika mexnat unumdorligini oshirish, ish sharoitlarini yaxshilash, jismoniy va aqliy mexnatni bir-biriga yaqinlashtirish kabi ko’plab jarayonlar uchun xizmat qiladi. Ishlab chiqarishini avtomatlashtirish jarayoni umuman olganda uch davrga bo’linadi. Birinchi davr - ayrim texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish. Jarayonning ayrim parmetrlari avtomatlashtirilgan agregat yaqinida o’rnatilgan yirik o’lchamli asboblarning ko’rsatishiga muvofiq ravishda rostlanadi. Bunda asboblarni mashina va uskunalar yaqiniga joylashtirish deyarli qiyinchiliklar tug’dirmaydi. Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko’rsatadigan yirik o’lchamli asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga o’lchash asbobi, rostlagich va topshirgich joylashtiriladi. Ikkinchi davr - ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtrish. Bunda rostlash alohida shchitga o’rnatilgan asboblar bo’yicha olib boriladi. Yirik o’lchamli asboblardan foydalanish bu shchitni bir necha metrga cho’zilib ketishiga olib keladi va shchitni nazorat qilish qiyinlashadi. Avtomatlashtirishning bu davrida shchitdagi asboblarni hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo’ladi. Bu masalani hal qilish uchun kichik o’lchamli ikkilamchi asboblar ishlatiladi. Uchinchi davr - to’liq avtomatlashtirish davri. Bu davrning xarakterli xususiyati shundaki, barcha jarayonlar yagona dispetcherlik punktiga markazlashtiriladi. Shu bilan birga, mitti ikkilamchi asboblarni ishlatish extiyoji paydo bo’ladi. Doimiy nazoratni talab qilmaydigan o’lchash va rostlash asboblari (yirik gabaritli) shchitdan tashqariga o’rnatiladi. Download 26.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling