Boshqarish tizimlarining vaqt xarakteristikalari: Chiziqli avtomatik boshqarish sistemalar xossalarini eng oddiy tipik ta'sirlar bilan o'rganish kifoyadir. Bunday ko'rinishdagi tipik ta'sirlar sifatida quyidagi ta'sirlar nazarda tutiladi:
garmonik signal:
birlik pog'onasimon ta'sir (birlik funksiya):
birlik impuls funksiyasi (birlik impuls):
Birlik impuls - kengligi nolga intiluvchi, amplitudasi esa cheksizlikka intiluvchi va yuzasi birga teng bo'lgan eng qisqa signaldir. Bu ta'sirlar berilgan paytda qanday xarakteristikalar olinishini qaraymiz.
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimida vaqt xarakteristikalari muhim rol o'ynaydi. Vaqt xarakteristikalariga o'tikinchi va impulsli o'tkinchi funksiyalar hamda ularning grafiklari kiradi.
O'tkinchi funksiya: Boshlang'ich shartlar nolga teng bo'lganda tizimning birlik pog'onali ta'sirdan olgan reaksiyasiga o'tkinchi funksiya deyiladi va bilan belgilanadi.
Birlik pog'onali ta'sir quyidagi funksiya bilan ifodalanadi:
Birlik pog'onali ta'sirning Laplas tasviri quyidagicha:
.
O'tkinchi funksiyaning grafigi, ya'ni h(t) funksiyani vaqt t ga bog'liqlik egri chizig'iga o 'tkinchi xarakteristika deyiladi va quyidagi rasmdagi kabi ifodalanadi.
O'tkinchi xarakteristika bu zvenoning birlik pog'onali ta'sirga reaksiyasi yoki uning kirishiga berilganda uning chiqishidagi olinadigan signaldir. O'tkinchi xarakteristika originalda va operator shaklda ko'rinishida belgilanadi.
Demak, kirish kattaligi sifatida birlik pog'onali ta'sir olinsa, ya'ni va operator shaklda bo'lsa, u holda o'tkinchi xarakteristika formulasi operator shaklda quyidagicha yozilishi mumkin:
;
Ushbu ifodani original shaklga o'tkazsak:
.
Boshlang'ich shartlar hisobga olinsa:
.
bu yerda: - doimiy tashkil etuvchi;
- o'tkinchi tashkil etuvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |